Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Agarchi elga bor andin malolat
Mening hech anda yo‘qtur ixtiyorim 
Ki, ollimg‘a yozibtur Kirdigorim. 
Bilurmen mushkul ishdur asru, lekin 
Qila olmon qazo o‘tini sokin. 
Kerakkim aylasang Xoqong‘a taqrir, 
Mening ollimg‘a kelturganni taqdir. 
Atoliq haqqi chun bordur apoda, 
Ijozat istaram bu mojapoda. 
Dag‘i yo‘lumg‘a himmat zod qilsun, 
Va gah-gohi duoda yod qilsun. 
Aning himmat bila gar bo‘lsa yodi, 
Shak ermas tormog‘im bu ish kushodi. 
Ijozat bermasa Tengri tonuqdur
Haq ollinda bu asrorim ochuqdur 
Ki, besomon bo‘lub bechoraliqdin, 
Guzirim yo‘qturur ovoraliqdin. 
Olib boshim, demay obod ila cho‘l, 
Hamul maqsad sori tutqum durur yo‘l. 
Yo‘lumda devdur, gar ajdahodur
Tilism ichra agar yuz ming balodur, 
Yumub borcha tahoshidin ko‘zumni, 
Ul ofatlarg‘a urg‘umdur o‘zumni. 
Ishim chun man’ ko‘yidin yiroqdur, 
Ijozat bo‘lsa shahdin yaxshiroqdur». 
Bu muhlik ruq’a chun irod qildi
Yana muhlik qasam ham yod qildi 
Ki: «Yo‘l tormas bu maqsudimg‘a tag‘yir, 
Sen emdi sa’y etarda qilma taqsir». 
Chu Mulkoro eshitti bu fasona, 
Chekib ko‘nglidin ohi bexudona. 
Malomat aylabon aytay desa rand


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
Ko‘rubkim, rand eshigin aylamish band. 
Ne so‘zdin istasa tutmoq qo‘lini, 
Ko‘rubkim bog‘lamishdur so‘z yo‘lini. 
Ajab nav’ onglabon ul surati hol, 
Qolib ojiz dam urmoqdin, bo‘lub lol. 
Vujudin aylabon bu shu’la nobud, 
Yetib ko‘k gunbadiga ohidin dud. 
Ko‘zi bu dud ranjidin yoshorib, 
Qupub yig‘layu shoh ollig‘a borib. 
Tilab xilvat, kirib xoqon qoshig‘a, 
Mudovo aylay olmay ko‘z yoshig‘a. 
Ko‘rub ayturda ranji benihoyat, 
Qilib har ne eshitkanni hikoyat
Chu onglab shoh aning bu mojarosin, 
Urub ko‘ksiga, chok aylab yaqosin. 
Ikav ul mehnati anbuh birla, 
Base yig‘lashtilar anduh birla
Chu ko‘p qildi jaza’ shohi zamona, 
O‘pub tufrog‘ni dasturi yagona. 
Bo‘lub dardig‘a bir-bir chorarardoz, 
Nasihat qildi sokin-sokin og‘oz 
Ki: «Shoho, har ne sabt o‘ldi qazodin, 
Torilmas chorae o‘zga rizodin. 
Bukun chun shah zamonning a’qalidur, 
Munavvar ko‘ngli davlat mash’alidur
1

Ne hojat aytmoqkim chun tushar ish
Jaza’din behdur o‘lmoq choraandish. 
Xirad gar bo‘ldi ersa chorarayvand, 
Natija choradin torqay xiradmand. 
Gar o‘lsa chorag‘a taqdir mone’, 
Kerak bo‘lmoq qazo hukmig‘a qone’». 
Dedi shah: «Yey saodat sham’i roying, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling