Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
15 — Sen esa qiz qiyofasidagi kaltakesakni ko‘rding, — dedi ikkinchi talabaga. — Va to‘lqinlarni baliqchilarning qirg‘oqdagi qayiqlarini yuvib ketishga majbur qilding. Sen ham yordamga shoshil! Uchinchi shogirdiga yuzlandi: — Sen parvoz etayotgan lochinni ko‘rding va kuchli dovul dehqonlarning hosilini uchirib ketdi. Endi sen borib, ularga tovon to‘lamog‘ing lozim! Shogirdlarim! Ayting-chi, siz atrofdagilarga qanday naf keltirdingiz. Zero, kavakdagi boyqush ham vaqtini sizdan ko‘ra foydaliroq narsalarga sarflaydi! Siz yo ter to‘kib, yerda mehnat qilmog‘ingiz yoxud yolg‘izlikda yerdan yuksaklikka ko‘tarilishga o‘zingizda ruhiy quvvat topmog‘ingiz darkor. Donishmand odam bema’ni fikr to‘lqinini qo‘zg‘atishdan doimo saqlanmog‘i zarur. Shu narsa haqiqatki, mittigina qushning qanotidan tushgan patning zarbidan uzoqlarda momaqaldiroq hosil bo‘ladi. Inson nafas olganda butun olam bilan qorishib ketadi. Donishmand doimo yuksaklik sari intiladi. Zero, odamlar doimo bir-biriga donolik sifatlarini ochgusidir. * * * Budda Qonun g‘ildiragi haqida shunday rivoyat qiladi: Bir mohir xattot huzuriga muhtaram zot kelib, Tan-griga murojaatnoma yozib berishni so‘raydi. Va shunga loyiq teri (qadim zamonda qog‘oz o‘rnida ishlatilgan) tashlab ketadi. U ketgach, yana bir odam kelib, tahdid va g‘azabga to‘la maktubini zudlik bilan ko‘chirib berishni buyuradi. Xattot uning hojatini chiqarish maqsadida maktubni ko‘chirishga kirishadi va shoshilinchda adashib, birinchi kishi keltirgan terini ishlatib yuboradi. Janjalkash odam quvonib, maktubni olib ketadi. So‘ngra birinchi buyurtmachi keladi-da, terini ko‘rib: — Men tashlab ketgan teri qani? — deb so‘raydi. Xattotdan yuz bergan anglashilmovchilikni eshitib, shunday dedi: — Ezgu tilaklar bitish uchun senga keltirilgan teriga oq fotiha berilgandi. Tahdid va ig‘vo bitilishi lozim bo‘lgan teri esa o‘z ta’sir kuchidan mahrum etilgandi. Sen muddatlar qonunini insofsizlarcha buzib, bir bemorga yordam beruvchi duoning kuchini yo‘qotding. Buning ustiga ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yovuzlikni, zug‘umni harakatga keltirding. Men keltirgan teriga oq fotiha bergan avliyoning mehnati bir pul bo‘ldi. Yovuzlikning kuchini kesgan avliyoning mehnati zoe ketdi. Sen olamga yovuz duoibadni «chiqarib» yubording va u bir kun albatta o‘zingga qaytib kelajak. Sen Qonun g‘ildiragini izdan chiqarding. Endi sen unga chiqa olmaysan, u yo‘lingni kesib o‘tadi. Bu voqeadan xulosa shuki, qonunlarni birinchi duch kelgan o‘g‘ri olib ketadigan o‘lik teriga yozmang. Qonunlarni qalbingizda saqlang. Ana shunda baxt-saodat sizga yo‘lingizni yengillashtirguvchi Qonun g‘ildiragini hadya etadi. * * * Bir sofdil odam Buddani ko‘rmoqlik niyatida atrofdagi turfa buyumlarga bir-bir nazar soldi. Biroq uning qo‘llari dono timsollarni tuta olmadi, ko‘zlari esa mo‘‘tabar buyumlarni teshib o‘tishga ojizlik qildi — u Buddani ko‘rolmadi. Nihoyat, ibodat qilayotgan chog‘ida peshonasiga o‘rgimchak ini tegayotganini sezib, uni qo‘li bilan sidirib tashladi. Shunda g‘oyibdan dona-dona ovoz keldi: — Nega mening qo‘limni itarayapsan? Mening nurim seni quchishiga ijozat ber. So‘ng atrof birdan yorishib ketdi. Haligi odam o‘zi sidirib tashlagan o‘rgimchak ipini qo‘liga oldi. Ip har birida Budda siymosi aks etgan qirqta marvarid dona-siga aylandi. Marvarid donalarining o‘rtasida bir tosh bo‘lib, unga: «Jasorat, umidsizlik, shodlik», degan so‘zlar bitilgandi. Budda muhibi shodlikni tanladi. Negaki, u shodlikka olib boruvchi yo‘lni topgandi. * * * |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling