Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
2-§. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
Mehnat shartnomasi faqat qonunda ko‘zda tutilgan quyidagi
84
faqat xodimning xohishi bo‘lishi talab etiladi. Agar mehnat shartnomasini bekor qilishda xodimning xohishi emas, balki uni ariza yozishga majbur qilgan ish beruvchining noqonuniy harakatlari (aldash, qo‘rqitish va boshqalar) sabab bo‘lgan bo‘lsa, mehnat shartnomasini bekor qilish noqonuniy deb topiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ariza bergan xodim ogohlantirish muddati davomida o‘z mehnat vazifalarini belgilangan tartibda bajarishi, ichki mehnat tartib – qoidalariga rioya qilishi shart. Aks holda, ish beruvchi unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini qo‘llashga haqli. Ish beruvchining roziligisiz, ikki haftalik ogohlantirish muddati tugamasdan ishni tashlab ketish mehnat vazifalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi. Xuddi shuningdek, ish beruvchi ham xodimning roziligisiz ogohlantirish muddati tugamasdan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas. Mehnat shartnomasini bekor qilishda ogohlantirish muddati ariza berilgan kunning ertasidan boshlanadi. Masalan, ariza 10 martda berilgan bo‘lsa, ogohlantirish muddati 11 martdan boshlanadi va 24 martda, ya’ni oxirgi ish kunida tugaydi. Shunday qilib, xodimning xohishiga ko‘ra, mehnat shartnomasini bekor qilish ogohlantirish muddati tugagan kunda yoki tomonlarning kelishuviga ko‘ra, xodimning arizasida ko‘rsatilgan kunda bekor qilinadi. MKning 99-moddasiga asosan ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan, mehnat munosabatlari esa davom etayotgan bo‘lsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi o‘z kuchini yo‘qotadi va bu arizaga binoan mehnat shartnomasini bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mehnat shartnomasini bekor qilish istagini esa xodim qo‘shimcha ariza yo‘li bilan ta’kidlashi lozim bo‘ladi. Mehnat kodeksining 99-moddasiga asosan ogohlantirish muddati davomida xodim o‘z arizasini qaytarib olishi mumkin. Xodimning arizasini qaytarib olish huquqi oxirgi ish kuni bilan qo‘shib hisoblaganda, butun ogohlantirish muddati davomida saqlanib qolinadi. Xodimga o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qaytarib olishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holda, mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq chiqarilgan yoki chiqarilmaganligining ahamiyati yo‘q. Ogohlantirish muddati davomida xodim o‘zi istagan vaqtda va hech qanday cheklashlarsiz yozgan arizasini qaytarib olish huquqiga ega. 85
muddati tamom bo‘lmasidan oldin quyidagi hollarda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin: Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling