U 5 yoshidan boshlab she’rlar mashq qildi. Kollejda o‘qib yurgan chog‘larida yaxshi
o‘zlashtirgani uchun mukofotlar bilan taqdirlandi. Yosh Volter qaysi davraga kirmasin,
hammaning diqqatini o‘ziga tortar, zukkoligi, topqirligi, sho‘xligi bilan boshqalardan
ajralib turardi.
Jo‘shqin tabiatli Volter o‘zining hukmron doiralarga ham tegib ketadigan
zaharxandalik yo‘g‘rilgan tiyiqsiz ijodi tufayli ko‘pincha kiborlarning janjaliga aralashib
qolardi. 1717 yilda shunday janjallar tufayli Volter Bastiliya qal’asida 11 oy tutqunlikda
saqlandi. U qamoqxonada ham ijod qilishdan to‘xtamay, o‘zining mashhur «Edip»
tragediyasi va «Genriada» dostonini yozib tugatdi.
Volter badiiy ijodning hamma sohalarida ajoyib asarlar yozgan. Uning falsafiy
izlanishlari rang-barang va keng qamrovli, o‘ziga xos, yangi, kutilmagan nazariy
yondashuvlarga boy edi. Ko‘plab davlatlarning tojdorlari Volterga xushomad qilganlar.
Frantsiya qiroli Lyudovik XV u bilan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Rim papasi
Bendikt XIV buyuk faylasufga maqtovli maktublar bitgan. Rossiya malikasi Yekaterina II
Volter bilan uzoq muddat xat yozishib turgan. Ayniqsa, Prussiya qiroli Fridrix II Volterni
juda e’zozlagan.
1758 yilda Volter Shveytsariya chegarasi yaqinida joylashgan Ferne qal’asini sotib
oladi. U hayotining so‘nggi 20 yilini shu yerda o‘tkazadi.
Volterning quyidagi asarlari ma’lum:
«Falsafiy maktublar», «Orleanlik bokira qiz»,
«Nyuton falsafasi asoslari», «Memnon yoki insoniy Donolik», «Suqrot», «Kandid yoki
nekbinlik», «Skiflar» (tragediya), «Tabiat mo‘‘jizalari haqida», «Ruh haqida», «Tarix
falsafasi» (birinchi bo‘lib «tarix falsafasi» degan atamani Volter qo‘llagan)
va hokazo.
1778 yilda Volter do‘stining qistovi bilan Parijga keladi. Parij aholisi Volterni juda katta
Do'stlaringiz bilan baham: |