Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
[XVIII] 
Xoqonning xonlig‘ tojin o‘z gavhari bila arjumand sarmoya qilurning mojarosi va jahonbonliq taxtin 
o‘z naqdi bila balandroya etarning muddaosi va o‘z qarig‘onidin boshi oqorg‘on sarguzashtin demoq 
va ko‘zi adam uyqusig‘a mayl qilg‘on afsonasin aytmoq va Farhodning toj soyasidin boshin qochurub, 
taxt royasidin ayog‘in yashurmoq va boshin xoqon taxti ayog‘iga qo‘yub uzr aytmog‘i va uzri boshtin 
ayoq Xoqon ko‘ngliga yoqib o‘z so‘zidin qaytqoni 
 
Bu kishvar uzra urg‘on ko‘si shohi, 
Bu oyin birla tuzdi so‘z sirohi
1
Ki, xoqon har nechakim chora qildi
Qazo ichra o‘zin bechora bildi. 
Ko‘rub Farhod tog‘i avjini tund, 
Qilib ul tog‘ royi tig‘ini kund. 
O‘zin solmay yana bir fikr etib soz, 
Bu yanglig‘ bo‘ldi ishga chorarardoz 
Ki, chun qilmish kuhulatdin tajovuz
Kibar mehrobig‘a qo‘ymish yoshi yuz. 
Yana Farhod bo‘lmish navjavon ham, 
Xiradmandu rashidu rahlavon ham. 
Yo‘q ulkim Chinda xoqonliqqa loyiq, 
Bori olamda sultonliqqa loyiq. 
Nekim shahlig‘ aro shoyist bo‘lg‘ay, 
Kim ul shahlarg‘a darboyist bo‘lg‘ay, 
Yaratmish Haq aning zotida borin, 
Ayon qilmay kerakmas ish g‘uborin. 
Erur bori hunar ichra kamoli
Tamomi ayblardin zoti xoli. 
Yig‘iyu nolau afg‘ondin o‘zga 
Ki, yo‘qtur hech aybi ondin o‘zga. 
Birovkim torsa shahlig‘din rayosat, 
Tuzuk bo‘lmas ishi qilmay siyosat. 
Chu ko‘ngli bor aning riqqatg‘a moyil, 
Erur andin tashaddud naqshi zoyil. 
Kerakmas erdi tab’i muncha sofi 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
Ki, bo‘lg‘ay saltanatg‘a ul munofi. 
Birovkim olam ichra shoh kelmish, 
Ulus boshig‘a zillulloh kelmish. 
Kerakkim shaxsdin ne torsa roya
Hamul holatni zohir qilsa soya. 
Tomug‘, uchmog‘ yaratmish Hayyi Jabbor, 
Agar Vahhob erur, Qahhor ham bor. 
Angakim berdilar mir’oti shohi, 
Erur ul mazhari zoti Islohi. 
Aning zotig‘a bo‘lg‘onlar mazohir, 
Kerak bo‘lmoq sifoti birla zohir. 
Sifotidin biri har kimda kamdur, 
Munofi shahlig‘ asbobig‘a hamdur. 
Chu bor ul mazhari sirri jamoli
Jaloliyat o‘tidin zoti xoli. 
Qayu dushmanki, qasdi joni qilg‘ay, 
Tilarkim, jon aning qurboni qilg‘ay. 
Havodis shastidin gar kelsa yuz o‘q, 
Ravo ko‘rgay o‘ziga, o‘zgaga yo‘q. 
Bu ish darveshlikda xush sifatdur, 
Vale shohlig‘da noxush xosiyatdur. 
Shah ar tig‘i siyosat qilmasa tez, 
Chekilgay xalq aro yuz tig‘i xunrez. 
Qaroqchi qoni o‘lsa raxtida dog‘, 
Bu gul tojirg‘a aylar tog‘ni bog‘. 
Agar zolimg‘a yo‘qtur shohdin bok
Erur ul xushdilu, mazlum — g‘amnok. 
Yatim etsa ichib ko‘y ichra bedod, 
Bu g‘amdin tifli maktab bo‘lmas ozod. 
Bularni ul demak bo‘lmaski bilmas, 
Bilur, lekin nechukkim bildi qilmas. 
Manga bu qissa bas mushkil tushubtur, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling