Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet39/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

yetkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi. 
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan
belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi
lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy
yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga
bu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘laydi, shuningdek jabrlanuv-


147
chining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga


muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun
ketadigan xarajatlarni qoplaydi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan
taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda
qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilab qo‘yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi.
Mehnat kodeksining 194 - moddasiga muvofiq xodimning sog‘lig‘iga
shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi
tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida,
agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi bilan kasaba
uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasidagi
kelishuvga binoan belgilanadi.
Bunda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati
bilan bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish
haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir yo‘la beriladigan
nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam
bo‘lishi mumkin emas.
Qonun mehnatni muhofaza qilish borasida barcha majburiyatlarni
faqatgina ish beruvchiga yuklab qo‘ymasdan, o‘z navbatida xodimga ham
bu borada majburiyatlar yuklagan. Jumladan, Mehnat kodeksining 176-
moddasiga muvofiq, xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan
bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy
farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga,
mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi
talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab-asrashi
shart.
Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib-qoidalarida, intizom
to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal
hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalar va hokazolarda),
mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi.
Mehnatni muhofaza qilish normalari va qoidalari deganda, ishlab
chiqarishda baxtsiz hodisalar yuz berishini, xodimlarning kasb
kasalliklariga chalinishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar,
talablar, muayyan taqiqlar yig‘indisi tushuniladi. Keng ma’noda mehnat 
muhofazasi qoidalari texnika xavfsizligi qoidalari hamda ishlab


148
chiqarish sanitariyasi qoidalarini ham qamrab oladi. Chunki ularning ham


maqsadi baxtsiz hodisalar va kasalliklarni oldini olishdan iborat.
Texnika xavfsizligi qoidalari deganda, muayyan mashinalar,
uskunalar, asboblar, binolar yoki boshqa ishlab chiqarish obyektlaridan
foydalanish, ularni ekspluatatsiya qilish paytida qat’iy bajarilishi lozim
bo‘lgan talablar tushunilmog‘i lozim. Texnika xavfsizligiga oid qoidalar
o‘z ichiga inson salomatligi uchun xavf-xatar tug‘diradigan mashinalar,
ularning uzellari va bloklarini to‘siqlar bilan himoyalash, xavf-xatar
to‘g‘risida yozuvli, yorug‘lik yoki tovush chiqaruvchi ogohlantirish
belgilarining qo‘yilishi, favqulodda holatlar yuz berganda ularni
to‘xtatish, xavfni bartaraf etish choralarining ko‘rilganligi, kimyoviy,
fiziologik-biologik va boshqa aktiv moddalar bilan xavf-xatar manbai
sanaluvchi boshqa obyektlar bilan ishlashning qat’iy qoidalari
belgilanganligi va hokazolarni qamrab oladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling