Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc
Download 264.58 Kb.
|
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Parvardigor, inson va baxt haqida qisqacha ilmiy mushohadalar»
- SHEFSTBERI ANTONI ESHLI KUPER
BARUX SPINOZA
(1632-1677) Gollandiyalik faylasuf Barux Spinoza Amsterdamda savdogar oilasida dunyoga keldi. U yahudiylarning Amsterdamdagi 7 yillik maktabiga o‘qishga bordi. Ammo o‘qishni tamomlashga ulgurmadi. Chunki otasiga savdo ishlarini yuritish uchun yordamchi kerak edi. Otasining o‘limidan keyin Spinoza bir necha yil savdogarlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. Lekin u juda yoshligidanoq falsafa ilmiga mehr qo‘ygandi, lotin tilini juda yaxshi bilardi. Shu tufayli oradan ko‘p o‘tmay Spinoza Amsterdamda kichik falsafa to‘garagini ochdi. Ilm-fan olamiga chuqur kirib, dunyoqarashi kengaygan yosh Spinoza yahudiy dini peshvolarini vijdon erkinligiga rioya etmaslikda aybladi. Spinoza shu taxlit ilm-fan olamiga qancha yaqinlashgani sayin yahudiy ruhoniylaridan shunchalik uzoqlasha bordi. Natijada 1656 yilda din peshvolari Spinozani murtadlikda ayblab, unga bir umrlik la’nat tamg‘asini yopishtirdilar. Shundan so‘ng Spinoza yahudiylar bilan aloqani butkul uzib, o‘zini falsafaga bag‘ishladi. U bir umr o‘pka xastaligidan azob chekib yashadi. Spinoza o‘z o‘limini tor, faqirona xonaga o‘rnatilgan qup-quruq yog‘och chorpoyada qarshi oldi. Singillarining tashmachiligi tufayli bor budidan ayrilib, qashshoqlikka mahkum bo‘lgan donishmand ajali yetganini sezib, qo‘shni ayoldan yoniga bitta ham ruhoniyni qo‘ymaslikni iltimos qiladi. Chunki u jon talvasasida raqiblariga yon bosib, o‘z qarashlaridan voz kechishi mumkinligidan cho‘chigandi. Spinozaning quyidagi asarlari ma’lum: «Parvardigor, inson va baxt haqida qisqacha ilmiy mushohadalar» (1658-1660 y.), «Rene Dekart falsafasi asoslari» (1663 y.), «Tafakkur takomili haqida ilmiy mushohadalar» (1661 y.) va boshqalar. * * Har bir narsaga mangulik nuqtai nazari bilan boqing. * * Inson donishmandlik va haqiqatni anglash yo‘li bilangina haqiqiy baxt va rohat-farog‘atga erishmog‘i mumkin. * * Jamiki narsalar Olloh tomonidan boshqacha bir ko‘rinishda va tartibda yaratilishi mumkin emas edi. * * Aql-idrok qanchalar cheksiz bo‘lmasin, u tabiatiga ko‘ra yaratuvchilik emas, yaraluvchilik sifatiga egadir. * * Yorug‘lik o‘zini ham, zulmatni ham aniqlab berolgani kabi, haqiqat o‘ziga ham, yolg‘onga ham mezondir. * * Tajribalar til odamlarning hukmiga eng kam itoat etadigan narsa ekanligini ko‘rsatdi. Odamlar esa hammadan ham o‘z ehtiroslarini cheklashga noqobildirlar. * * Olloh bizga o‘lchovli aql-idrok va cheksiz iroda in’om etgan. Ammo U bizni ne maqsadda yaratganidan bexabarmiz. * * Qalblarni qurol bilan emas, mehr-muhabbat va olijanoblik vositasida zabt etish mumkin. * * Hech kim o‘zini o‘zi xo‘rlovchi odamchalik hasadga moyil bo‘lmaydi. * * Qo‘rquv qalb ojizligining mevasidir. * * Insonga insondan yaxshiroq naf yetkazuvchi yo‘q. * * Har qanday aniqlik cheklash demakdir. * * Biz bilimlarimiz yetishmasligi vajidan narsalarni tasodif deb ataymiz. * * Tabiatda qusurli narsaning o‘zi yo‘q. * * * Ko‘zyoshga ham, kulgiga ham, nafratga ham o‘rin yo‘q, tushunmoq kerak! SHEFSTBERI ANTONI ESHLI KUPER (1671-1713) Ingliz faylasufi graf Shefstberi otasining o‘limidan so‘ng lordlik yorlig‘iga ega bo‘ldi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, u zukko, topqir va juda ehtiyotkor odam bo‘lgan va umr bo‘yi ziqnafas (astma) xastaligidan azob chekkan. Download 264.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling