Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet31/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

Kafolatli to‘lovlar deb, xodimning uzrli sabablar bilan o‘z mehnat
vazifasini amalda bajarmagan davr uchun qonunda ko‘zda tutilganligiga
muvofiq ravishda haq to‘lanishiga aytiladi.
Amaldagi qonunga ko‘ra, kafolatli to‘lovlarning quyidagi turlari
mavjud:
1) xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida
beriladigan kafolatlar (MK 165-m.);
2) ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni
bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar (MK 166-m.);
3) xodim jamiyat manfaatlariga doir harakat qilganda beriladigan
kafolatlar (MK 167-m.).
Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida
beriladigan kafolatlar quyidagi hollarda belgilanadi: saylov huquqini
amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy mehnat ekspertiza
komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, surishtiruv
organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi,
ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, shuningdek
sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat
himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat tarmoqlarining vakili
sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa
hollarda ish beruvchi xodimning ish joyini saqlagan holda ishdan ozod
qilishi shart. Bunday hollarda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni
bajarish vaqtida beriladigan kafolatlar malaka oshirish, ratsionalizatorlik
takliflarini joriy etish ishida qatnashish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy


120
ko‘rikdan o‘tish va boshqalar. Bunday hollarda ishdan ozod etish shartlari,


beriladigan kafolatlar miqdori jamoa shartnomasida belgilab qo‘yiladi,
lekin bu to‘lov miqdori o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak.
Xodim jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilganda (avariyalar,
tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish, inson hayotini saqlab qolish va
boshqalar) beriladigan kafolatlar mavjud bo‘lib, ana shu davrda uning ish
joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Donorlik vazifasini bajargan hollarda
xodimga o‘sha kuni ishdan ruxsat berilishi va uning o‘rtacha ish haqi
saqlanishi shart.
Kompensatsiya to‘lovlari xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi
yoki boshqa joydagi ishga ko‘chib o‘tishi yoxud boshqa joydagi ishga
ko‘chirilishi va qabul qilinishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini qoplash
maqsadida to‘lanadigan haqdir.
Kompensatsiya to‘lovlari quyidagi hollarda to‘lanadi:
a) xizmat safari davrida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda;
b) boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda;
d) xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganda.
Xizmat safari davrida beriladigan to‘lov, ish beruvchining farmoyishi
bilan xodim doimiy ish joyidan boshqa joyga ma’lum muddatga safarga
yuborilganda to‘lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan xodimga sutkalik pul, yo‘l va turar joy
ijarasi haqlari to‘lanadi. Safarga jo‘nagan va undan qaytgan kuni bir kunga
hisoblanadi. Ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarga beriladigan to‘lov
deganda, mehnat vazifalari doimiy ravishda yo‘lda bo‘lishni taqozo
etadigan xodimlarning (mashinistlar, uzoqqa qatnaydigan avtobuslarning
haydovchilari) ish haqi tushuniladi. Ular xizmat safariga yuborilgan
hisoblanmaydilar. Xodimlarning bu toifasiga oylik ish haqiga foiz
hisobidan qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Boshqa joydagi ishga ko‘chib borilganda, ya’ni xodimning yoki yosh
mutaxassislarning ishga yuborilishi munosabati bilan to‘lov to‘lanadi. Bu
xodimning o‘zi va uning oila a’zolari uchun to‘lanadigan yo‘l puli,
shuningdek xodim o‘ziga 500 kg gacha va uning har bir oila a’zosiga 150
kg hajmda yuk hisobidan pul, yo‘lda bo‘lgan har bir kun uchun sutkalik
pul to‘lanadi. Bulardan tashqari, xodim tomonidan ish beruvchi bilan
kelishib qilingan boshqa xarajatlar ham shular sirasiga kiradi.


121
Xodimga tegishli mol-mulkdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan


xarajatlar, ya’ni ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari uchun
xodim o‘ziga tegishli mol-mulkdan foydalanganda, transport vositalarining
amortizatsiyasi va ulardan foydalanilganda qilingan xarajatlar ish beruvchi
hisobidan to‘lanishi lozim. Ana shu xarajatlarni to‘lashning miqdori va tartibi
jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi
o‘rtasidagi mehnat shartnomasida belgilanadi.
Mustaqil O‘zbekiston ichki ishlar organlarining xodimi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlariga bo‘ysunadi. Uning
huquq va erkinliklari O‘zbekistonning fuqarosi sifatida konstitutsiya va
boshqa normativ hujjatlarda kafolatlangan.
Ichki ishlar organining har bir xodimi Respublika Prezidenti
I. A. Karimovning «Bu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt-saodati,
yorug‘ istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo‘lsa,
jonini fido qilish, shu maqsadda zaminda yashayotgan har bir inson uchun
baxtdir»,- degan fikrlarini qalblariga jo qilib, o‘zlarining xizmat
vazifalarini o‘tamoqdalar, xizmat vazifalarini bajarishda qabul qilgan
qasamyodlariga qat’iy amal qilib kelmoqdalar.
Ichki ishlar organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda ish haqi va kiyim-
kechak ta’minoti bilan ta’minlangan.
Shuningdek, ichki ishlar organlarining oddiy va boshliqlar tarkibi
xizmat vazifalarini namunali bajarayotganligi va xizmatda qo‘lga
kiritgan yutuq hamda muvaffaqiyatlari uchun mukofotlanishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlarining ish haqi miqdori quyidagilardan
tashkil topgan:
a) lavozimi bo‘yicha;
b) mehnat staji bo‘yicha (masalan, 15 yildan ko‘p xizmat stajiga ega
bo‘lsa, 20 foiz qo‘shimcha miqdorda haq oladi);
d) oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha;
e) unvoni bo‘yicha.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling