Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet40/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Qadimgi yunon shoiri va faylasufi Lukretsiyning tug‘ilgan yeri, ijtimoiy kelib chiqishi va mavqei xususida aniq ma’lumotlar yo‘q. Uning asl ismi Tit, laqabi Kar bo‘lgan.
Lukretsiyning ta’limoti va dunyoqarashi faylasuf Epikurning izdoshi bo‘lganidan dalolat beradi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, Lukretsiy o‘z joniga qasd qilib, hayotdan ko‘z yumgan. U birinchi bo‘lib falsafa faniga materiya atamasini kiritadi. Bu atama lotincha mater «ona» so‘zidan olingan.

  • * *

Bir qarashda ulug‘vor va ajoyib ko‘ringan har qanday narsaning jozibasi ko‘zimga vaqt o‘tishi bilan ozaygandek ko‘rinaveradi.

  • * *

Vaqt ildamlagani sayin buyumlarning mohiyati ham o‘zgara boradi.

  • * *

Qalbni ham jism kabi davolash mumkin.

  • * *

Jism ulg‘aya borgani sayin ruhiy sifatlar ham takomillasha boradi.

  • * *

Sariq kasaliga chalingan bemor qaerga qaramasin, hamma narsa ko‘ziga sariq tusda ko‘rinadi.

  • * *

Qo‘rquv va tashvishlarni hech qanday qurol cho‘chitolmaydi.
* * *
Hech narsa yakka holda rivojlana olmaydi.
ISO ALAYHISSALOM (YESHUA MASHIAX)
(Miloddan avvalgi 5 — milodning 30yili)
Iso alayhissalom shoh Dovudning avlodi hisoblanmish duradgor Yusuf (Iosif) oilasida tavallud topdi. Uning tug‘ilgan yili aniq emas. Eng ishonarli manbalarga ko‘ra, Iso alayhissalom taxminan milodning boshlanishidan 4 yil avval hukmronlik qilgan shoh Avgust zamonida, Vifleem shahrida dunyoga kelgan. Isoning tug‘ilishi qator samoviy hodisalar bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganligi tufayli uni Masih va yahudiylar mamlakatining yangi shohi deb hisoblashgan. Qur’oni karimda shunday oyat keltiriladi. «Eslang (Ey Muhammad), Olloh aytgan edi: «Ey Iso binni Maryam, senga va volidangga bergan ne’matimni seni Ruhul-Qudus (Jabroil) bilan quvvatlantirganimda odamlarga beshikda (go‘dakligingda) ham balog‘atga yetgan holingdagi kabi so‘zlaganingni, senga Kitob xat va hikmat ilmni, Tavrot va Injilni bildirganimni va Mening iznim-ixtiyorim bilan loydan qush timsolini yasaganingni, so‘ngra unga puflaganingda, Mening iznim-ixtiyorim bilan rostakam qushga aylanganini, Mening iznim-ixtiyorim bilan ko‘r va peslarni tuzatganingni va Mening iznim-ixtiyorim bilan o‘liklarni (tiriltirib, qabrlardan) chiqarganingni eslagin!» (Moida surasi, 110-oyat).
Iso alayhissalom o‘z ta’limotini ko‘proq masallar orqali bayon etgan. Uning chuqur, ma’nodor va o‘ta mukammal tarzda ifodalangan fikrlari, har bir iborasi, so‘zlari hammani hayratga solib, maftun etgan. Barcha buyuk zotlar kabi Iso alayhissalomning ham g‘animlari bo‘lgan. Ana shu g‘animlari orasidan o‘rin olgan yaqin shogirdining sotqinligi tufayli Iso xalqni g‘alayonga da’vat qilganlikda ayblangan. U Rum hukmdori Pontiy Pilatning farmoni bilan dahshatli va azobli o‘lim jazosiga hukm qilingan.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling