Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet32/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Savol va topshiriqlar 
1. Ish vaqti tushunchasi va uning turlarini aytib bering.
2. Ish vaqtidan tashqari ishlar tushunchasi va tartibini tushuntiring.
3. Yillik qo‘shimcha ta’tillar, ularning turlari va berish tartibini ayting.
4. IIO xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ish haqi tizimini tushuntiring.
5. Ish haqidan ushlab qolish tartibi qanday amalga oshiriladi?


122
7-mavzu 


MEHNAT INTIZOMI. ICHKI ISHLAR ORGANLARIDA INTIZOM. 
MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY 
JAVOBGARLIGI 

1- 
§. Mehnat intizomining tushunchasi, ahamiyati va uni 
mustahkamlash omillari 

Bozor munosabatlari sharoitida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida


tartib-intizomning ahamiyati juda muhimdir. Shu sababli mehnat
intizomiga oid qoidalar ish beruvchilar bilan xodimlar o‘rtasida
tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt)ning yetakchi shartlarini tashkil
etadi.
Mehnat intizomi deganda, avvalo, korxona, muassasa va tashkilotda
o‘rnatilgan tartib-qoidalar tushunilishi kerak. Bunday tartib-qoidalar ishni
tashkil etish va muayyan mehnat vazifalarini amalga oshirishni, asbob-
uskunalar va boshqa jihozlar bilan qanday munosabatda bo‘lishni, ish
vaqti rejimiga rioya qilishni, mehnat muhofazasiga oid talablarni
bajarishni, xullas, ish jarayonidagi barcha xatti-harakatlarni o‘z ichiga
oladi.
Mehnat intizomiga taalluqli qoidalar Mehnat kodeksida, ayrim xalq
xo‘jalik tarmoqlarida amal qiluvchi intizom ustavlarida, korxonalarda
tuzilgan jamoa shartnomalarida, ichki mehnat tartib-qoidalarida, ma’lum
ishlarni bajarish yuzasidan yo‘riqnomalarda va boshqa lokal normativ
hujjatlarda nazarda tutiladi.
Mehnat intizomi har bir xodim faoliyatining asosiy mezonidir.
Shuning uchun ham ish beruvchi ishga yangi qabul qilingan har bir
xodimni ishga qo‘yishdan oldin korxona ichki tartib-qoidalari, unga
yuklatilgan vazifaning mohiyati, uning asosiy burchlari nimalardan
iboratligi bilan atroflicha tanishtirishi kerak.
Mehnat intizomi – bu xodimning mehnat shartnomasi (kontrakti),
ichki mehnat tartib-qoidalari, shuningdek nizomlar va mansab
yo‘riqnomalari bilan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalariga qattiq rioya
qilishidan iborat. Korxonada mehnat tartibi ish beruvchi tomonidan
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi


123
bilan kelishib tasdiqlanadigan ichki mehnat tartibi va qoidalari bilan


belgilanadi.
Korxonaning ichki mehnat tartib-qoidalari deganda, korxona ichida
o‘rnatilgan tartib-qoidalar nazarda tutiladi va bu qoidalarga qat’iy rioya
qilish korxonada ishlayotgan barcha xodimlar uchun majburiy sanaladi.
Ichki mehnat tartib-qoidalari xodim bilan korxona ma’muriyati
(boshqaruvchilari), xodimlarning o‘zaro munosabatlari, ishlarning
bajarilish rejimlari va boshqa holatlarni o‘z ichiga oladi. Ichki mehnat
tartib-qoidalari xodim va ish beruvchi majburiyatlari, ish va dam olish
vaqti rejimi, rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartiblarini
o‘zida mustahkamlovchi lokal normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lib
hisoblanadi. Korxonalarda ichki mehnat tartibini huquqiy tartibga solish
korxona
mehnat
jamoasi
umumiy
majlisi
(konferensiyasi)da
tasdiqlanadigan ichki mehnat tartib-qoidalari bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
1999-yil 14-iyunda 746-tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
147-sonli «Idoraviy bo‘ysunishi, mulkchilik shakli va xo‘jalik faoliyati
yo‘nalishidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun
ichki tartibning namunaviy qoidalari» mavjud
1
bo‘lib, har bir korxona
o‘zining ichki mehnat tartib-qoidalarini ushbu namunaviy qoidalar
talablariga asoslangan holda ishlab chiqishi va joriy etishi lozim.
Namunaviy ichki mehnat tartib-qoidalarida xodim va ish
beruvchining asosiy majburiyatlari sanab ko‘rsatilgan.
Mehnat huquqi fani va qonunchilik amaliyotida mehnat intizomini
ta’minlash va mustahkamlashning quyidagi ikki usulidan foydalaniladi:
1) ishontirish. Mehnat shartnomasi tomonlarini iqtisodiy, ma’naviy
jihatdan manfaatdor qilish, mehnat intizomiga og‘ishmasdan amal qilish
ular uchun juda ham foydali ekanligiga ishontirishga qaratilgan tashkiliy-
huquqiy tadbirlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi;
2) majburlash. Mehnat intizomiga shu talablar buzilganida huquqiy
majburlov choralari, intizomiy va moddiy jazolarning qo‘llanishini taqozo
etadi. Bu narsa xodimga nisbatan olganda turli intizomiy jazolarning
qo‘llanilishida, ish beruvchiga nisbatan olganda esa unga
1
Qarang: Ўзбекистон Республикаси вазирликлари, Давлат қўмиталари ва
идораларининг норматив актлари ахборотномаси. – Т., 1999.


124
turli moliyaviy jazolarning qo‘llanilishida hamda korxonaning bankrot


bo‘lishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida xodimlarning ayrim toifalari
uchun intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlar amal qiladi. Mehnat
intizomi – bu faqat qonun normalari talablarini so‘zsiz bajarish bo‘libgina
qolmay, balki ishga ijobiy munosabatda bo‘lish uchun yuksak ish sifatini,
ish vaqtidan unumli foydalanishni ta’minlash hamdir.
Qonunga binoan mehnat intizomi bir qancha aniq tadbirlar bilan, ya’ni
yuqori unumli ish uchun zaruriy tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni
yaratish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘lish, ishontirish,
rag‘batlantirish usullari, shuningdek zarur hollarda intizomiy ta’sir
choralarini qo‘llash orqali ham ta’minlanadi. Shu bilan birga, mehnatni
tashkil etish va unga haq to‘lashning ilg‘or shakllarini joriy etish, mehnat
va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash, mehnat qonunlariga
og‘ishmay rioya qilish, ishlab chiqarishni moddiy va texnik jihatdan to‘la
ta’minlash, xodimlarning ehtiyojlari va talablariga e’tibor qaratish,
ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borish mehnat
intizomini yuksak darajada ta’minlashning eng muhim shartlari
hisoblanadi.
Mehnat intizomi haqidagi tartib-qoidalar quyidagilarda mustahkam-
langan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida (6-bob);
2. Xo‘jalik faoliyatiga oid qonunlarda (masalan, O‘zbekiston
Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlari-
ning kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar);
3. Xo‘jalik faoliyati tarmoqlariga oid bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlarda (masalan, temir yo‘l transport sohasida qo‘llanadigan intizom
Ustavlari va boshqa);
4. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini boshqarishga oid O‘zbekiston
Respublikasi hukumati hujjatlarida (masalan, davlat-aksiyadorlik ja-
miyatlarining ayrim turlariga oid Nizomlar va h.k.);
5. Korxonalarning ichki mehnat tartibi-qoidalari, mansab yo‘riqno-
malari va boshqa lokal normativ hujjatlarda;
6. Ishlarni xavfsiz va bezarar olib borish qoidalarida;
7. Xodim bilan ish beruvchi o‘zaro tuzgan mehnat shartnomasi
(kontrakti)da;
8. Boshqa shakllardagi normativ-huquqiy aktlarda.


125
Mehnat intizomini ta’minlashda iqtisodiy, tashkiliy-ruhiy, huquqiy


usullardan keng foydalaniladi. Mehnat intizomini mustahkamlashning
huquqiy usullari qonunda ko‘zda tutilgan vositalar qo‘llanishi orqali
xodim va ish beruvchi xulq-atvorini belgilangan qoidalar doirasida ushlab
turilishiga qaratilgan.
Mehnat kodeksining 176-moddasiga ko‘ra mehnat intizomini
mustahkamlash borasida xodimning burchlari quyidagilardan iborat:
• xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi;
• mehnat intizomiga rioya qilishi;
• ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq
bajarishi;
• texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va
ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi;
• ish beruvchining mol-mulkini avaylab-asrashi shart.
Xodimning mehnat vazifalari ichki tartib-qoidalarda, intizom
to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal
hujjatlarda (jamoa shartnomalari, yo‘riqnomalar va boshqalarda), mehnat
shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi.
Mehnat kodeksining 177-moddasiga ko‘ra, ish beruvchining burch-
lari quyidagilar:
• xodimlar mehnatini tashkil qilish;
• qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida
nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi;
• mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlashi;
• mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi;
• xodimlarning ehtiyoj va talablarini qondirishi, ularning mehnat va
turmush sharoitlarini yaxshilab borishi;
• Mehnat kodeksiga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shart.
Mehnat intizomini ta’minlash usullari xususida to‘xtaladigan bo‘lsak,
bu masala MKning 179-moddasida ham o‘z yechimini topgan. Mazkur
moddaga muvofiq mehnat intizomi quyidagi usullar orqali ta’minlanadi:

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling