Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet36/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Quyidagilar mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblanadilar: 
– 16 yoshdan katta shaxslar, agar ular shu yoshga to‘lgunga qadar
nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar;
– 60 yoshga to‘lgan erkaklar va 55 yoshga to‘lgan ayollar;
– belgilangan tartibda nogiron deb topilgan shaxslar.
Boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan to‘lanadigan zarar
miqdori vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti
munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz
shaxslarga to‘lanadigan zarar miqdori marhumning o‘rtacha oylik ish haqi
miqdorida uning qaramog‘ida bo‘lgan hamda zararni undirishga haqli
bo‘lmagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarning ulushini chegirib tashlagan
holda belgilanadi.
Xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti
munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la beriladigan nafaqaning
miqdori jamoat shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo‘lsa,
ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa
vakillik organlari o‘rtasidagi kelishuviga binoan belgilanadi. Bunda
xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan bir yo‘la
beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan,
xodimning vafoti tufayli bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori esa 6
yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Mehnat shartnomasida belgilangan vazifalarni lozim darajada
bajarmaganligi tufayli xodimning shaxsiy buyumlari yoki boshqa mol-
mulkiga zarar yetkazgan ish beruvchi bu zararni natura holida qoplamog‘i
lozim.
Zararni natura holida qoplashning iloji bo‘lmaganda yoki xodimning
roziligi bilan mol-mulkining qiymati amalda bo‘lgan baholar bo‘yicha
to‘la hajmda qoplanadi.
Ish beruvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar – bu xodimning ish
beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni to‘lash shartligidir.
Bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud
mol-mulki amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi,
shuningdek ish beruvchining ortiqcha to‘lovlar qilish zarurati tushuniladi.
Xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar uchun ham,
ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni to‘lashi natijasida
kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar bo‘ladi.


137
Qonunda xodimning moddiy javobgarligini istisno etuvchi holatlar ham


mavjud bo‘lib, agar zarar, uni bartaraf etish mumkin bo‘lmagan kuchlar,
normal xo‘jalik tavakkalchiligi oqibatida, oxirgi zarurat yoki zaruriy
mudofaa natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, xodimning moddiy javobgarligi
istisno etiladi. Ish beruvchi zarar yetkazilgan chog‘dagi aniq holatlarini
hisobga olib, aybdor xodimdan zararni undirishdan qisman yoki to‘liq voz
kechishga haqli.
Bunday hollarda yetkazilgan zarar korxona foydasi hisobidan
qoplanadi. Agar mehnat qonunida boshqacha holat nazarda tutilmagan
bo‘lsa, xodim yetkazilgan zarar uchun o‘zining o‘rtacha oylik ish haqi
miqdori doirasida moddiy javobgar bo‘ladi. Mehnat shartnomasini
g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda
boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar ham moddiy
javobgar bo‘ladi. Bunday hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash uchun
to‘lanadigan haq miqdori mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan ko‘p
bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, 
yetkazilgan zarar uchun quyidagi hollarda xodimga to‘liq moddiy
javobgarlik yuklatilgan:
1) maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan
qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun;
2) bir gallik hujjat asosida olingan qimmatliklarning saqlanishini
ta’minlamaganlik uchun;
3) qasddan zarar yetkazilganda;
4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan
mastlik holatida zarar yetkazilganda;
5) xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari
natijasida zarar yetkazilganda;
6) tijorat sirlari oshkor etilganda;
7) qonunlarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining
qarorlarida nazarda tutilgan hollarda.
18 yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetkazgan zarar uchun,
alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik
holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq
moddiy javobgar bo‘ladilar.
Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan
xodim maxsus yozma shartnoma asosida o‘ziga ishonib topshirilgan
qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy
javobgar bo‘ladi.


138
Pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat vazifasiga


kirmaydigan xodim bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida tuzilgan
shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Bevosita pul yoki товар qimmatliklari
bilan muomala qiluvchi 18 yoshga to‘lgan xodim bilan to‘liq moddiy
javobgarlik haqida maxsus yozma shartnoma tuzilishi mumkin.
To‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuziladigan
xodimlarning toifalari ro‘yxati jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi.
Yakka tartibdagi to‘liq yoki jamoaning (brigadaning) to‘liq moddiy
javobgarligi to‘g‘risidagi shartnomada mehnat shartnomasi taraflarining
ishonib topshirgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha
vazifalari aniq ko‘rsatilib, ularning qo‘shimcha huquqlari, majburiyatlari
va javobgarliklari belgilab qo‘yiladi.
Yakka tartibda tuziladigan to‘liq moddiy javobgarlik haqidagi
shartnomaga binoan qimmatliklar, ularning saqlanishini ta’minlama-
ganligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladigan aniq bir xodimga topshiriladi.
Bunday xodim javobgarlikdan ozod bo‘lish uchun o‘zining aybi
yo‘qligini isbotlab berishi kerak.
Jamoa (brigada) moddiy javobgarligi haqidagi shartnomaga muvofiq
qimmatliklar ularning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to‘liq moddiy
javobgarlik yuklatiladigan, oldindan belgilangan shaxslar guruhiga
(brigadaga) topshiriladi. Brigadaning ayrim a’zosi javobgarlikdan ozod
bo‘lishi uchun o‘zining aybi yo‘qligini isbotlab berishi lozim.
Qimmatliklarga oid xizmat (saqlash, sotish, tashish, qayta ishlash) bilan
shug‘ullanuvchi korxonalarda ish beruvchi bilan kasaba uyushma
qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi kelishuviga binoan
tavakkalchilik jamg‘armasi tuzilishi mumkin, kamomadlarni shu
jamg‘arma hisobidan qoplashga yo‘l qo‘yiladi. Xodim bilan to‘liq moddiy
javobgarlik haqida yozma shartnoma tuzilmagan, shuningdek bunday
shartnoma pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilish xizmat
vazifasiga kirmaydigan xodim, 18 yoshga to‘lmagan shaxs yoki
korxonadagi moddiy javobgar xodimlar toifasi ro‘yxatiga kirmaydigan
shaxs bilan tuzilgan hollarda ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun
xodimga cheklangan moddiy javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Ish beruvchi yetkazilgan zararni muayyan xodimlardan undirish
to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishdan oldin uning miqdorini belgilash va
kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida tekshirish o‘tkazishi shart.
Xodim esa barcha tekshirilgan materiallar bilan tanishish huquqiga ega.


139
Ish beruvchiga yetkazilgan zarar miqdori haqiqiy yo‘qotishlar


bo‘yicha buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida belgilanadi. Ish
beruvchining asosiy vositalariga taalluqli mol-mulki talon-taroj qilingan,
kamomad bo‘lgan, qasddan yo‘q qilingan yoki qasddan buzilgan taqdirda,
shuningdek boshqa hollarda zarar miqdori vakolatli organ tomonidan ish
ko‘rilgan kuni shu joyda amalda bo‘lgan bozor narxlari bo‘yicha
hisoblanadi.
Zararni undirish haqidagi arizani jabrlanuvchi xodim, xodim vafot
etgan taqdirda esa, zarar to‘lovini olishga haqli bo‘lgan manfaatdor
shaxslar ish beruvchiga beradi. Ish beruvchi esa arizani ko‘rib chiqishi va
u tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida tegishli qaror qabul
qilish shart. Ish beruvchining zararni to‘lash haqidagi buyrug‘ining
nusxasi yoki uni rad etish haqidagi asosli yozma javobi u qabul qilingan
kundan boshlab, uch kun muddat ichida xodim yoki manfaatdor
shaxslarga topshiriladi. Agar ular ish beruvchining qaroridan rozi
bo‘lmasa yoki belgilangan muddatda javob olmagan bo‘lsalar, mazkur
nizoni hal qilib berishni so‘rab sudga ariza bilan murojaat qilishlari
mumkin.
Ish beruvchiga zarar yetkazishda aybdor bo‘lgan xodim uni ixtiyoriy
ravishda qisman yoki to‘liq to‘lashga haqli. Qonunga ko‘ra, xodim va ish
beruvchining kelishuviga binoan, qarordagi to‘lash muddati kechiktirilishi
mumkin. Xodim bunday hollarda ish beruvchiga to‘lov muddatlarini aniq
ko‘rsatib zararni qoplash haqida yozma majburiyat beradi. Agar zararni
to‘lash haqida ixtiyoriy ravishda majburiyat olgan xodim mehnat
shartnomasini bekor qilsa va zararlarni to‘lashdan bo‘yin tovlasa, qarzning
uzilmay qolgan qismi notarial organlarning hujjatlari asosida undiriladi.
Xodim ish beruvchining roziligi bilan yetkazilgan zararni qoplash uchun
uning bahosiga teng mol-mulk berishi yoki buzilgan mol-mulkni tuzatib
berishi mumkin.
Zararni summasi o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda
yetkazilgan zarar aybdor xodimdan ish beruvchining farmoyishiga
muvofiq undiriladi. Farmoyish zarar yetkazilganligi aniqlangan kundan
boshlab bir oy ichida chiqarilishi mumkin. Yetkazilgan zararni xodimdan
undirilishi lozim bo‘lgan summasi uning o‘rtacha oylik ish haqidan oshib
ketsa yoki zarar aniqlangan kundan keyin bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa,
zarar sud tartibida undiriladi.
Korxona rahbaridan yetkazilgan zararni undirib olish shu korxona
mulkdori yoki u kafolat bergan organning arizasi asosida sud tartibida


140
amalga oshiriladi. Ish beruvchining mol-mulkiga yetkazilgan zararni


undirish haqidagi qaror ustidan xodim sudga shikoyat qilishi mumkin.
Sud aybning darajasi, shakli, aniq holatlari va xodimning moddiy
ahvolini hisobga olib undiriladigan zarar miqdorini kamaytirishi mumkin.
Agar zarar g‘arazli maqsadlar bilan sodir qilingan jinoyat natijasida
yetkazilgan bo‘lsa, xodimdan undiriladigan zararning miqdorini
kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat kodeksining 202-moddasi, 5-bandida xodim sud hukmi bilan
aniqlangan jinoiy harakatlari tufayli ish beruvchining mulki yoki boshqa
mulkiy huquqlarga zarar yetkazgan taqdirda ham zarar uchun to‘liq
miqdorda moddiy javobgar bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ammo xodim tomonidan
ish beruvchiga jinoyat sodir etganligi tufayli zarar yetkazishi fakti sudning
qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan emas, balki prokurorning
(tergovchining) jinoyat ishini oqlashga asos bo‘lmaydigan holatlariga
ko‘ra harakatdan to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorga ko‘ra (masalan, amnistiya
akti, kam ahamiyatli bo‘lgani, ayblanuvchi ijtimoiy xavfli bo‘lmay qolishi
va hokazolar) aniqlangan taqdirda, xodimning moddiy javobgarligi
qanday hal etilishi lozimligi haqida qonun hujjatlarida hech narsa
deyilmaydi. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
1990-yil 14-dekabrdagi 5-PL-90-sonli «Ishchi va xizmatchilarning
korxona, muassasa, tashkilotga yetkazilgan zarar yuzasidan moddiy
javobgarligini belgilovchi qonunlarning respublika sudlari tomonidan
qo‘llanilishi haqida» qarorining (1992-yil 13 noyabrdagi 5-PL-92 va
1994-yil 7-yanvardagi 5-sonli Oliy sud Plenumining qarorlari bilan
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan) 124- bandida aytilishicha:
«Tergov organining aybni soqit qilmaydigan asoslar bo‘yicha jinoyat
ishini harakatdan qoldirish to‘g‘risidagi qarori jinoyat sodir qilinganligi
faktini belgilashda zaruriy kuchga ega».
Xodim korxonaga tegishli bo‘lgan tijorat siri sanaluvchi axborotlarni
qasddan yoki ehtiyotsizlik xatti-harakatlari tufayli oshkor etishi oqibatida
ish beruvchiga yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgarlik yuz
berishi uchun bir qator holatlar mavjud bo‘lishi lozim. Jumladan, xodim
tomonidan oshkor etilgan axborotlar korxona tijorat siri ekanligi va ularni
muhofazalash choralari ko‘rilgan bo‘lishi, xodim tijorat siri sanaluvchi
axborotlardan xabardor bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodimlar doirasiga
kirishi, tijorat sirlarini oshkor etganligi uchun javobgarlik haqida, shu
jumladan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishi
talab etiladi. Ish beruvchining aybi bilan oshkor


141
bo‘lgan va hamma xabardor bo‘la olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni


oshkor etganligi uchun to‘liq moddiy javobgarlik yuz berishi mumkin
emas.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling