Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
103 Alar aylab duou midhat og‘oz. Chu topib bori hikmat ahli taskin, Qilib bunyod shohi hikmatoyin Ki: «Biznikim, sirehri muxtalifroy, Bu kishvar sori qildi dashtraymoy. Emas erdi mamolik fathi maqsud, Erur erdi maholik fathi maqsud 3 . Bu bo‘lmish xotiri olig‘a ma’lum Ki, bu kishvardadur bir marz ila bum Ki, bo‘lmish anda tog‘e oshkoro, Ayog‘din-boshig‘a bir rora xoro. Erur xoro ichinda tiyra g‘ore, Nechukkim furqat ichra shom tori. Topib ul tiyraliq Suqrotdin nur, Nechukkim Mushtariydin shomi dayjur». Anga yetguncha uch manzilda bir-bir, Nechukkim bilmish erdi qildi taqrir. So‘zin qilg‘och bayon so‘rdi nishoni Kim: «Andoqkim bilursiz ayting oni. Ki, qaysi sori bu maqsad ayondur, Masofat ne qadardur, yo‘l qayondurg‘» Yer o‘rtilar, qurub ul xayli dono Ki: «Shoh o‘z komig‘a bo‘lsun tavono. Bu so‘zkim shah so‘rar andin nishona, Bu mulk ichra hakimedur yagona. O‘tub besh yuzdin ayyomi hayoti, Suhayloyi hakim el ichra oti, Erur Yunonda Suqroti zamon ul, Tutub Suqrotdek g‘ori nihon ul. Tariqi inzivodur virdi oning, Hunarda borchamiz shogirdi oning. Bilur ul, ahli hikmatning ranohi, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 104 Bu ishning borcha ahvolin kamohi. Eshitkon birla bizlar ham bilurbiz, Ne so‘zkim shah so‘rar, sharhin qilurbiz. Va lekin chun bu ma’ni toru rudi, Emas tahqiqimiz, yo‘q nukta sudi. Nechuk bilmay degay so‘z ahli hikmat, Xususan so‘rsa oni ahli davlat. Bu mushkil nukta hallin ul qilur, ul, Aning sori buyursang boshlali yo‘l». Chu shah topib bu ma’nidin nishona, Bo‘lub shahzoda ko‘ngli shodmona. Rikob ahli ravoni chektilar ot, Ato birla o‘g‘ul otlandilar bot. Bo‘lub ul hikmat ahli borcha hamroh, Alardin nuktajo‘ shahzodau shoh. Ko‘rundi dasht aro bir qulla rora, Hakim onda nihon bo‘lg‘on mag‘ora. Tushub markablaridin borcha nokom, Yayoq ul g‘or sori urdilar gom. Biri ul hikmat ahlidin nihoni, Kirib g‘or ichra ogah qildi oni Ki, hamrahlig‘ etib iqboli jovid, Atorud sori kelmish oyu xurshed 4 . Suhaylo chun eshitti ul iborat, Alar ihzorig‘a qildi ishorat. Adab birla kirib shahzodau shoh, QO‘pub o‘z o‘rnidin donoi ogoh. Ko‘rushti ikkisi birla kulub shod, Alar ham o‘rtilar ilgin bo‘lub shod. Hakim o‘lturdi mushkil qilg‘ali hal, Alarning ikkisin o‘lturtub avval. Surub yo‘l ranjidin shahlarni bir-bir, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling