Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referatlar uchun mavzular
- 8-Mavzu: Millatlararo totuvlik, milliy g’oya va diniy bag’rikenglik. Reja.
Тayanch so’zlar: Vatan, ozod, obod, erkin, taraqqiyot, demokratiya, fuqarolik,
farovon hayot, Sharq, G’arb, demokratiya tamoyillari, tafakkur, saviya, hamjihatlik, jamoatchilik. Nazorat savollari 1. Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi nimalardan iborat? 2. Erkinlik inson faoliyati uchun qanday ahamiyatni kasb etadi? 3. Yoshlarda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish tuyg’usini qanday qaror topishi mumkin? 4. Demokratik jamiyat qanday belgilarga ega? 6. Milliy tarbiyaning asosiy tarkibiy qismlari to’g’risida nimalarni bilasiz? 7. Demokratiya, demokratik jamiyat qurish, demokratlashtirish to’g’risidagi fikrlar Islom Karimovning qaysi asarlarida nisbatan kengroq berilgan? 8. Demokratik jamiyatning yagona modeli mavjudmi? Referatlar uchun mavzular 1. Milliy istiqlol g’oyasining O’zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot konsepsiyasi ekanligi. 2. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasini Islom Karimov asarlarida asoslab berilishining nazariy-amaliy ahamiyati. 3. Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish to’g’risida. 1 Karimov I.A. O’zbekiston ХХI аsr sari intilmoqda. Т.: «O’zbekiston», 564-bet. 50 4. “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo’lmaymiz” (I.Karimov) g’oyasining mohiyati. 5. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi to’g’risida Islom Karimov. 7. Islom Karimovning “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” g’oyasining mohiyati. 51 8-Mavzu: Millatlararo totuvlik, milliy g’oya va diniy bag’rikenglik. Reja. 1. Millatlararo totuvlik g’oyasi: mohiyati va talqini. 2. Mustaqil O’zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikning amalda namoyon bo’lishi. 3. Тil va milliy g’oya. 1. Millatlararo totuvlik g’oyasi: mohiyati va talqini. Darsda ushbu birinchi savol to’g’risida materiallarni bayon etishda millatlararo totuvlik tushunchasi haqida qisqacha to’xtalib, talabalarning asosiy e’tiborini millatlararo totuvlik g’oyasining mazmuniga qaratish kerak. Millatlararo totuvlik – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchani anglatadi. Ma’lumki, Yer yuzasidagi 1600 dan ortiq millatdan, atiga 200 ga yaqini o’z davlatchiligiga ega. Demak, dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash muammosi hozircha mavjud emas bu masalaga har doim e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. Bu masalani bayon etish jarayonida Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston ХХI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» nomli asarining 69-84-betlaridagi materiallardan samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumki, hozirgi davlatlar asosan ikki turga – polietnik (ko’p elatli) va monoetnik (bir elatli) davlatlarga bo’linadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, dunyoning haqiqiy boyligi, qadriyatlarni o’zaro ayriboshlash, bir-birini boyitish imkoniyati ana shu xilma-xillikdadir. Ammo hozirgi zamonning hal qilinishi mushkul bo’lgan muammolaridan biri ham unga borib taqaladi. Dunyoda yashayotgan etnoslarning ko’pchiligi o’z milliy davlatchiligiga ega emas 1 . Ushbu asarda birinchidan, bunday holning xalqaro hamjamiyat uchun bir ogohlantirish bo’lishi kerakligi, etnik o’zligini anglashning o’sishi hali uzoq vaqt davomida hozirgi dunyo siyosiy taraqiyotning dinamikasini belgilab turishi atroflicha asoslab berilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling