Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-  §.Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi


Download 0.75 Mb.
bet47/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

3- 
§.Mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish tartibi 

Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga


doir ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari, ya’ni
da’vo ishlarini yuritish tartibida sudlarda ko‘riladi.
Bunday turkumdagi fuqarolik ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lib, bu xususiyatlar nizoli moddiy-huquqiy munosabat bilan belgilanib,
faqat moddiy huquq, ya’ni mehnat huquqi normalaridagina emas, balki
fuqarolik protsessual huquq normalarida ham nazarda tutilgan. Bu
xususiyatlar sudyalar tomonidan mehnat ishlari bo‘yicha da’vo arizalarini
qabul qilishda, sud majlisida ko‘rish uchun ularni tayyorlashda va ish
yuritishning keyingi boshqa bosqichlarida ham e’tiborga olinishi kerak.
Quyidagilar mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish
huquqiga egadirlar:
– xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik
organi;
– mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;
– ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi
bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan
zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;
– prokuror.


168
Sudya bunday ishlar bo‘yicha arizalarni qabul qilishda FPKning 31 va


239-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidaga amal qilib, shunday
ishlarning sudga taalluqli yoki taalluqli emasligini belgilashi lozim.
Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning
sudga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudining 1998-yil 17-apreldagi Plenumining qarorida ko‘rsatib
o‘tilgan.
Nizoning predmetiga va ishda qatnashuvchi subyektlarga qarab,
mehnat huquqi normalarida bunday ishni hal qilishning har xil tartibi
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 260-moddasida
ko‘rsatilganidek, xodim mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari
komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli. Mehnat
kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, xodim o‘z xohishiga asosan quyidagi
hollarda mehnat nizosini hal qilish uchun mehnat nizolari komissiya-
lariga murojaat etmasdan, bevosita tumanlararo, tuman (shahar) sudla-
riga ariza bilan murojaat qilishga haqlidir:
– agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan
bo‘lsa;
– ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar,
ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va
asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq
to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;
– ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni xodimdan undirib olish
haqida bo‘lsa;
– mehnat nizolari mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning
sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni, shu jumladan
ma’naviy zararni yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning ish
beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa;
– Mehnat kodeksining 78-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan
hollarda ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa;
– ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning
boshqa vakillik organlari bilan oldindan kelishib, hal etilgan masalalar
yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa, shuningdek boshqa korxonalardan
o‘tkazish tartibida ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad
etish, bandlik hisobidan ishga yuborilgan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni,
nogironlarni, homilador ayollarni va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor
ayollarni, 14 yoshga to‘lmagan bolasi bor (16 yoshga to‘lmagan nogiron
bolasi bor) onalarni, qonunga muvofiq, mehnat


169
shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan boshqa shaxslarni ishga qabul qilishni


rad etganlik to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha bo‘lsa.
Mehnat kodeksi 269-moddasining 1-qismida sanab o‘tilgan mehnat
nizolaridan boshqa nizolar ham xodimning xohishiga ko‘ra bevosita
tumanlararo va tuman (shahar) sudlarida ko‘riladi.
Qonunlar mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rilmagan
degan vaj bilan xodimning arizasini ko‘rib chiqishni sudda rad etishiga
yo‘l qo‘ymaydi.
Mehnat nizolarini tumanlararo, tuman (shahar) sudlarida ko‘rish
tartibi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Fuqarolik protsessual
kodekslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
«Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish, o‘zgartirish
va bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanishi haqida»gi
1998-yil 17-aprel qarorida belgilab berilgan.
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish va mehnat ishi bo‘yicha
qo‘zg‘atilgan ishning bekor qilinishi FPKning 152 va 160-moddalarida
nazarda tutilgan barcha asoslar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Da’vo arizasi FPKning 145-moddasida ko‘rsatilganidek, javobga-
rning yashab turgan joyidagi sudga beriladi.
Xodimlar mehnat haqini undirish va mehnat munosabatlaridan kelib
chiqadigan boshqa talablar to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan davlat
daromadlariga sud xarajatlarini hamda davlat bojini to‘lashdan ozod
qilinadilar. Bunday talablar qanoatlantirilganida, sud xarajatlari da’voning
qanoatlantirilgan qismiga nisbatan javobgardan undiriladi. Agar da’vo
talablari rad etilsa, sud xarajatlari davlat hisobiga o‘tkaziladi. Bu mehnat
huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan ishlarga xos xususiyatlardir.
Sudga, avvalo, mehnat nizolarini ko‘rish komissiyasida ko‘rilgan
nizo bo‘yicha ariza tushsa, unda sud bu masala bo‘yicha mehnat nizolarini
ko‘rish komissiyasi majlisi bayonnomasining ko‘chirmasi topshirilishini
talab qilishi lozim.
Mehnat huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizoli ishlarning
protsessual xususiyatlaridan biri, unda boshqa fuqarolik ishlariga nisbatan
qisqa muddat belgilanganidir.
Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab sudga yoki mehnat nizolari
komissiyasiga murojaat qilish uchun muddatlar quyidagicha belgilanadi:

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling