Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi
- §. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomini huquqiy
Download 0.75 Mb.
|
Microsoft Word ÐÐµÒ³Ð½Ð°Ñ Ð»Ð¾Ñинда о м doc-www.fayllar.org
2-
§. Ichki ishlar organlarida xizmat intizomini huquqiy jihatdan tartibga solish Ichki ishlar organlarida oddiy va boshliq xodimlarning intizomi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, qasamyod, nizomlarda hamda Ichki ishlar vazirining buyruqlarida ko‘zda tutilgan tartib va qoidalar bilan tartibga solingan. Ichki ishlar organlarida intizom – har bir xodimning yuksak ongliligi, mustahkam ishonchi, o‘z xizmat burchi va topshirilgan vazifani chuqur va teran anglashi, shaxsiy javobgarlikni his etishga hamda e’tiqodiga asoslanadi. Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomining asosiy talablari quyidagilardan iborat: – xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashish, vataniga sidqidildan xizmat qilish, fuqarolarga beg‘araz yordam berish, moddiy va ma’naviy boyliklarimizni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; – fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish; – aql va mulohaza bilan ish yuritish, yuklatilgan vazifalarni bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, tanish-bilishchilik va mahalliychilikdan saqlanish; – ruhan va jismonan tetik, bardam, hushyor va doimo ogoh bo‘lish, irodani chiniqtirib borish; – og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish xizmat va kasb sirlarini saqlash; – hamkasblarga, do‘stlariga aybini va kamchiliklarini o‘z vaqtida aytish hamda ularni bartaraf etishda yordam berish; – jamiyatga qarshi har qanday harakat va tajovuzlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish, huquqbuzarlik va jinoyat sodir etuvchi shaxslarga nisbatan murosasiz bo‘lish; – fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonuniy hal etish, sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik va ishonchni yo‘qotmaslik; – aholi o‘rtasiga kirib borish, ularning yaxshi va yomon kunlarida hamdard bo‘lish orqali ishonchini oshirish, ichki ishlar idoralari xodimi degan yuksak nomni asrab-avaylash, uning obro‘sini yanada yuksaltirish choralarini ko‘rish; – Ichki ishlar vazirligining me’yoriy hujjatlari talablarini og‘ishmay bajarish; 130
rastlik, ig‘vo, tuhmat, hasadgo‘ylik, tamagirlik, maishiy buzuqlik kabi illatlardan holi bo‘lish; – xizmat yo‘nalishini takomillashtirish yuzasidan o‘z vaqtida muntazam izlanish, xizmatdagi xato va kamchiliklarni doimo aniqlab borish va bartaraf etish choralarini ko‘rish; – aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borish, qonunchilik me’yorlarini keng targ‘ib qilish, huquq- buzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish. Xodimlar xizmat jarayonida xizmat kiyimlarini bo‘y-bastiga mos, dazmollangan, tugmalari qadalgan, mavsumga qarab toza va ozoda kiyishga, farqlovchi belgilarni (pogon, shevron va h.k.), davlat mukofotlari va ichki ishlar idoralari ko‘krak nishonlarini o‘rnatilgan tartibda taqib yurish qoidasiga qat’iy amal qiladilar. Xodimlar xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli ichimlik iste’mol qilmaydi. Xizmat kiyimida yurgan unvoni kichik xodim unvoni katta xodimga birinchi bo‘lib harbiycha salom beradi. Oddiy va boshliqlar tarkibiga xizmat vazifalarini namunali bajarganliklari va xizmat jarayonida erishgan yuqori ko‘rsatkichlari uchun quyidagi rag‘batlantirishlar beriladi: – tashakkurnoma e’lon qilish; – pul yoki qimmatbaho sovg‘a bilan mukofotlash; – faxriy yorliq bilan taqdirlash; – ichki ishlar organlarining ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash; – navbatdagi maxsus unvonini muddatidan oldin berish; – egallab turgan lavozimida ko‘zda tutilgan unvondan bir pog‘ona yuqori maxsus unvon berish; – 5 kundan oshmagan muddatga qo‘shimcha ta’til berish; – faxriy kitobga yozib qo‘yish; – ilgari berilgan intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash. Oddiy va boshliqlar tarkibining xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda ko‘rsatgan mardliklari va jasorati hamda davlat oldidagi xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishlari mumkin. Oddiy va kichik boshliqlar tarkibining xodimlariga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi: – tanbeh (ogohlantirish); 131
– 10 kungacha avaxtada ushlab turish; – lavozimga to‘liqsiz layoqatliligi to‘g‘risida ogohlantirish; – lavozimini pasaytirish; – kichik boshliqlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonini bir pog‘onaga pasaytirish; – ichki ishlar organlaridan bo‘shatish. Hozirgi kunda ichki ishlar organlari rahbariyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri – shaxsiy tarkibni zamon talabiga javob beradigan darajada tarbiyalashdir. Chunki har bir xodim o‘zining kundalik amaliy faoliyatida qonunchilikni mustahkamlash borasida barcha kuch va vositalarni, imkoniyatlarni ishga solishi, eng avvalo, o‘zi qonun talablariga amal qilish borasida boshqalarga o‘rnak bo‘lishi shart. Ichki ishlar organlari xodimlarining qonun talablaridan ozgina chetga chiqishlari ichki ishlar organlarining xalq ongidagi obro‘-e’tiboriga va qilayotgan barcha ijobiy ishlariga putur yetkazadi. Ko‘rilgan chora-tadbirlarga, olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarga qaramasdan, ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari qonunchilikka rioya qilmaslik, xizmat intizomini buzish, hatto, jinoyat sodir etish kabi harakatlarga yo‘l qo‘yib, ichki ishlar organlari xodimi degan yuksak nomga dog‘ tushirgan hollar hamon uchrab turibdi. Shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomini buzish hollarining asosiy sabablaridan biri – yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarning yetarli darajada olib borilmayotganligi, rahbar xodimlarning tarbiyaviy ishlarga loqaydlik bilan qarayotganligi, ko‘rilayotgan jazo choralarining ta’sirchan emasligi va mavjud jamoat tashkilotining ta’sir imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaslik oqibatidir. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilayotgan intizomiy jazo choralaridan «tanbeh», «hayfsan», «qattiq hayfsan» kabi choralar o‘z ta’sirchanligini yo‘qotib bormoqda. Shuning uchun axloq-odob va intizom sudlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish kerak. Jumladan, axloq-odob va intizom sudlarida qo‘llaniladigan – egallab turgan lavozimini bir pog‘ona pasaytirish, maxsus unvonini bir pog‘ona pasaytirish, navbatdagi maxsus unvonning berilish muddatini 3, 6, 9 oyga, hatto, bir yilga kechiktirish, ish haqidan 30 foizdan 50 foizgacha ushlab qolish kabi choralarning ta’siri tartib-intizomni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling