Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Nemis faylasufi, tabiiyotshunos olim, san’at bilimdoni Lixtenberg ruhoniy oilasida


Download 264.58 Kb.
bet103/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Nemis faylasufi, tabiiyotshunos olim, san’at bilimdoni Lixtenberg ruhoniy oilasida 17- farzand bo‘lib dunyoga keldi. O’shanda uning atigi 4 nafar opasi hayot bo‘lgan, xolos. 9 yoshida Georg otasidan judo bo‘ldi.
O’zi ketma-ket raxit xastaligi tufayli bukir bo‘lib qolgan.
U dastlab Darishtadt gimnaziyasida o‘qidi. Keyin yangi ochilgan Gyottingen universitetida fizika, riyoziyot va falakiyotshunoslikdan tahsil oldi.
Lixtenberg ko‘plab falsafiy hikmatlar muallifi. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Fiziognomika haqida» (1778yil), «8» raqamlinutq...», «Hikmatlar».

  • 64 *

Shunisi juda achinarliki, odamlarning yovuzlikni kamaytirishga bo‘lgan intilishi juda ko‘p yovuzliklarni keltirib chiqaradi.

  • * *

Har kuni ko‘kka iltijo qilib shunday oliy baxt tilayman: faqat aqlli hamda olijanob odamlargina bilim va qudratda mendan o‘zib ketsinlar.

  • * *

Aftidan, hech kimning baxti to‘kis emasligini yetarlicha yaqqol tasavvur etishning o‘zi ham to‘kis baxtga yetishmoqning yaqin yo‘lidir.

  • * *

Insonning o‘z irodasiga qarshi yashashi ayanchli. Istakka qarshi ravishda barhayot qolish esa undan ham dahshatliroqdir.

  • * *

Hamdardlik ahamiyatsiz sadoqatdir.

  • * *

Inson fe’l-atvorini to‘g‘riroq tushunish uchun boshqa vositalar bo‘lmaganda uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin.

  • * *

Ko‘pchilik xatolardan qochishni emas, ulardan afsuslanishni ezgulik deb hisoblaydi.

  • * *

O’ziga bino qo‘ygan odamning ustunligi shundaki, uning raqiblari oz bo‘ladi.
* * *
Qullarcha xatti-harakat faqat qullarning o‘zigagina xos emas.
* 65 *
Birovni qoralashdan oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak.
* * *
Albatta, men: «Hamma narsa o‘zgacha bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi», deya olmayman. Ammo shuni tasdiqlaymanki, hamma narsa yaxshiroq bo‘lishi uchun hammasi o‘zgacha bo‘lmog‘i joiz.
* * *
Ahmoqni donoga aylantirish qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish singari mushkul ishdir.
* * *
«Olim» so'zi zamirida ba’zan faqat bir narsa - ko'p narsaga o'rgatilgan, ammo o'zi hech narsa uqmagan odam to‘g‘risidagi tushuncha yotadi.
* * *
Hamma narsadan kamida bir marta shubhalan. Hatto «ikki karra ikki - to‘rt» degan oddiy haqiqat ham bundan xoli bo‘lmasligi mumkin.
* * *
Baxtsizligimizning umumiy manbai shundaki, biz narsalarni qanday qabul qilsak, ular haqiqatan ham shundayligiga ishonamiz.
* * *
Biz shunday olamda yashaymizki, bitta ahmoq ko‘plab ahmoqlarni, bitta donishmand esa juda oz donolarni yaratadi.
* * *
Shubha hushyorlikka teng bo‘lmog‘i joiz. Aks holda u xatarli tus oladi.
* * *
Odamlar ko‘pincha din yo‘lida urush boshlashlari, ammo diniy qoidalarga kamdan-kam hollarda amal qilishlari hayratlanarli emasmi?
* * *
O’zimizga ma’lum zaifliklarimiz bizga zarar yetkazmaydi.
* * *
Odamlardan o‘z istagimiz darajasida emas, balki ularning imkoniyatlari darajasida yordam so‘rashimiz joiz.
* * *
Donolikka ilk qadam - hamma narsaga hujum qilishdan, so‘nggi qadam esa - hamma narsani boshdan kechirishdan iborat.
* * *
Yangi narsani ko‘rish uchun qandaydir yangi narsa yaratish zarur.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling