Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
96 faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
179 Mutaassiblikdan nafratlanuvchi yangi avlod yetilmoqda. Hademay shunday kun keladiki, faylasuflar rahbarlikni o‘z qo‘llariga oladilar. Aql-idrok saltanati qad rostlaydi. * * * Inson yuqoriga o‘rlagan alanga va pastga sho‘ng‘igan tosh kabi tug‘ilishi bilanoq harakatga intiladi. * * * Bid’atni masxaralashdan cho‘chimang, do‘stlarim. Menimcha, bid’atni mahv etish uchun uni kulgili qilib ko‘rsatishdan yaxshiroq vosita yo‘q. Kulgili narsa esa xavfli bo‘lolmaydi. * * * Doimiy huzur-halovatni yo‘q deb hisoblasa ham bo‘ladi. * * * Bizga doimo boriga shukr qilishni, orzu-istaklaru qiziquvchanlikni jilovlashni, notinch ko‘ngilni itoatda tutishni maslahat beradilar. Bu juda yaxshi. Ammo bunday pand-nasihatlarga doim amal qilganimizda hozir ham dub yong‘og‘ini tanovul qilib, ochiq osmon ostida uxlayotgan bo‘lardik. * * * Odatiy bo‘lib qolgan narsalar kam qadrlanadi. * * * Ehtiros kema yelkanlarini shishiruvchi shamoldir. Shamol ba’zan kemani cho‘ktirib yuborsa-da, lekin usiz suzib bo‘lmaydi. Bu dunyoda hamma narsa xavfli va ayni damda muhimdir. * * * Noo‘rin go‘zallik o‘limga mahkum. * * * Faqat tabiiy narsalargina go‘zaldir. * * * Tabiatan in’om etilmagan qobiliyatni hech qaysi yoshda qo‘lga kiritib bo‘lmaydi. Ammo yo‘l qo‘yilgan xatoni istalgan vaqtda tuzatish mumkin. * * * Men doim o‘z metafizikamni axloqqa yaqinlashtirishga harakat qilaman. * * * Sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo fikringizni aytish huquqingiz uchun hayotimni beraman. * * * Falsafa bizga olam tushunarsiz mangu borliq ekanligini o‘rgatadi. Ammo u olamning sifatlari va tarkibi haqida aniq so‘z aytolmaydi. Borliqning tabiati biz uchun mutlaqo anglab bo‘lmasdir. * * * Kimdaki, o‘z yoshining ruhi bo‘lmasa, u shu yoshning barcha g‘am-alamlarini tortishga mahkumdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling