Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
134 NIKKOLO DI BERNARDO MAKIAVELLI (1469-1527) Italiyalik faylasuf Makiavelli Florentsiyadagi aslzoda, ammo uncha boy bo‘lmagan oilada o‘sdi. Uning tarjimai holida ko‘pgina noaniqliklar mavjud. Makiavelli 1498 yildan davlat xizmatchisi bo‘lib ishlay boshladi. Makiavelli garchi yuqori mansablarda ishlamasa-da, katta siyosatning sir-asrorlarini yaxshi bilardi. 1512 yil hukumat tepasiga Medichi kelishi bilan Makiavelli Florentsiyadan quvib chiqarildi. U keyinchalik hibsga olinib, qiynoqqa solingani haqida ham ma’lumotlar bor. Makiavelli ham barcha kashfiyotchi ijodkorlar kabi ta’qib va tazyiqlarga duchor bo‘lgan. Jan Boden va Tommazo Kampanella birinchi bo‘lib Makiavelli qarashlarini qoralashgan. Makiavelli an’anaviy ravishda siyosat olamining faylasufi hisoblanib kelgan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Hukmdor» (1513), «Tit Liviyning birinchi 10 ta kitobiga doir mulohazalar» (1516-1517), «Mandragora» (1518), «Harbiy san’at to‘g‘risida» (1519-1520), «Andriya» (1519), «Katruchcho Kastrakani hayoti» (1520), «Florentsiya tarixi», «Til haqida so‘zlashuv». Bularning orasida eng mashhuri «Hukmdor» asaridir. 1559 yilda Makiavellining hamma asarlari ilk «Taqiqlangan kitoblar ro‘yxati»ga kiritilgan. * * * Maqsad vositani oqlaydi. * * * Faqirligim — halolligim va sodiqligim isboti. * * * Har qanday vaziyatda ham marhamatli bo‘lishni istovchi odamga ko‘plab marhamatsiz kishilar orasida halok bo‘lishdan o‘zga yo‘l qolmaydi. * * * Hokimiyatni saqlab qolishni istovchi odam zolimlikka tayanishi kerak. * * * Har bir ishni u qanday vositalar bilan amalga oshirilganiga qarab emas, balki maqsadga erishilgan- erishilmaganiga ko‘ra baholaydilar. * * * Zamon va axloqiy mezonlar o‘zgaruvchandir. Shuning uchun zamonga peshvoz chiqqan kimsaning hamma orzusi ushaladi va u baxtiyor bo‘ladi. Zamondan va vaziyatdan yuz o‘girgan odam baxtsizlikka mahkum. * * * Xushomadni yo‘qotishga uringan hukmdor o‘ziga nisbatan nafrat uyg‘otib qo‘yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi: tabiblar deydilarki, sil kasalligini boshlang‘ich davrda aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar xastalik o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, aksincha, uni aniqlash oson-u, davolash mushkul. Davlat ishlarida ham shunday: endigina paydo bo‘layotgan illat o‘z vaqtida aniqlansa, uni yo‘qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukmdorlargina qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko‘rinadigan darajada avj olgan bo‘lsa, hech qanday dori-darmon kor qilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling