Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

to’rtinchidan, har bir kishining farovonligi, davlat va millat farovonligi asosi 
ekanligini anglagan holda tashabbuskorlik, tadbirkorlik bilan fidokorona mehnat 
qilishga asoslangan; beshinchidan, bu g’oya kelajakka qaratilgan bo’lib, xalqni 
uyushtirish, safarbar qilish vazifasini bajaradi; oltinchidan, bu g’oyada 
mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillarining pirovard maqsadlari 
ifodalangan bo’lib, u kishilarning kelajakka chorlovchi ulug’vor va jozibali shior 
tarzida namoyon bo’ladi. 
Bu g’oyani xalqmiz ongiga, qalbiga chuqur singdirish mustaqillikni 
mustahkamlash, buyuk kelajakni qurish va O’zbekistonning ilg’or davlatlar qatoriga 
qo’shilish jarayonining muhim omilidir. 
Ozodlik g’oyasi – mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik 
va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan umuminsoniy g’oya.
Bu g’oya insoniyat tarixining azaliy yo’ldoshi, o’tmishidan hozirga qadar o’z 
ahamiyatini saqlab kelayotgan ezgu qadriyatlarni ifodalaydi. Uning mazmun – 
mohiyatini bir necha yo’nalishda talqin va tahlil qilish mumkin. U ijtimoiy ma’noda – 
jamiyat hayotining qandayligi va qay tarzda tashkil etilganligini, siyosiy ma’noda – 
mustaqil va emin-erkin yashashni, iqtisodiy ma’noda – mulk va moddiy boyliklarga 
barchaning teng ega bo’lish imkoniyatini, ma’naviy ma’noda – inson va jamiyatning 
turli tazyiqlardan xolisligi, fikr, e’tiqod va so’z erkinligini anglatadi. 


45
Ozodlik g’oyasi insoniyat tarixida o’chmas nom qoldirgan ko’pgina allomalar, 
mutafakkirlar hayoti va ijodining mazmunini tashkil etgan. Alisher Navoiyning 
quyidagi ruboyisi bu g’oyaning asl mohiyatini aks ettiradi: 
G’urbatda g’arib shodumon bo’lmas emish, 
El angu shafiqu mehribon bo’lmas emish. 
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulg’a tikandek oshiyon bo’lmas emish. 
Ozodlik g’oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtai nazarlardan talqin 
qilish mumkin. Umuminsoniy jihatdan, bu g’oya – butun Yer yuzida taraqqiyot va 
erkinlik uchun kurashayotgan kishilarning muzaffar bayrog’i, demokratik jamiyat va 
davlatlar hayotining ustivor tamoyillaridan birini ifodalaydi. Milliy jihatdan, u har bir 
millat va xalqning o’z mustaqil taraqqiyot yo’li, o’z taqdirini o’zi belgilay olishi, 
milliy davlatchiligiga ega bo’lishi imkoni borligini anglatadi. Shaxsiy darajadagi 
ozodlik – inson haq-huquqlarining ro’yobga chiqishi, uning ijtimoiy – ma’naviy 
jihatdan erkinligini bildiradi. 
Bu g’oya milliy istiqlol mafkurasining asosiy tushunchalardan biri – «Ozod va 
obod Vatan» iborasida o’z ifodasini topgan. Vatanning ozod va obodligi shubhasiz 
yurtning tinchligi zamiridagi taraqqiyot, ya’ni vatan ravnaqiga bog’liq. 
Vatan – bu har bir xalqning o’tmishi, bugungi va kelajagini 
mujassamlashtiruvichi muqaddas makon bo’lib, ostona , beshik, uy, qishloq, mahalla, 
shahar, tuman, viloyat, mamlakat. Ana shu yuqorida keltirilgan materiallarning 
nazariy asoslarini bayon etishda o’qituvchi Islom Karimovning quyidagi asarlaridan 
foydalanishi mumkin: «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin» 128-133, 210-222, 249-
264, 283-284, 292-313-betlarida Vatan, mustaqillik, ozodlik, erkinlik, obodonchilik, 
tinchlik, do’stlik kabi g’oyalar o’z ifodasini muayyan darajada topgan. Masalan, 283-
betda, mustaqillikning uch yilligi haqida qilgan ma’ruzasida shunday deyilgan: «Biz 
uchun istiqlol – davlatchiligimizni mustahkamlash, buyuk kelajagimizning 
poydevorini qurish, milliy ongimiz va faxrimizni yuksaltirish, jahon hamjamiyatida 
munosib o’rnimizni egallashdir. Shu maqsadlarga erishish uchun yurtimizning barcha 
aholisi O’zbekistonni yagona va aziz yurtimiz deb bilishi va taqdirini Vatan taqdiri 
bilan uzviy bog’lab kurashmog’i mehnat qilmog’i darkor». 
«Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir» nomli kitobi (34-40, 74-85, 187-198, 274-
284-betlar) Vatan uchun kurashmoq, mehnat qilmoq, yashamoq, kelajak avlod oldida 
ma’suliyatni sezmoq zarurligi ta’kidlab o’tilgan. Masalan, 1993 yilda Prezidentimiz 
bir guruh yozuvchilar bilan o’tkazgan suhbatida shunday degan edi: «Odamlarga 
shuni aytish kerakki, bizga berilgan imkoniyat yuz yilda bir marta kelishi mumkin 
asosiy masala shundan iboratki, mustaqillikni saqlab qolishimiz, uni kelajak 
avlodlarga omon yetkazishimiz, qadrini to’g’ri tushunishimiz lozim» (190-bet). 
«Vatan» tushunchasi arabchada ona-yurt degan ma’noni anglatib kishilarning 
o’zi yashab turgan, ajdodlari va avlodlari tug’ilib o’sgan, millati shakllangan hudud, 
ijtimoiy muhit, mamlakat. Vatan ostonadan boshlanadi, deb bejiz aytilmaydi. Lekin, 
kishi ulg’aygan sayin uning Vatan haqidagi tasavvurlari ham kengayib boradi. 
Vatanga bog’liqlik, uni qadrlash tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’lib, muhit va 
davr ta’sirida shakllangan ijtimoiy –ruhiy tuyg’udir. Aynan shu faravonligi yo’lida 
faol mehnat qilishga undaydi. Ozodlik g’oyasi xalqimizning turmushida o’z ifodasini 
azaldan topib kelgan. 


46
Yurtboshimiz, 1993 yil 9 sentabrda «Тurkiston» saroyi ochilishi marosimida 
so’zlagan nutqida shunday degan: «Bizning xalqimiz azaldan obodonlik oshig’i, 
azaldan bog’parvar, azaldan o’z turar joyini chiroyli qilib yashashga o’rgangan 
xalq»
1
. Ozod va obod Vatan g’oyasi milliy g’oyaning tarkibiy qismlaridan biri 
sifatidan fuqarolarning Vatan oldidagi burchini anglatadi desak xato bo’lmaydi. Biz 
bugungi kunda Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Shu davlat va jamiyat menga nima 
berdi? deb emas, balki: Men o’zim Vatanga, elu-yurtimga nima berdim?» deb 
o’ylashimiz va shu aqida bilan yashashimiz kerak.
2
Shunday qilib, Vatan tushunchasi keng falsafiy ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, 
muayyan xududlarni o’zida ifodalaydi, ijtimoiy muhit va inson uning hayoti kabi 
ko’plab ma’naviy tushunchalarni o’z ichiga oladi, avlodlar tug’ilib o’sgan va kamol 
topgan joy, zamin, o’lkani anglatadi. Shu bois yurtimizda yashayotgan 136 taga yaqin
millat va elatlar vakillari O’zbekistonni o’z Vatanim deb hisoblamoqdalar. Demak, 
Vatan bu bir joy, zamin, o’lkada yashayotgan kishilarni, millati yoki dinidan qat’iy 
nazar birlashtiruvchi ijtimoiy tushuncha. 
Bu tushuncha mustaqillik sharoitida alohida ahamiyatni kasb etmoqda. 
Endilikda Vatanni anglash, uni qadrlash, zarur bo’lsa qo’lga qurol olib tashqi 
tajavuskor kuchlardan himoya qilish har bir O’zbekiston fuqarosining burchiga 
aylandi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling