Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet28/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

2-§. Dam olish turlari va tartibi 

Dam olish vaqti deb, xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi


bo‘lgan va bundan u o‘z ixtiyori bilan foydalanishi mumkin bo‘lgan
vaqtga aytiladi.
Mehnat qonunlarida dam olish vaqtining quyidagi turlari nazarda
tutilgan:
a) ish kuni orasidagi;
b) har kungi;
d) haftalik dam olish;
e) bayram kunlari;
f) ta’tillar.
Xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun
tanaffus berilishi kerak, tanaffus, odatda ish boshlangandan keyin, uzog‘i
bilan 4 soat o‘tgach beriladi, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi. Tanaffus
berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena
grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan
belgilab qo‘yiladi. Ish sharoitiga ko‘ra tanaffus berish mumkin bo‘lmagan
joylarda xodimlarga ish vaqti davomida ovqatlanib olish uchun imkoniyat
berilishi lozim.


110
Ishning tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi


o‘rtasidagi dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lmasligi
kerak.
Mehnat qonunlarida umumiy dam olish kuni sifatida yakshanba
belgilangan. Besh kunlik ish haftasi sharoitida ikki dam olish kuni beriladi.
Ikkala dam olish kunlari, odatda ketma-ket beriladi. Dam olish kunlarida
ishlash, shuningdek dam olish kunini boshqa vaqtga ko‘chirish qonun
bilan taqiqlanadi. Dam olish kunlarida istisno tariqasida ayrim xodimlarni
ishga jalb qilishga, jamoa shartnomasiga asosan yoki kasaba uyushma
qo‘mitasi bilan kelishgan holda, ish beruvchining yozma ravishda
chiqargan buyrug‘i asosidagina ruxsat etiladi. 18 yoshga to‘lmagan
shaxslar, nogironlar va ayrim toifadagi ayollarni mustasno qilganda, dam
olish kunlari ishga jalb qilishga quyidagi hollardagina yo‘l qo‘yiladi:
a) tabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyasining oldini olish yoki tugatish
yoxud ularning oqibatlarini darhol bartaraf qilish;
b) korxonaning me’yorida ishlashi uchun zarur va to‘xtatib qo‘yib
bo‘lmaydigan, ilgaridan ko‘zda tutilmagan ishlarni tezda bajarish lozim
bo‘lganda.
Dam olish kunlarida bajarilgan ish uchun kamida 2 hissa miqdorida
haq to‘lanadi.
Barcha xodimlar bayram kunlarida ishdan ozod qilinadilar. Bayram
kunlari Respublika Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi.
Mehnat kodeksining 131-moddasiga ko‘ra, mamlakatimizda quyidagi
kunlar bayram kunlari (ishlanmaydigan) hisoblanadi:
1 yanvar – Yangi yil;
8 mart – Xotin-qizlar kuni;
21 mart – Navro‘z bayrami;
9 may – Xotira va qadrlash kuni;
1 sentabr – Mustaqillik kuni;
1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
8 dekabr – Konstitutsiya kuni;
Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining bir kuni;
Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining bir kuni.
Ishlab chiqarishdagi texnik sharoitiga ko‘ra ishni to‘xtatib turish
mumkin bo‘lmaydigan korxonalarda, aholiga xizmat ko‘rsatish lozim
bo‘lgan ishlarda, kechiktirib bo‘lmaydigan ta’mirlash, yuk tushirish, yuk
ortish ishlarida bayram kunlarida ishlashga yo‘l qo‘yiladi.


111
Bayram kunlarida ishlaganlik uchun 2 baravar miqdorida ish haqi


to‘lanadi. Xodimning xohishiga ko‘ra, bayram kunlarida ishlaganlik
uchun unga boshqa dam olish kuni berilishi mumkin.
Ayrim korxonalarda dam olish va bayram kunlarida, shuningdek ish
tugagandan keyin navbatchilik tashkil qilinishi mumkin, bunda, albatta,
kasaba uyushma qo‘mitasining roziligi bo‘lishi kerak. Agar xodim ish
kuni yoki ish smenasi tugaganidan keyin navbatchilik qilgan bo‘lsa, ertasi
kuni uning ishga chiqish vaqti bir muncha orqaga suriladi.
Barcha xodimlarga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, shu
jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga ham dam olish va ish
qobiliyatini tiklash uchun har yili yillik mehnat ta’tillari beriladi. Xodimga
15 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til beriladi.
Bu ta’tilning eng kam muddati, ammo xodimlarning ayrim toifalari uchun,
ularning yoshi va sog‘lig‘i holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy
ta’til beriladi:
1) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga – har yili o‘ttiz kalendar kun;
2) ishlayotgan I va II guruh nogironlariga – o‘ttiz kalendar kun.
Ba’zi toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o‘ziga xos
jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun
hujjatlariga muvofiq, uzaytirilgan ta’tillar belgilanadi, hatto mehnat
shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik ta’tillar berish nazarda
tutilishi mumkin.
Boshqa hollarda xodimlarga asosiy ta’tildan tashqari, quyidagi
hollarda qo‘shimcha ta’tillar beriladi:
– mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlarda band
bo‘lgan xodimlarga (MK 137-m.);
– og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan
xodimlarga (MK 138-m.);
– mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda,
mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda
beriladi.
Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha
ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham)
qo‘shib jamlanadi. Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan
ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 48 ish kunidan oshib
ketishi mumkin emas.
Yillik asosiy ta’til olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab
chiqishga quyidagilar kiradi:


112
– ish yili davomida haqiqatda ishlangan vaqt;


– xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin uning ish joyi
(lavozimi) saqlangan vaqt;
– mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi yoki
xodim g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilganligi natijasida
qilingan haq to‘lanadigan majburiy progul vaqti, basharti, xodim
keyinchalik avvalgi ishiga tiklangan bo‘lsa;
– tarmoq kelishuvlari, jamoa shartnomalari va korxonaning o‘zga
lokal hujjatlari, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan
boshqa davrlar.
Ishning birinchi yilida ta’til uzluksiz 6 oy ishlagandan keyin beriladi.
Ish yili mehnat shartnomasiga binoan, ish boshlangan kundan e’tiboran
hisoblanadi.
Ta’til quyidagi xodimlarga ularning xohishi bo‘yicha 6 oy o‘tmasdan
oldin beriladi:
a) ayollarga – homiladorlik va tug‘ish ta’tili oldidan yoki undan
keyin;
b) I va II guruh nogironlariga;
d) 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
e) muddatli harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilgan va ishga
joylashgan harbiy xizmatchilarga;
f) o‘rindoshlik asosida ishlayotganlarga asosiy ish joyidagi ta’til bilan
bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq
to‘lagan holda;
g) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda umumiy ta’lim maktab-
larida, hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida, kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash institutlari va kurslarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zlarining
yillik ta’tillarini imtihon va sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya
va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasalar;
h) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyati o‘zgarishiga olib
kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatil- ganligi
munosabati bilan ishdan ozod etilgan xodimlarga;
i) maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta
tayyorlash institutlari va kurslarining muallimlari tarkibiga birinchi ish


113
yilida yillik ta’til ularning mazkur o‘quv yurtiga ishga kirgan vaqtidan


qat’i nazar haqiqiy ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan
holda yozgi ta’til davrida to‘liq beriladi.
Ta’til har yili, shu ta’til berilayotgan ish yili tugagunga qadar berilishi
lozim. Ishlab chiqarishdagi ba’zi sabablarga ko‘ra, joriy yilda ta’tilni to‘liq
berishning imkoniyati bo‘lmasa, xodimning roziligi bilan ta’tilning 12 ish
kunidan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin, shu
yili undan albatta foydalanilishi lozim.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til boshlanishidan kamida 15 kun
oldin xabardor qilinishi kerak. Quyidagi xodimlarga ta’til ularning
xohishiga ko‘ra, yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtlarda
berilishi kerak:
– 14 yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga
to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, onaga va muddatli
harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
– I va II guruh nogironlariga;
– 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yi-
cha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
– 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga;
– ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
o‘qiyotganlarga;
– jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Xodimlar quyidagi hollarda ta’tilni uzaytirish yoki boshqa muddatga
ko‘chirish huquqiga egadirlar:
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;
b) homiladorlik va tug‘ish ta’tili muddati boshlanganda;
d) yillik ta’til o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;
e) davlat yoki jamiyat vazifalarini bajarayotganda, basharti qonunlar
va boshqa normativ hujjatlarda bunday vazifalarni bajarish uchun xodimni
ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa.
Mehnat kodeksining 146-moddasiga ko‘ra xodimning xohishiga
binoan, uning yozma arizasi asosida ta’tilni qismlarga bo‘lib olishga yo‘l
qo‘yiladi. Bunda ta’tilning bir qismi 12 ish kunidan kam bo‘lmasligi
lozim.
Ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l
qo‘yiladi.
Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillar olish huquqidan foydalanadilar:


114
– homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (MK 233-m.). Ayollarga tuqqunga


qadar 70 kalendar kun va tuqqandan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin
kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda – 70 kalendar kun)
muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy
sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi;
– bolalarni parvarishlash ta’tillari (MK 232, 234, 235-m.). 12 yoshga
to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogiron bolasi
bor ayollarga har yili 3 ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan haq
to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. Bundan tashqari, ularga o‘z
xohishlariga ko‘ra, har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan
ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Bunday ta’til yillik ta’tilga qo‘shib
berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib, belgilanadigan davrda undan
alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib) foydalanish mumkin.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning
xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parva-
rishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda nafaqa to‘lanadi. Ayolga, uning xohishiga ko‘ra bolasi 3 yoshga
to‘lgunga qadar ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi)
saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga, shu jumladan mutaxassisligi
bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi;
– o‘qish bilan bog‘liq ta’tillar (MK 252, 253, 254, 256-m.);
– ijodiy ta’tillar (MK 258-m.).
Bulardan tashqari, xodimning arizasiga binoan unga ish haqi
saqlanmagan holda ta’til berilishi ham mumkin. Uning muddati xodim
bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Quyidagi
xodimlarga ularning xohishlariga ko‘ra, ish haqi saqlanmagan holda
muqarrar tartibda ta’til beriladi:
– 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihati-
dan ularga tenglashtirilgan shaxslarga har yili 14 kalendar kun;
– ishlayotgan I va II guruh nogironlariga 14 kalendar kun;
– 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan
ayollarga 14 kalendar kun;
– 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan
ayollarga 14 kalendar kun;
– mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda,
shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa
hollarda.


115


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling