www.ziyouz.com кутубхонаси
136
VAN SHOUJEN
(taxallusi YANMIN)
(1472-1529)
Xitoylik faylasuf, siyosatdon va harb ilmi bilimdoni Van Shoujen Yuyyao muzofotida
tug‘ilib o‘sdi. Uning otasi Van Xua ziyoli oiladan bo‘lib, xizmat pog‘onalaridan tez
yuqorilab borgan. Van Shoujen to‘rt yoshigacha gapirolmagan. Bir budda rohibi
bolakayni ko‘rib: «Yaxshi bola ekan. Faqat, afsuski, uning taqdiri zohirida shundoqqina
ayon bo‘lib turibdi», — deydi. Rohib aftidan faylasuf Lao-tszining: «Bilguvchi
gapirmaydi», — degan mashhur naqliga ishora qilgandi. Bu so‘zni eshitgan bobosi
bolaning ismini Shoujen (insonparvarlik himoyachisi) deb o‘zgartiradi. Ajabki, shundan
so‘ng Shoujen gapira boshlaydi.
Shoujen o‘n yoshidan boshlab she’rlar yozgan. Bu she’rlar faqatgina adabiy nuqtai
nazardan emas, balki falsafiy mazmuni bilan ham diqqatni jalb etardi.
Shoujen 12 yoshida onasidan yetim qoladi. 16 yoshida uylanadi. 1489 yilda Van
Shoujen faylasuf Chuj Si izdoshi Lou Lyan (1422-1491) bilan tanishadi va undan tahsil
oladi.
1493-1499 yillar orasida Van Shoujen daotsizm, buddaviylik va Konfutsiyning mumtoz
falsafasini qunt bilan o‘rganadi. Ayni paytda badiiy ijod va harb ilmi sirlarini o‘rganishga
ham vaqt ajratadi.
1499 yilda Van Shoujen tszin shi darajasi uchun imtihon topshirib, imperator saroyi
mansabdorlari orasidan o‘rin oladi. Xizmat vazifalarining ketma-ket o‘zgarishi tufayli
mamlakat bo‘ylab tinimsiz kezishlar yosh Shoujenning salomatligiga salbiy ta’sir
o‘tkazadi. 1502 yilda u imperatorning ruxsati bilan davolanish uchun tug‘ilgan go‘shasiga
qaytib keladi. U Chjetszyan muzofoti hududida joylashgan tog‘ bag‘riga — Yanmin g‘ori
yaqiniga boshpana qurib yashay boshlaydi. Shu bois uni Yanmin-tszi deb atay
Do'stlaringiz bilan baham: |