Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet98/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

* * *
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir.
* * *
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor.
* * *
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi.
* * *
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining boqiy ovozini tinglamay turib, unga qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?
* * *
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh maslahat beradi. Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib, jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz insonligimizni belgilaydi.
POL-ANRI GOLBAX (Paul Genrix Ditrix)
(1723-1798)
Frantsuz faylasufi Pol-Anri Golbax Germaniyaning Geydelsteym shahrida savdogar oilasida tug‘ildi. U baronlik nasabiga mansub edi. Golbax Leyden dorilfununini tugatib, Frantsiyaga yo‘l oldi va Parij shahrida muqim yashab qoldi. Uning Parijdagi Sen-Rosh ko‘chasida joylashgan uyi mashhur frantsuz ma’rifatparvarlarining qarorgohi bo‘lgan.
Golbaxning quyidagi asarlari ma’lum: «Nasroniylikning fosh etilishi» (1761), «Ijtimoiy tizim» (1713), «Tabiiy siyosat» (1773), «Tabiiy axloq» (1770), «Tabiat tizimi yoxud fikriy olam va ruhiy olam qonunlari haqida (1770), «Tabarruk maraz» (1768), «Etokratiya yoki axloqqa asoslangan hukumat» (1776).

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling