Microsoft Word Milliy istiqlol goyasi metodik qollanma 2009 lotin alifbosi doc


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana08.11.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1758244
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
10cNyQcSyVLXYBwoHDoTjAkWGDd6PQpkrDNOie6r

Тayanch so’zlar: Vatan, ozod, obod, erkin, taraqqiyot, demokratiya, fuqarolik, 
farovon hayot, Sharq, G’arb, demokratiya tamoyillari, tafakkur, saviya, hamjihatlik, 
jamoatchilik. 
 
Nazorat savollari 
1. Milliy istiqlol g’oyasining bosh maqsadi nimalardan iborat?
2. Erkinlik inson faoliyati uchun qanday ahamiyatni kasb etadi? 
3. Yoshlarda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish tuyg’usini 
qanday qaror topishi mumkin? 
4. Demokratik jamiyat qanday belgilarga ega? 
6. Milliy tarbiyaning asosiy tarkibiy qismlari to’g’risida nimalarni bilasiz? 
7. Demokratiya, demokratik jamiyat qurish, demokratlashtirish to’g’risidagi fikrlar 
Islom Karimovning qaysi asarlarida nisbatan kengroq berilgan? 
8. Demokratik jamiyatning yagona modeli mavjudmi? 
Referatlar uchun mavzular 
1. Milliy istiqlol g’oyasining O’zbekiston istiqbolini ifoda etuvchi milliy taraqqiyot 
konsepsiyasi ekanligi. 
2. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish g’oyasini Islom Karimov 
asarlarida asoslab berilishining nazariy-amaliy ahamiyati. 
3. Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish to’g’risida. 
1
Karimov I.A. O’zbekiston ХХI аsr sari intilmoqda. Т.: «O’zbekiston», 564-bet. 


50
4. “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo’lmaymiz” (I.Karimov) 
g’oyasining mohiyati. 
5. Demokratiyaning milliy va umuminsoniy qadriyat ekanligi to’g’risida Islom 
Karimov. 
7. Islom Karimovning “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” g’oyasining mohiyati. 


51
8-Mavzu: Millatlararo totuvlik, milliy g’oya va diniy bag’rikenglik. 
Reja. 
1. Millatlararo totuvlik g’oyasi: mohiyati va talqini. 
2. Mustaqil O’zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikning amalda 
namoyon bo’lishi. 
3. Тil va milliy g’oya. 
1. Millatlararo totuvlik g’oyasi: mohiyati va talqini. 
Darsda ushbu birinchi savol to’g’risida materiallarni bayon etishda millatlararo 
totuvlik tushunchasi haqida qisqacha to’xtalib, talabalarning asosiy e’tiborini 
millatlararo totuvlik g’oyasining mazmuniga qaratish kerak. 
Millatlararo totuvlik – milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri 
bo’lib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihat yashashi
hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchani anglatadi. Ma’lumki, Yer 
yuzasidagi 1600 dan ortiq millatdan, atiga 200 ga yaqini o’z davlatchiligiga ega. 
Demak, dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash muammosi hozircha mavjud emas 
bu masalaga har doim e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. 
Bu masalani bayon etish jarayonida Prezident Islom Karimovning 
«O’zbekiston ХХI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, 
taraqqiyot kafolatlari» nomli asarining 69-84-betlaridagi materiallardan samarali 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lumki, hozirgi davlatlar asosan ikki turga – polietnik (ko’p elatli) va 
monoetnik (bir elatli) davlatlarga bo’linadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, dunyoning 
haqiqiy boyligi, qadriyatlarni o’zaro ayriboshlash, bir-birini boyitish imkoniyati ana 
shu xilma-xillikdadir. Ammo hozirgi zamonning hal qilinishi mushkul bo’lgan 
muammolaridan biri ham unga borib taqaladi. Dunyoda yashayotgan etnoslarning 
ko’pchiligi o’z milliy davlatchiligiga ega emas
1
.
Ushbu asarda birinchidan, bunday holning xalqaro hamjamiyat uchun bir 
ogohlantirish bo’lishi kerakligi, etnik o’zligini anglashning o’sishi hali uzoq vaqt 
davomida hozirgi dunyo siyosiy taraqiyotning dinamikasini belgilab turishi atroflicha 
asoslab berilgan. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling