Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
-§. Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
3-§. Mehnatga haq to‘lash va uning tizimi
(MK 153–156-m.) Ish haqi ish beruvchining o‘z xodimlariga ularning mehnati uchun to‘lashi shart bo‘lgan haq shaklidir. Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron-bir tarzda cheklanmaydi. Ish haqi asosiy va qo‘shimcha qismlardan iborat. Asosiy qism ish haqining nisbatan doimiy qismi hisoblanadi. Unga tarif bo‘yicha belgilangan maosh, ustama va qo‘shimcha haqlar muayyan muddatga belgilanadi hamda ish yomonlashgan taqdirda, bekor qilinadi. Qo‘shimcha qismga yil yakunlariga ko‘ra mehnatning natijalari uchun beriladigan mukofot va rag‘batlantirishlar kiradi. Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solib turishning ikki: davlat va mahalliy turlari mavjud. Davlat tomonidan tartibga solish – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan mehnatga haq to‘lashning umumiy shartlari belgilanishidan iborat. Mahalliy tartibga solish – huquq qoidalarida mehnatga haq to‘lash shartlarini belgilashdan iborat bo‘lib, ular ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan birgalikda o‘zlariga berilgan huquqlar doirasida ishlab chiqiladi. Mehnat kodeksida belgilanishicha, muayyan muddat uchun belgilangan ish vaqtini to‘liq ishlab bergan va o‘zining mehnat vazifalarini, mehnat normalarini bajargan xodimning mehnat haqi, u ishlayotgan korxona mulkchilikning qaysi shaklida ekanligidan qat’i nazar, respublika qonunlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmasligi lozim. Haq to‘lashda tarif stavkalari, maoshlar, tarifsiz tizimni asos qilib olishni ish beruvchining o‘zi mustaqil hal qiladi. Tarif stavkalari, maoshlar, mukofotlar, boshqa xil rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari o‘rtasida ularning miqdori nisbati haqidagi masalalarni hal etish huquqi ish beruvchining o‘ziga berilgan. Uning bu haqdagi qarori yo jamoa shartnomasida yoki boshqa xil normativ hujjatlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Tabiiy iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga tuman koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Tuman 116
shuningdek ularning qo‘llanishi tartibi va miqdori O‘zbekiston Respublikasining Hukumati tomonidan belgilanadi. Mehnatga haq to‘lash shartlari qaysi tartibda o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘zgartiriladi. Mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o‘zgartirishga: – texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa; – qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin. Mehnat haqi shartlarini o‘zgartirish haqida xodim kamida 2 oy oldin ogohlantirilishi lozim. Mehnatni normalash deganda, har bir xodim alohida yoki brigada mahsulot birligini bajarishi uchun zarur bo‘lgan mehnat (vaqt) sarfini belgilashdan iborat. Mehnatni normalashning quyidagi turlari mavjud: a) vaqt normasi; b) ishlab chiqarish normasi; d) xizmat ko‘rsatish normasi; e) xodimlar soni normasi; f) normalangan topshiriq. Ish haqi tizimi deyilganda, mehnat me’yori bilan mehnat uchun to‘lanadigan haq miqdori o‘rtasida nisbat belgilash usuli tushuniladi. Mehnatni hisobga olib borish qanday usulda amalga oshirilishiga qarab, xodimlarga vaqt va tayyorlangan mahsulot miqdori bilan ish haqi to‘lashning vaqtbay va ishbay tizimi qo‘llaniladi. Vaqtbay tizimida mehnatga haq haqiqatda ishlangan vaqt – soat, kun, oy uchun to‘lanadi, shuning uchun ham bu soatbay, kunbay, oy uchun mehnat haqi to‘lash deb ataladi. Xodimlarning asosiy qismi oylik lavozim maoshlari oladi. Ish haqi to‘lashning ishbay tizimida xodimning mehnatiga u ishlab chiqargan har bir mahsulot birligi uchun ishbay baholar bo‘yicha haq to‘lanadi. Bu tizim qo‘llanilganda, xodimning ish haqi u qancha yaroqli mahsulot ishlab chiqarganiga yoki qancha ishni bajarganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishbay ishlovchi xodimning ish haqi qilingan ishlarni haq to‘lanadigan davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birliklari 117
quyidagi turlari mavjud: – bevosita ishbay; – bilvosita ishbay; – ishbay progressiv; – akkord tizimi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling