Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet78/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

RENE DEKART
(1596-1650)
Farangistonlik faylasuf, riyozatchi, tibbiyotshunos olim va uslubiy nazariyotchi Rene Dekart Turen muzofotining Lae shaharchasida dvoryan oilasida dunyoga keldi.
1606 yilning bahorida otasi Dekartni La-Fleshdagi diniy kollejga o‘qishga jo‘natadi.
1618 yilda Dekart Gollandiyaga jo‘naydi va o‘z xohishi bilan armiyaga yollanib, ispan- avstriya qo‘shinlariga qarshi kurashda ishtirok etadi.
1619 yildan boshlab Dekart falsafa bilan jiddiy shug‘ullanishga kirishadi.
1625 yilda Dekart Parijga keladi va olimlar bilan tanishadi. Faylasuf bu yerda tarixda «odam jurnal» deb nom qoldirgan Mersen Maren bilan yaqin do‘st tutinadi.
Rene Dekart tabiatan qiziqqon bo‘lsa-da, bahs va tortishuvlar chog‘ida doimo o‘zini munosib tuta bilgan. U birinchi bo‘lib «Efir» atamasini va u haqidagi g‘oyani fan olamiga olib kirdi. «Fikrlayapman, demak mavjudman», degan naqlni ham Dekart o‘ylab topgan. Shuningdek, u birinchi bo‘lib, kamalakning paydo bo‘lish sabablari va uning tabiatini tushuntirib berdi.
Dekart 1650 yilning 11 fevralida yetti kun davom etgan ayovsiz bezgak xurujidan so‘ng vafot etadi.
Bizgacha Rene Dekartning quyidagi asarlari yetib kelgan: «Aqlni boshqarish qoidalari», «Koinot yoki olam haqida mushohadalar», «Falsafa ibtidosi», «Uslub haqida mushohadalar», «Handasa» va boshqalar.
* * *
Hurlik va bo'sh vaqt... Bu ikki narsaga men shunchalar to'laqonli egalik qilaman va uni shu darajada qadrlaymanki, bunday imtiyoz va huzurni sotib olishga olamdagi eng badavlat podshohning ham qurbi yetmaydi.
* * *
Tabiat menga shunday zakovat ato etganki, ilmiy faoliyatimda o‘zgalarning fikrini eshitishdan emas, balki doimo o‘z shaxsiy qarashlarimni shakllantirishga intilishdan zavq olaman.
* * *
Barcha fanlar bir-biri bilan shu qadar chambarchas bog‘lanib ketganki, ularni bitta-bittalab o‘rganishdan ko‘ra, birvarakayiga o‘zlashtirish osonroqdir.
* * *
Umid - ko'ngildagi istakning ro'yobga chiqishiga o'zni ishontirmoq, demak. Qo'rquv esa orzu- istaklar ro‘yobga chiqmasligiga ishontiruvchi ruhiy moyillikdir.
* * *
O’zlikni anglashdan ko‘ra sermahsulroq mashg‘ulot yo‘qdir.
* * *
Qadr-qimmatini bilgan odam boshqalarning o‘zidan ko‘ra aqlliroq, ilmliroq va go‘zalroq bo‘lishidan cho‘chimaydi. U aslida boshqalardan ustunroq bo‘lsa ham hech qachon o‘zini yuqori tutmaydi.
* * *
Kuchli va olijanob odamlarning kayfiyati xotirjamlik onlarida ham, kulfatga ro‘para bo‘lganda ham o‘zgarmaydi.

  • * *

Uyat insonning o‘zini o‘zi yaxshi ko‘rishiga asoslangan va tanbeh eshitishdan cho‘chishi tufayli paydo bo‘ladigan qayg‘uning bir ko‘rinishidir.

  • * *

Aqlli bo‘lishning o‘zi yetarli emas. Eng asosiysi aqlni amalda qo‘llay bilishdadir.

  • * *

Donishmandlik nafaqat amaliy mulohazakorlik, balki inson anglashga qodir bo‘lgan ilmlarni mukammal egallash demakdir.

  • * *

Sen taqdiri azalni emas, avvalo o‘zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma, eng avval o‘z istaklaringni boshqara bil.

  • * *

Qo‘lingdan kelmaydigan va o‘zgalar ko‘magisiz erishishga ko‘zing yetmaydigan narsalarni orzu qilma. Sening eng katta boyliging - hurliging. Hurlik senga go'zallik, davlat, obro'-e’tibor, kuch-quvvat bag‘ishlay olmaydi, lekin u seni narsalarga emas, o‘zingga xon, o‘zingga bek bo‘lishingni ta’minlaydi.
BALTASAR GRASIAN
(1601-1658)

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling