Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
Bu yanglig‘ to nujumi charxraymoy, 
Hisobi fasl ila o‘tkardi uch oy. 
Alar gulnorgun qasr ichra gulrosh
Ko‘tarmay la’lgun maydin dame bosh. 
Itikrak esdi chun gulshan shamoli, 
Chamanni borcha guldin qildi xoli. 
Yashundi bargi gul yafrog‘ ichinda, 
Nihon o‘ldi shajar yafrog‘ ichinda. 
Libos etti chaman miyno masallik, 
Ne miyno, gulshani xazro masallik. 
Chamanlar ichra yo‘l-yo‘l sarvi ozod
Degilkim soldi tuz-tuz soya Farhod. 
Dema sarvu sanubar, har niholi 
Bo‘lur sarvu sanubardin misoli. 
Berib yafrog‘ nishon to‘ti raridin, 
Shajar tovusi jannat raykaridin
3

Anga dog‘i qovursun obkashdin, 
Munga ham toj shoxi xizrvashdin. 
Shajar gar bo‘lmasa tovus bog‘i, 
Nedin tovusdek bo‘ldi ayog‘ig‘ 
Magar onglab o‘ziga uyqu chog‘in. 
Rari ichra o‘g‘urlab bir ayog‘in. 
Qilib noranj oltundin ayon ganj
Libos aylab o‘ziga bargi noranj
4

Uyotdin ishqrechon bargi rechon, 
Chiqib har shox uza yuz ishqrechon. 
Yashil safha chamanning marg‘zori, 
Kumush jadvaldek oning jo‘ybori. 
Samar suvlar bo‘lub oyinaohang, 
O‘lang aylab ayon ul ko‘zguda zang. 
Yo‘q, ul suv bog‘ning ruxsori ongla, 
Anga sabza xati zangori ongla. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
Bu fasl ichraki zebi olam o‘ldi, 
Bori ofoq sabzu xurram o‘ldi. 
Qilib ul gulshani miyno sori azm, 
Tuzub ul sabzai ra’no uza bazm. 
Falakvash qasri axzar ichra mayno‘sh 
Ki, aylab charxi axzarni faromo‘sh. 
Qilib Farhodu xoqon hulla chini, 
Bo‘lub Chin taxtining masnadnishini. 
Yashil to‘n ichra har yon siymbarlar
Yashil barg ichra andoqkim shajarlar. 
Qizil rohu yashil chini riyola, 
Nechukkim sabza sahni ichra lola. 
Mayi gulrang chini sog‘ar ichra, 
Shafaq andoqki charxi axzar ichra. 
Ayoqchiliq etib har sori oyin, 
Achig‘ may tutqali bir sabzi shirin. 
Bo‘lub may shirasidin otashangez, 
Berib ul o‘tqa taskin qursi kashnez. 
Taom ichra takalluflarg‘a dastur, 
Ham andoqkim burunroq bo‘ldi mazkur. 
Bo‘lub ham qasri miyno ichra uch oy
Nishotu aysh birla bodaraymoy. 
Chu qildi kahrabogun mehri gardun, 
Yig‘ochlar bargi rangin kahrabogun. 
Yetishti kahrabogun qasr chog‘i. 
Ochildi kahrabogun qasr bog‘i. 
Shajar yafrog‘i bo‘ldi kahrabodek, 
Demakim kahrabo, mehri samodek. 
Bu nav’ o‘t sori bo‘lg‘och yel guzori
Sochib har sori gulrezi chinori. 
Chinorekim ichiga o‘t tutoshib, 
Ul o‘tning shu’lasi bargidin oshib. 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling