Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Download 0.75 Mb.
bet33/61
Sana19.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1787012
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Bog'liq
Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc-www.fayllar.org

birinchidan, korxonada unumli va samarali ishlash uchun tashkiliy va
iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berish;
ikkinchidan, halol mehnatni rag‘batlantirish va mukofotlash usulini
takomillashtirish bilan;
uchinchidan, mehnat intizomiga rioya qilmaydigan xodimlarga
nisbatan tegishli jazo choralarini qo‘llash orqali.


126
Mehnat shartnomasi xodim mehnat intizomini buzganligi muno-


sabati bilan MKning 100-moddasi, 2-qism 3 (mehnat intizomini munta-
zam buzish) va 4 (mehnat intizomini bir marta qo‘pol tarzda buzish)-
bandlari bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilinishidan
kamida uch kun avval xodimni yozma ravishda ogohlantirilishi yoki
muddat uchun kompensatsiya puli to‘lanishi lozim. Xodimni og‘zaki
ravishda ogohlantirgan holda ishdan bo‘shatish ham qonunga xilof
hisoblanmaydi.
Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga
kirmaydigan qonunga xilof ishlarni bajarishni yoki xodim va boshqa
shaxslarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi, ularning sha’ni
va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli
emas. Har bir xodim o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalari doirasi bilan
oldindan tanishtirilishi lozim.
Demak, mehnat intizomi halol mehnat uchun rag‘batlantirish va
mukofotlash usullaridan foydalanib normal tarzda ishlashga zarur
tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratib berish, noinsof xodimlarga
nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.
Amaldagi qonunlarga ko‘ra, ishdagi yutuqlari uchun xodimga
rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin. Rag‘batlantirishning
turlari, ularni qo‘llashning tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa
shartnomalari, ichki mehnat tartibi-qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda,
jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab
qo‘yiladi.
Umuman olganda, mehnat burchlarini namunali bajarganlik, mehnat
unumdorligini oshirganlik, mahsulot sifatini yaxshilaganlik, davomli va
nuqsonsiz ishlaganlik, mehnatdagi novatorlik va ishdagi boshqa
muvaffaqiyatlari uchun ish beruvchi tomonidan xodimlarga quyidagi
rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi:
– tashakkur e’lon qilish;
– mukofot berish;
– qimmatli sovg‘a bilan taqdirlash;
– faxriy yorliq bilan mukofotlash;
– hurmat daftariga, hurmat taxtasiga nomlarini yozish, shuningdek
rag‘batlantirishning qonunlarda ifodasini topgan boshqa turlari ham
qo‘llanilishi mumkin.
Rag‘batlantirish choralarini ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi
bilan birga yoki u bilan kelishib ko‘llaydi. Rag‘batlantirishlarni qo‘llash


127
tartibi uning o‘z vaqtida va asosli bo‘lishini, ishda erishilgan


muvaffaqiyatlarga muvofiqligini, ularni qo‘llash oshkora va tantanali
vaziyatda, rejali bo‘lishini ta’minlashi lozim.
O‘zining mehnat burchlarini muvaffaqiyatli va vijdonan bajarayotgan
xodimlarga ijtimoiy madaniy va uy-joy, maishiy xizmat sohasida
(sanatoriy va dam olish uylariga yo‘llanmalar berish, uy-joy sharoitini
yaxshilash va shu singari sohalarda) birinchi navbatda afzalliklar va
imtiyozlar beriladi. Bunday xodimlarga ishda yuqori lavozimga
ko‘tarilishda ham afzalliklar beriladi.
Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida
xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Demak,
xodimlar mehnat sohasidagi alohida xizmatlari evaziga rag‘batlantirish,
orden, medal, faxriy yorliq, ko‘krakka taqiladigan belgilar bilan
mukofotlash hamda faxriy unvonlar va mazkur kasbdagi eng yaxshi xodim
unvoni berish uchun yuqori organlarga taqdimnomalar beriladi. Quyidagi
to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi: ish haqi, mukofotlar,
qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda tutilgan
boshqa to‘lovlar.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan
rag‘batlantirish choralari qo‘llanmaydi.
Intizomni buzish intizomiy ta’sir choralarini, shuningdek amaldagi
qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa choralarni qo‘llashga sabab bo‘ladi.
Ish beruvchi xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun quyidagi
intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli (MK 181-m.):
1) hayfsan;
2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
jarima solish.
Mehnat intizomini muntazam ravishda buzganlik uchun ichki mehnat
tartib-qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Jarimani ushlab qolish Mehnat kodeksining 164- moddasi talablariga rioya
qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
3) mehnat shartnomasini bekor qilish (Mehnat kodeksi 100-moddasi
ikkinchi qismining 3 va 4-bandlariga binoan, ya’ni mehnat intizomini
muntazam ravishda buzganlik, mast holda ishga kelganlik, ish joyida
o‘g‘irlik qilganlik, mehnat intizomini qo‘pol tarzda bir marta buzganlik va
hokazolar).


128
Mehnat kodeksining 181-moddasida nazarda tutilmagan intizomiy


jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
Intizomiy jazo qo‘llashdan avval, xodimdan yozma ravishda
tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati
berishdan bosh tortishi intizomiy jazo chorasi qo‘llash uchun to‘siq bo‘la
olmaydi. Intizomiy jazoni qo‘llashda sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat-
ning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat,
xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Har bir nojo‘ya
xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin.
Intizomiy jazo chorasi nojo‘ya harakat sodir etilgandan (kundan)
boshlab, olti oydan kechiktirmay, moliya-xo‘jalik faoliyatni taftish etish
yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, nojo‘ya harakat sodir qilingan
kundan boshlab 2 yildan kechiktirmay qo‘llaniladi. Jinoyat ishi bo‘yicha
ish yuritilgan davr mazkur muddatga kirmaydi.
Bulardan tashqari intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat
aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangan kundan boshlab,
xodimning kasalligi yoki ta’tilda bo‘lish vaqtini hisobga olmay, uzog‘i
bilan bir oy ichida qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga tilxat orqali
ma’lum qilinadi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab 1
yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana
intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan,
xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita
rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib
tashlashga haqli.
Intizomiy jazo ustidan yakka mehnat nizolarini ko‘rish uchun
belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo‘ya xatti-
harakat qanday vaziyatda yuz berganligini, xodimning oldingi xulq-
atvorini, mehnatga bo‘lgan munosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan
nojo‘ya xatti-harakatning og‘irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish
beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya qilganligini hisobga
olib, xodimga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoni g‘ayriqonuniy deb
topish va uni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Intizomiy
jazo chorasi amal qilib turgan muddatda xodim rag‘batlantirilmaydi.


129


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling