Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
16 Buddaning huzuriga bir talaba kelib: — Mo‘‘jiza ko‘rsatganingizdan keyingina sizga ishonishim mumkin, — dedi. Budda g‘amgin jilmaydi-da, unga g‘aroyib mo‘‘jiza ko‘rsatdi. Talaba o‘zini tutolmay hayqirib yubordi: — O, Budda! Endi men sening rahnamoligingda ilm olishga roziman. Biroq Budda unga eshikni ko‘rsatib, dedi: — Endi menga sening keraging yo‘q! * * * Budda shunday degandi: kamchilik va nuqsonlaringni ko‘rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo‘lboshchiga o‘xshaydi va sen sira kam bo‘lmaysan. Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf www.ziyouz.com кутубхонаси 17 KONFUTSIY (Miloddan avvalgi 551-479 yillar) Konfutsiy Xitoyning sharqidagi Lu knyazligida tug‘ildi. U aslzodalar xonadoniga mansub bo‘lib, otasi Shulyan Xe Lu knyazligidagi Szou muzofotini boshqargan. Konfutsiy tug‘ilganda otasi 70 yoshga to‘lgan edi. Uch yoshga to‘lganda otasidan, 17 yoshida onasidan ayrildi. Oilada Konfutsiydan tashqari 9 qiz va bir nogiron o‘g‘il bo‘lgan. Uning asl ismi Kun Syu bo‘lib, muxlislari Kun Fu-tszi, deb atashgan. Bu ism bora-bora Kun Fu-tszi, degan faxrli laqabga aylangan. Bu ism «hurmatli ustoz Kun», degan ma’noni anglatadi. XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit-missionerlar xitoylik donishmand ta’limoti bilan tanishib, uni Yevropa madaniyatining ham vakiliga aylantirish maqsadida Konfutsiy deb atay boshlashgan. Konfutsiy Pifagor va Suqrot kabi faqat og‘zaki ta’lim bergan. Shuning uchun undan bir satr ham qo‘lyozma qolmagan. Bizga ma’lum asarlarining hammasi shogirdlari tomonidan yozilgan. Konfutsiy daosizm asoschisi Lao-Szi bilan uchrashgan, undan maslahatlar olgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling