Iso alayhissalomni tiriklayin xochga mixlab qatl etganlar.
* * *
Amalsiz e’tiqod — o‘lim.
* * *
Odamlarni ayblamang, shunda siz ham ayblanmaysiz, aks holda ularni qanday ayblagan bo‘lsangiz, siz ham shunday ayblanasiz. O’zgalarning aybini qaysi qarichda o‘lchasangiz, sizniki ham o‘sha mezonda o‘lchanadi.
* * *
Siz so‘rang — olarsiz, izlang — toparsiz, eshikni qoqing va u ochilgusidir. Har bir so‘rovchi oladi, izlovchi topadi va keluvchiga eshik ochiladi.
* * *
Kim o‘zini osmon tutsa, yer bo‘lajak, o‘zni yer bilganlar esa osmon bo‘lajak.
* * *
Qo‘lga shamshir tutganlar uning tig‘idan halok bo‘lg‘aylar.
* * *
Kim senga g‘anim bo‘lsa, ketingda turgay.
* * *
So‘qir so‘qirni yetaklashi mumkinmi?
Har ikkisi chohga qulamaydimi, axir?
* * *
Qalbingizni sabr bilan qutqaring.
* * *
Sizga haqiqatni va yana haqiqatni aytaman: agar tuproqqa tushgan bug‘doy urug‘i unib chiqmasa, yakkaligicha qolaveradi, agar tutib ketsa, katta xazinaga aylanadi.
* * *
O’zingizni bilmasangiz, qashshoqlikka duchor bo‘lasiz.
* * *
Baland tog‘ ustida qurilgan mustahkam shahar qulamaydi, ammo sirli bo‘lolmaydi.
* * *
Eshak tegirmon atrofida aylanib, 1000 mil masofani bosib o‘tibdi. Uni bo‘shatganlarida avvalgi joyidan qimirlamagani ko‘rindi. Shunday odamlar borki, ko‘p yuradilar-u, ammo turgan joylaridan siljimaydilar.
* * *
Havoriylar (Isoning shogirdlari) Iso alayhissalomdan so‘radilar:
— Bizning intihomiz qanday?
Iso alayhissalom shunday javob qaytardilar:
— Intihoni izlashdan avval ibtidoni topib oldingizmi? Zero, ibtido qaerda bo‘lsa, intiho ham o‘sha yerdadir. Ibtidoni topgan odam saodatmanddir. Chunki u intihoni anglaydi va mangulikka doxil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |