Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Mehnat huquqi ikkita asosiy funksiyani bajaradi. Birinchi funksiya –
mehnat unumdorligining o‘sishiga, ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, u odatda ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Ikkinchi funksiya – xodimlarning mehnat huquqlarini qo‘riqlash, bu himoya qilish funksiyasi deb ataladi. Har ikkala funksiya ham bir-biri bilan uzviy bog‘liq va ajralmasdir. Mehnat huquqining «xizmati» iqtisodiy vazifalarni hal etishga ko‘maklashuvdan iborat bo‘lib, bu holat ishlab chiqarish funksiyasidan kelib chiqadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda iqtisodiy vazifalarni hal etish, ishlab chiqarishni rivojlantirish xodimlar mehnat huquqlarining har tomonlama va to‘la ta’minlanishi bilan uyg‘unlashadi, bu holat himoya funksiyasidan kelib chiqadi. Ish beruvchilarning manfaatlarini mehnat huquqining ishlab chiqarish funksiyasi, xodimlarning manfaatlarini esa himoya funksiyasi aks ettiradi. Mehnat huquqining eng muhim qonuniyati vazifalarning garmonik uyg‘unligidan, ularning birligidan iboratdir. Umuman olganda, mehnat huquqi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifa- larni bajaradi. Jumladan: 1) iqtisodiy vazifasi – ishlab chiqarishga ta’sir o‘tkazish orqali; 13
ijtimoiy - siyosiy faolligining oshishida; 3) ijtimoiy vazifasi – mehnat qilish huquqining erkinligini ta’min- lashda; 4) g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ijtimoiy mehnatning takomilla- shuvi hamda xodimlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash kabilarda na- moyon bo‘ladi. Mehnat qonunchiligining vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 2-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga muvofiq: «Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini, xodimlarning mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat unumdorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘mak- lashadi». Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling