Microsoft Word Меҳнат лотинда о м doc


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/62
Sana11.01.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1088526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62
Bog'liq
pdf mehnat.docx

Mehnat huquqining o‘ziga xos prinsiplari quyidagilardan iborat: 


39 
– mehnat munosabatlariga kirishishning erkinligi, ixtiyoriyligi va 
majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi; 
– fuqarolarning o‘z jismoniy va aqliy imkoniyatlaridan foydalanish 
chog‘ida mutlaqo mustaqil va erkin ekanliklari; 
– ish kuchining tovar ekanligi, uning bahosi mehnat bozoridagi talab 
va takliflarga ko‘ra belgilanishi, davlatning mehnat bozorining 
shakllanishi va faoliyat yurituviga ko‘maklashuvi; 
ijtimoiy himoyaga muhtoj, mehnat bozorida teng raqobatlasha 
olmaydigan aholi qatlamlarini ishga joylashtirishda davlatning qo‘llab- 
quvvatlashi va yordam ko‘rsatishi; 
– ishsizlikdan himoyalanishning kafolatlanishi; 
– mehnat munosabatlarini tartibga solishda shartnomaviy hamda 
lokal me’yoriy hujjatlarning ustuvorligi; 
– minimal mehnat sharoitlari yaratilishini ta’minlash barcha 
mulkchilik shaklidagi korxonalar uchun majburiyligi; 
– mehnat intizomiga amal qilishning zarurligi; 
– mehnatga haq to‘lashda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga ko‘ra 
cheklanmagan haq to‘lanishi; 
– xodimlar va ish beruvchilar vakilligining mavjudligi va 
mojarolarning muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi; 
xotin-qizlar, yoshlar, nogironlar mehnatining maxsus muhofaza 
etilishi, ularga qo‘shimcha kafolatlar berilishi va boshqa. 
Mehnatga 
oid 
qonun 
hujjatlarida 
mehnat 
munosabatlarida 
qo‘llanadigan boshqa prinsiplar ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 
Mehnat huquqi prinsiplariga amal qilinishi xodimlar va ish 
beruvchilar manfaatlarini himoya qilishda qonunchilik va ijtimoiy adolatni 
ta’minlashning asosiy omili hisoblanadi. Davlat va jamiyat rivoji bilan 
bog‘liq bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi jarayonida 
mehnat huquqining prinsiplari ham takomillashib, yangilanib boraveradi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling