Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozodlik g’oyasi
to’rtinchidan, har bir kishining farovonligi, davlat va millat farovonligi asosi
ekanligini anglagan holda tashabbuskorlik, tadbirkorlik bilan fidokorona mehnat qilishga asoslangan; beshinchidan, bu g’oya kelajakka qaratilgan bo’lib, xalqni uyushtirish, safarbar qilish vazifasini bajaradi; oltinchidan, bu g’oyada mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillarining pirovard maqsadlari ifodalangan bo’lib, u kishilarning kelajakka chorlovchi ulug’vor va jozibali shior tarzida namoyon bo’ladi. Bu g’oyani xalqmiz ongiga, qalbiga chuqur singdirish mustaqillikni mustahkamlash, buyuk kelajakni qurish va O’zbekistonning ilg’or davlatlar qatoriga qo’shilish jarayonining muhim omilidir. Ozodlik g’oyasi – mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan umuminsoniy g’oya. Bu g’oya insoniyat tarixining azaliy yo’ldoshi, o’tmishidan hozirga qadar o’z ahamiyatini saqlab kelayotgan ezgu qadriyatlarni ifodalaydi. Uning mazmun – mohiyatini bir necha yo’nalishda talqin va tahlil qilish mumkin. U ijtimoiy ma’noda – jamiyat hayotining qandayligi va qay tarzda tashkil etilganligini, siyosiy ma’noda – mustaqil va emin-erkin yashashni, iqtisodiy ma’noda – mulk va moddiy boyliklarga barchaning teng ega bo’lish imkoniyatini, ma’naviy ma’noda – inson va jamiyatning turli tazyiqlardan xolisligi, fikr, e’tiqod va so’z erkinligini anglatadi. 45 Ozodlik g’oyasi insoniyat tarixida o’chmas nom qoldirgan ko’pgina allomalar, mutafakkirlar hayoti va ijodining mazmunini tashkil etgan. Alisher Navoiyning quyidagi ruboyisi bu g’oyaning asl mohiyatini aks ettiradi: G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish, El angu shafiqu mehribon bo’lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg’a tikandek oshiyon bo’lmas emish. Ozodlik g’oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtai nazarlardan talqin qilish mumkin. Umuminsoniy jihatdan, bu g’oya – butun Yer yuzida taraqqiyot va erkinlik uchun kurashayotgan kishilarning muzaffar bayrog’i, demokratik jamiyat va davlatlar hayotining ustivor tamoyillaridan birini ifodalaydi. Milliy jihatdan, u har bir millat va xalqning o’z mustaqil taraqqiyot yo’li, o’z taqdirini o’zi belgilay olishi, milliy davlatchiligiga ega bo’lishi imkoni borligini anglatadi. Shaxsiy darajadagi ozodlik – inson haq-huquqlarining ro’yobga chiqishi, uning ijtimoiy – ma’naviy jihatdan erkinligini bildiradi. Bu g’oya milliy istiqlol mafkurasining asosiy tushunchalardan biri – «Ozod va obod Vatan» iborasida o’z ifodasini topgan. Vatanning ozod va obodligi shubhasiz yurtning tinchligi zamiridagi taraqqiyot, ya’ni vatan ravnaqiga bog’liq. Vatan – bu har bir xalqning o’tmishi, bugungi va kelajagini mujassamlashtiruvichi muqaddas makon bo’lib, ostona , beshik, uy, qishloq, mahalla, shahar, tuman, viloyat, mamlakat. Ana shu yuqorida keltirilgan materiallarning nazariy asoslarini bayon etishda o’qituvchi Islom Karimovning quyidagi asarlaridan foydalanishi mumkin: «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» 128-133, 210-222, 249- 264, 283-284, 292-313-betlarida Vatan, mustaqillik, ozodlik, erkinlik, obodonchilik, tinchlik, do’stlik kabi g’oyalar o’z ifodasini muayyan darajada topgan. Masalan, 283- betda, mustaqillikning uch yilligi haqida qilgan ma’ruzasida shunday deyilgan: «Biz uchun istiqlol – davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning poydevorini qurish, milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida munosib o’rnimizni egallashdir. Shu maqsadlarga erishish uchun yurtimizning barcha aholisi O’zbekistonni yagona va aziz yurtimiz deb bilishi va taqdirini Vatan taqdiri bilan uzviy bog’lab kurashmog’i mehnat qilmog’i darkor». «Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir» nomli kitobi (34-40, 74-85, 187-198, 274- 284-betlar) Vatan uchun kurashmoq, mehnat qilmoq, yashamoq, kelajak avlod oldida ma’suliyatni sezmoq zarurligi ta’kidlab o’tilgan. Masalan, 1993 yilda Prezidentimiz bir guruh yozuvchilar bilan o’tkazgan suhbatida shunday degan edi: «Odamlarga shuni aytish kerakki, bizga berilgan imkoniyat yuz yilda bir marta kelishi mumkin asosiy masala shundan iboratki, mustaqillikni saqlab qolishimiz, uni kelajak avlodlarga omon yetkazishimiz, qadrini to’g’ri tushunishimiz lozim» (190-bet). «Vatan» tushunchasi arabchada ona-yurt degan ma’noni anglatib kishilarning o’zi yashab turgan, ajdodlari va avlodlari tug’ilib o’sgan, millati shakllangan hudud, ijtimoiy muhit, mamlakat. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytilmaydi. Lekin, kishi ulg’aygan sayin uning Vatan haqidagi tasavvurlari ham kengayib boradi. Vatanga bog’liqlik, uni qadrlash tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’lib, muhit va davr ta’sirida shakllangan ijtimoiy –ruhiy tuyg’udir. Aynan shu faravonligi yo’lida faol mehnat qilishga undaydi. Ozodlik g’oyasi xalqimizning turmushida o’z ifodasini azaldan topib kelgan. 46 Yurtboshimiz, 1993 yil 9 sentabrda «Тurkiston» saroyi ochilishi marosimida so’zlagan nutqida shunday degan: «Bizning xalqimiz azaldan obodonlik oshig’i, azaldan bog’parvar, azaldan o’z turar joyini chiroyli qilib yashashga o’rgangan xalq» 1 . Ozod va obod Vatan g’oyasi milliy g’oyaning tarkibiy qismlaridan biri sifatidan fuqarolarning Vatan oldidagi burchini anglatadi desak xato bo’lmaydi. Biz bugungi kunda Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Shu davlat va jamiyat menga nima berdi? deb emas, balki: Men o’zim Vatanga, elu-yurtimga nima berdim?» deb o’ylashimiz va shu aqida bilan yashashimiz kerak. 2 Shunday qilib, Vatan tushunchasi keng falsafiy ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, muayyan xududlarni o’zida ifodalaydi, ijtimoiy muhit va inson uning hayoti kabi ko’plab ma’naviy tushunchalarni o’z ichiga oladi, avlodlar tug’ilib o’sgan va kamol topgan joy, zamin, o’lkani anglatadi. Shu bois yurtimizda yashayotgan 136 taga yaqin millat va elatlar vakillari O’zbekistonni o’z Vatanim deb hisoblamoqdalar. Demak, Vatan bu bir joy, zamin, o’lkada yashayotgan kishilarni, millati yoki dinidan qat’iy nazar birlashtiruvchi ijtimoiy tushuncha. Bu tushuncha mustaqillik sharoitida alohida ahamiyatni kasb etmoqda. Endilikda Vatanni anglash, uni qadrlash, zarur bo’lsa qo’lga qurol olib tashqi tajavuskor kuchlardan himoya qilish har bir O’zbekiston fuqarosining burchiga aylandi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling