Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 4-bandiga asosan:
xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi. MKning 102-moddasiga ko‘ra xodim kamida 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 174, 176 va 178- moddalariga muvofiq, har bir xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy buyruqlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shart. Xodimning mehnat vazifalari ichki mehnat tartibi qoidalarida, intizom to‘g‘risidagi nizomlarda, muassasada qabul qilinadigan lokal hujjatlar, ya’ni jamoa shartnomalarida, yo‘riqnomalarida hamda ishga qabul qilishda tuzilgan mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yilishi zarur. Ishga qabul qilinayotgan yoki boshqa ishga o‘tkazilayotgan har bir xodim o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan oldindan imzo chektirib tanishtirilishi kerak. Qonun bunday talablarning ish beruvchi tomonidan bajarilmasligi ko‘plab nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. 1996-yilning 1-apreliga qadar amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 41-moddasida xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzganligi uchun javobgarligi alohida-alohida bandlarda ko‘rsatilgan edi. Lekin hozir amaldagi qonunimizda bu alohida bandlarda berilmagan. 1995-yilning 21-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 4-bandida xodimning o‘z mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun ish 94
ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Muassasada mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan ichki mehnat tartib- qoidalarida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart. Mehnat shartnomasining bekor qilinishiga olib keluvchi ichki mehnat tartib-qoidasi bir marta qo‘pol ravishda buzilishi holatlariga quyidagilar kiritilishi mumkin: – progul, ya’ni uzrli sabablarsiz surunkasiga yoki ish kuni davomida jami uch soatdan ortiq ishda bo‘lmaslik; – alkogolli ichimlik ichib, giyohvandlik yoki toksik modda ta’sirida mast holatida ishga kelish guvohlarning ko‘rsatmalari yoki tibbiy xulosa bilan tasdiqlansa; – muassasaning mol-mulkini o‘g‘irlasa, buni guvohlar tasdiqlasa yoki xodimdan o‘g‘irlangan narsa daliliy ashyo sifatida olinsa; – texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish texnologiyasini qo‘pol ravishda buzish muassasa xodimlari, shu jumladan tartib buzuvchining hayoti va sog‘lig‘iga xavf solishga olib kelgan bo‘lsa; – bevosita pul yoki tovar boyliklariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim tomonidan aybli harakatlar sodir etilishi, agar ushbu harakatlar rahbariyat tomonidan unga ishonch yo‘qolishi uchun asos bo‘lsa; – shifokorlik sirlarini oshkor qilsa; – tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi xodim bu ishni bundan keyin davom ettirish mumkin bo‘lmagan darajada axloqsizlik sodir etgan taqdirda. Agar muassasada ichki mehnat tartib-qoidasi qabul qilinmagan bo‘lsa yoki u qabul qilingan bo‘lib, unga yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar kiritilmagan bo‘lsa, xodim o‘z mehnat vazifasini qancha buzmasin (oylab ishga chiqmaslik, mast holda ishda bo‘lish va h.k.), baribir ish beruvchining tashabbusi bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilib bo‘lmaydi. Agarda mehnat shartnomasi bekor qilinsa, xodimning arizasiga binoan, albatta, mutasaddi organlar tomonidan u o‘z ishiga qayta tiklanadi va majburan bekor yurgan barcha vaqti uchun haq to‘lanadi ( MKning 275-m.). Shuning uchun muassasalarda ish beruvchilar mehnat nizolarining oldini olish, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilish 95
to‘g‘risidagi yo‘riqnoma, jamoa shartnomasi bo‘lishi va har bir xodim bu hujjatlar bilan o‘z vaqtida imzo chektirib tanishtirilishini ta’minlanishiga e’tibor bermog‘i zarur. Bir marta qo‘pol buzishlar ro‘yxati: – ichki mehnat tartib-qoidalari; – korxona mulkdorlari bilan korxona rahbari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi; – ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan intizom haqidagi nizom va ustavlar bilan belgilanadi. Xodimning o‘z mehnat vazifalarini buzishi qo‘pol tusga egaligi yoki ega emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‘ya harakatning og‘ir-yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga qarab hal etiladi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling