Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet23/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 2-bandiga asosan: 
xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi yoki sog‘lig‘i holatiga ko‘ra
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‘lib qolishi. MKning 102-moddasiga ko‘ra
xodim kamida 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantiriladi.
Mehnat kodeksi 100-moddasining 2-qism 3-bandiga asosan: 
xodimning o‘z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi.
MKning 102-moddasiga ko‘ra xodim kamida 3 kun oldin yozma ravishda
ogohlantiriladi. Xodimga ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran 1
yil mobaynida uning tomonidan takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat
sodir etilsa, mehnat intizomini muntazam ravishda buzish hisoblanadi.
Xodimning mehnat vazifalari Mehnat kodeksining 74-moddasi
talablariga asosan tuzilgan yozma shakldagi mehnat shartnomasida
belgilanadi. Bundan tashqari, uning mehnat vazifalari Mehnat kodek-
sining 174-moddasi talablari asosida tuzilgan va tasdiqlangan ichki meh-
nat tartib-qoidalari, jamoa shartnomalari, mansab yo‘riqnomalari hamda
muassasada qabul qilingan boshqa lokal hujjatlarda ham belgilanadi.
Xodim mehnat shartnomasiga binoan ishga kirishishi kerak bo‘lgan
vaqtdan boshlab unga mehnat vazifalari yuklatiladi. Mehnat vazifalarini
belgilanishiga qarab, uch guruhga bo‘lish mumkin:
a) bevosita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan;
b) korxonaning lokal hujjatlarida qayd qilingan;
d) mehnat shartnomasida shartlashilgan.
Birinchi guruhdagi vazifalarning ko‘pchiligi bevosita Mehnat
kodeksida qayd qilingan. Masalan, MKning 176-moddasida xodimning
umumiy mehnat vazifalari qayd qilinsa, 212-moddasi xodimning
mehnatni muhofaza qilish normalari, qoida va yo‘riqnomalarga rioya


91
etish borasidagi vazifalariga bag‘ishlangan. 114-moddaning uchinchi


qismi esa xodimga vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish vazifasini
yuklaydi va undan bosh tortishni taqiqlaydi.
Xodimga mehnat vazifalari boshqa qonunlarga muvofiq ham
yuklatilishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonunida ta’kidlanganidek, «… yuksak axloqiy fazilat-
larga ega» shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga
egadirlar. Bu talabga rioya qilmaslik pedagoglarning o‘z mehnat
vazifalarini bajarishga doir intizomni buzish sifatida baholanadi.
Xodim mehnat vazifalarining ikkinchi guruhi korxonaning lokal
hujjatlarida, ichki mehnat tartib-qoidalarida, jamoa shartnomalarida
belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Qoidalarga mazkur korxonaning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda xodimlarning qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan umumiy vazifalariga aniqlik kiritilishi mumkin.
Shuningdek, xodimning korxona ichki tartibiga rioya etish bilan bog‘liq
qo‘shimcha vazifalar ham belgilanadi. Masalan, quyidagicha: «Uzrli
sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodim muddatdan kechikmasdan (telefon
orqali, xabarchi yuborib, pochta orqali va h.k.) ishga kelmaganlik sababini
ma’lum qilib qo‘yishi kerak». Xodimning bu talabni bajar- masligi, hatto
ishga kelmaslik sababi uzrli bo‘lsa ham, mehnat vazifa- larini bajarmaslik
(qoidalarning kerakli bandiga asosan) hisoblanadi.
Mehnat vazifalarining uchinchi guruhi bevosita xodim bilan yozma
shaklda tuzilgan mehnat shartnomasida shart qilib belgilab qo‘yiladi.
Taraflar mehnat shartnomasida, birinchi navbatda, xodimning muayyan
mutaxassislik, malaka yoxud lavozim bo‘yicha ishlashi bilan bog‘liq,
shuningdek mazkur xodim tomonidan o‘rindoshlik, xizmat ko‘rsatish
hududini kengaytirish, ishlarning hajmini ko‘paytirish, tartibda
bajariluvchi ish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalarini ko‘rsatadilar. Mehnat
vazifalari doirasini belgilash chog‘ida qo‘yidagi ikki zarur talabni yodda
tutish muhim:
birinchidan, xodimning lokal hujjatlarga kiritilgan va mehnat
shartnomasida shartlashilgan vazifalari uning ahvolini qonun hujjatlarida
belgilanganiga nisbatan yomonlashtirib qo‘yishi mumkin emas (MK 5-m.);
– ikkinchidan, xodim o‘ziga yuklatilgan vazifalar bilan tanishtirilishi
kerak.
Shunday qilib, mehnat intizomiga rioya etilishi xodimning qonun
hujjatlari, lokal hujjatlar va mehnat shartnomasida unga yuklatilgan
mehnat vazifalarini bajarishidir.


92
Bu hujjatlar bilan xodim, albatta (MK 178-m.), imzo chektirib


tanishtirilgan bo‘lishi shart. Agar xodim hujjatlar bilan tanishtirilmagan
bo‘lsa, o‘rtada nizo kelib chiqqanda, xodim aybdor bo‘lsa-da, mehnat
nizolarini ko‘ruvchi komissiya yoki sud tomonidan ko‘riladigan masala
xodimning foydasiga hal bo‘lishi mumkin.
Mehnat kodeksining 176-moddasiga binoan xodim o‘z mehnat
vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish
beruvchining qonuniy farmoyishlarini o‘z vaqtida va aniq bajarishi,
texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab
chiqarish sanitariyasi talablariga to‘liq amal qilishi, ish beruvchining mol-
mulkini avaylab-asrashi shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va qonuniy talablarni xodimning
aybli tarzda, qonunga zid ravishda buzganligi uning o‘z mehnat
vazifalarini bajarmasligi, deb tushuniladi. Buning uchun Mehnat
kodeksining 182-moddasi talablarini bajargan holda, xodimdan bir oy
muddat ichida tushuntirish xati olinib, ish beruvchi buyruq bilan ushbu
kodeksning 181-moddasida belgilangan intizomiy jazo choralarini
ko‘rishi mumkin (hayfsan, 30 foiz yoki 50 foiz jarima solish, mehnat
shartnomasini bekor qilish). Buyruq xodimga imzo chektirib tanishtiriladi.
Xodimga qonunda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini
qo‘llash taqiqlanadi (qattiq hayfsan, boshqa ishga o‘tkazish va h.k.) va
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, u haqiqiy hisoblanmaydi.
Amaldagi qonunga muvofiq, intizomiy jazoning amal qilish muddati
u qo‘llanilgan kundan boshlab bir yil. Agar xodim shu muddat ichida yana
intizomiy jazoga tortilmagan bo‘lsa, u intizomiy jazo olmagan
hisoblanadi.
Mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy
javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari
qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil mobaynida xodim tomonidan
takroran intizomga xilof nojo‘ya harakat sodir qilinishi mehnat
vazifalarini muntazam ravishda buzish deb hisoblanadi.
Bunday holatda ish beruvchi tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 3-bandiga
asoslanib bekor qilinishi mumkin. Albatta, mehnat shartnomasini bekor
qilishda Mehnat kodeksining 101-moddasi talablariga to‘liq rioya qilinishi
zarur.


93
Xodimga intizomiy jazo choralarini qo‘llashda ish beruvchi


tomonidan Mehnat kodeksining 181, 182, 183 hamda 101-moddalarining
talablari bajarilmasa, qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari haqiqiy emas
deb hisoblanadi, xodim vazifasidan ozod qilingan bo‘lsa, Mehnat
kodeksining 111-moddasiga asosan, vakolatli organlar tomonidan ishga
tiklanadi va ushbu kodeksning 275-moddasiga asosan, xodimga majburan
bekor yurgan kunlari uchun bir yildan ortiq bo‘lmagan o‘rtacha oylik
miqdori hisobidan haq undirib beriladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling