Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet109/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

* *

San’at uchun biroz g‘amgin va yetarli darajada baxtsiz odamlar kerak.
* 69 *
Umri davomida faqat bir marta sevganlarni yengil-elpi odamlar deb hisoblayman. Ularning sadoqati, doimiyligi - shunchaki odat yoki tasavvurning yo'qligi belgisi, xolos.
SEVGI TAJRIBASI TO’G’RISIDA
... Men yuksak ehtirosdan xolis bo'lishga va sovuqqon faylasuf sifatida erkin fikr yuritishga harakat qilaman. Quyida sevgi deb atalmish dard bosqichlari vijdonan va aniq tasvir etilgan:

  1. sevgi-ehtiros;

  2. sevgi-mayl.

Sevgi-ehtiros bizni manfaatlarimizni qurbon qilishga majburlagan bir paytda, sevgi-mayl bunga moslashishga undaydi;

  1. jismoniy sevgi;

Insonning fe’l-atvori qanchalik sovuq va quruq bo‘lmasin, u 16 yoshida shu yo‘lga qadam qo‘yadi;

  1. sevgi shuhratparastlik.

Tark etilgan oshiq manmanlik va g‘amginlik alamini tortadi, romanlarda tasvirlangan timsollar uni hayajonga soladi va u o‘zini sog‘inch o‘rtayotgan oshiq deb biladi. Chunki shuhratparastlik doimo yuksak ehtiros bo‘lib ko‘rinishga ishtiyoqmanddir.
* * *
Sevgi! Sen bizni bu dunyodagi qanday telbaliklardan zavqlanishga majbur etasan-a?!
* * *
Zamin bo‘ylab yoyilgan har qanday sevgi ayni bir qonuniyatga amal qilgan holda tug‘iladi, yashaydi va o‘ladi.
* * *
Ishq bezgakka o‘xshaydi, u irodaga bog‘liq bo‘lmagan tarzda paydo bo‘ladi va so‘nadi.
ARTUR SHOPENGAUER
(1788-1860)
Olmon faylasufi Artur Shopengauer o‘ziga to‘q savdogar oilasida dunyoga keldi. U avval tijorat, tibbiyotdan saboq olib, keyin falsafani o‘rgana boshladi. 1809 yildan boshlab Germaniyadagi eng mashhur Gettingen dorilfununida o‘qidi. Tibbiyot, fizika, zoologiya, falakiyotshunoslik, tabiiy tarix, psixologiya, mantiq, inson miyasi anatomiyasi fanlarini o‘rgandi. 1811 yildan esa Berlin dorilfununida Fixte hamda Shleyermaxer ma’ruzalarini tinglab, falsafadan saboq oldi.
Shopengauerda yoshligidanoq tushkunlik kayfiyati shakllana boshlagan. «Hayot - juda shubhali narsa va men umrimni u haqda fikrlash uchun bag‘ishlashga qaror qildim», — deb yozgandi faylasuf o‘zining hayotiy maslagi to‘g‘risida. Shopengauerning o‘ziga ishonchi juda yuksak bo‘lgan.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling