Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet80/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

FRANSUA DE LAROSHFUKO
(1613-1680)
Farangistonlik faylasuf gertsog Fransua de Laroshfuko qirol xonadoniga qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan kiborlar oilasida tug‘ilib o‘sdi.
Laroshfukoning bolalik yillari Anumua muzofotining Vertey qal’asida joylashgan ota mulkida o‘tgan. Oilaning to‘ng‘ich farzandi (farzandlar jami 12 nafar edi) bo‘lgani uchun uni otasining ismi bilan, ya’ni shahzoda Marsiyyak deb atashgan. Fransua 15 yoshida uylangan va 8 ta farzand ko‘rgan.
Laroshfuko 27 yoshida Parijga keladi va qirolicha Anna Avstriyskaya tomonida turib, uning g‘animi kardinal Rishelega qarshi saroy fitnalarida qatnashadi.
1648-1652 yillarda Laroshfuko farang aslzodalari (Fronda)ning qirol hukumatiga qarshi isyoniga boshchilik qiladi. Bu g‘alayondagi ishtiroki Laroshfukoga odamzotga doir yangi haqiqatlarni anglab olishiga yordam beradi. 1664 yilda uning «Maksimalar yoki axloqiy mushohadalar» («maksima» lotincha asosiy qoida, degan ma’noni anglatadi) nomli mashhur kitobi nashr etiladi. Bundan tashqari uning quyidagi asarlari ma’lum: «Shahzoda de Marsiyyak madhiyasi» (1649 y), «Laroshfukoning o‘z portreti» (1658 y), «Esdaliklar» (1662y).
Laroshfukoning o‘zi tan olishicha, u aksariyat hikmatli so‘zlarni g‘azab otiga minib, bekor o‘tirgan chog‘larida yozgan.
Faylasufning fe’l-atvori shu qadar tushkunlikka moyil bo‘lganki, uning kulganini yil davomida atigi bir yoki ikki marta ko‘rishgan.
Lev Tolstoy Laroshfukoning hikmatli so‘zlar to‘plami bilan tanishgach, shunday deb yozgandi: «... Garchi bu kitobda birgina haqiqat - izzattalablik inson xatti-harakatining harakatlantiruvchi kuch degan g‘oya ilgari surilgan bo‘lsa-da, muallifning turlicha yondashuvi tufayli bu fikr har gal yangicha va hayratlanarli bir tarzda talqin etilgan. Ushbu kitobni zo‘r ishtiyoq bilan o‘qib chiqdim. U odamlarni nafaqat o‘ylashga, balki o‘z fikrini aniq, jonli, lo‘nda va nafis tarzda ifodalashga o‘rgatadi. Uyg‘onish davridan buyon Laroshfukodan boshqa hech kim buning uddasidan chiqolmagan».
* * *
Olamga taqdir va injiqlik hukmronlik qiladi.
* * *
Falsafa o‘tmish va kelajak g‘am-tashvishlari ustidan g‘alaba nashidasini suradi. Hozirdagi qayg‘u- kulfatlar esa falsafa ustidan zafar qozonadi.
* * *
Na Quyoshga, na o‘limga tik qarab bo‘lmas.
* * *
Salomatlik tana uchun qanchalar muhim bo‘lsa, ruh uchun donolik shunchalar zarurdir.
* * *
Ba’zan aql bizga dadillik bilan nodonlikka qo‘l urish uchun xizmat qiladi.
* * *
Asl notiqlik barcha kerakli narsalarni me’yori bilan ayta olish san’atidir.

  • 53 *

Gunoh ishga qo‘l urgan kishiga nasihat qilishga undovchi narsa bizdagi ezgulik emas, manmanlikdir. Biz aybdorni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun emas, balki o‘zimizning gunohsizligimizga boshqalarni ishontirish uchun va’zxonlik qilamiz.

  • * *

Shodlanish va qayg‘urish darajasi sodir bo‘lgan voqeaning ko‘lamiga emas, balki bizning ta’sirchanligimizga bog‘liqdir.

  • * *

Mayda ishlarni o‘ta tirishqoqlik bilan amalga oshiruvchilar ko‘pincha buyuk ishlarga qodir bo‘lolmaydilar.

  • * *

Hamma xotirasidan noliydi-yu, lekin hech kim aqlidan nolimaydi.

  • * *

Sevgiga aniq ta’rif berib bo‘lmaydi. Sevgi qalb uchun hokimlik qilish istagi, aql uchun ichki o‘xshashlikka intilish istagi, tana uchun esa egalikka intiluvchi nozik va pinhoniy istakdir.

  • * *

Keksalikda tashqi qiyofadagi qusurlar bilinib qolgani kabi aqliy noqislik ham oshkor bo‘ladi.

  • * *

Odamlar ko‘pincha gunohlarini jazosiz qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun yaxshilik qiladilar.

  • * *

Mevalarning yetilish vaqti bo‘lgani kabi, insoniy fazilatlarning ham kamolga yetish fursati mavjud.

  • * *

Dorilar tarkibida zahar bo‘lgani kabi, ezgulikka ham qusur aralashishi mumkin.

  • * *

Ko‘pgina odamlardagi adolatsevarlik adolatsizlikka ro‘para bo‘lishdan cho‘chish belgisi hisoblanadi.

  • * *

Buyuk odamlarning uzoq muddatli musibatlarga dosh berolmay bukilib qolishi, ularga ruhiy kuch- qudrat emas, balki izzat-nafs tayanch bo‘lganidan darak beradi.

  • * *

Qahramonlar o‘zlarining o‘ta shuhratparastligi bilan oddiy odamlardan farq qiladi.

  • * *

Har qanday odamga va amallarga muayyan masofadan turib nazar solmoq joiz. Chunki ba’zi odamlarni yaqindan qarab tushunish mumkin bo‘lsa, boshqalarni faqat uzoqroqdan razm tashlab anglash mumkin.
Aqlli va yoqimli suhbatdoshlarning tanqisligi sabablaridan biri ko‘pchilik odamlarning o‘zgalar fikriga emas, o‘z shaxsiy mulohazalariga javob izlashlaridadir.

  • 54 *

Buyuk odamlarning shuhrati doimo ularning bu maqomga erishishda qanday vositani qo‘llagani bilan o‘lchanmog‘i lozim.

  • * *

Buyuk odamlarning nuqsonlari ham buyukdir.

  • * *

Boshqalarsiz yashay olaman deguvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin mensiz hech kim hech narsa qilolmaydi deguvchilar undan ham ko‘proq adashadilar.

  • * *

O’zgalarning ishiga aralashib donolik ko‘rsatmoq, shaxsiy muammolarni donolik bilan hal etishdan ko‘ra osonroqdir.

  • * *

Aldanishning eng oson yo‘li o‘zni boshqalardan ayyorroq deb hisoblashdadir.

  • * *

Ko‘pincha sotqinlikka atayin qo‘l urilmaydi. U ojizlik tufayli sodir etiladi.

  • * *

Odamlarning ustimizdan hukmronlik qilishiga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, ularning ustidan hukm yuritish osonroqdir.

  • * *

Yolg‘iz o‘zimizgagina ayon xatolarimizni tez unutamiz.

  • * *

Ba’zi odamlar qo‘shiqqa o‘xshaydi: ular tezda e’tibordan qolishadi.

  • * *

Doimo hammadan aqlliroq bo‘lish istagidan ko‘ra ahmoqona xohish yo‘q.

  • * *

Chaqqonligini o‘zgalar nazaridan yashirishga qodir odamlarni haqiqiy epchil deb atash mumkin.

  • * *

Saxiylik zamirida ko‘pincha in’om etilayotgan narsadan ham qadrliroq shuhratparastlik yotadi.

  • * *

Ko‘nglimiz qolgan odamni qayta sevolmaymiz.
* * *
Insonning qalbi va aqli ham xuddi ona tili kabi Vatan timsolidir.
* * *
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan har qanday maqsad o‘z jozibasini yo‘qotadi.
* * *
Biz o‘zimizni qanchalik og‘ir sharmandalikka duchor etmaylik, sha’nimizni oqlash imkoniyati deyarli har doim saqlanib qoladi.
* * *
Bir odamni anglashdan ko‘ra, ko‘pchilikni tushunish osonroqdir.
* * *
Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari o‘zimizning bu haqdagi mulohazalarimizga nisbatan haqiqatga yaqinroqdir.
* * *
Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganda, odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq cho‘zilmasdi.
* * *
O’zimiz saqlay olmagan sirni ochmaslikni boshqalardan qanday talab qilish mumkin?
* * *
Biz aslida nima istayotganimizni hech qachon oxirigacha tushuna olmaymiz.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling