Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 Tutub ilgiga bir zarfe chiqordi. Dedi: «Bu zarfkim mar’i bo‘lodur. Samandar 7 yog‘idin bilkim to‘lodur. Ko‘p otashgoh o‘tidin tormisham dog‘ Ki, to jam’ aylamishmen bu qadar yog‘. Chu ajdar birla bo‘lg‘ungdur hamovard Ki, andin chiqqusi aflok uza gard. Bu yog‘din surtub avval o‘z taningg‘a, Samandar hamlalig‘ xopokaningg‘a Ki, ajdar birla razm etgan zamonda, Bu yog‘ o‘tdin seni tutqay amonda. Chu ajdar o‘lgay ilgingdin Ko‘rub ranj, Sanga bo‘lg‘ay nasib ul ranjdin ganj. Aningdek ko‘rguzur axtar hisobi, Yana kashfu riyozat iktisobi Ki, ul ganj ichra torqungdur g‘aroyib Ki, torqay Ahraman ondin navoib. Falak chun Ahramang‘a tutsa motam, Qo‘lidin kirgusi ilgingga xotam. Tilism ochmoq maqolotin tamomi Kim, alhaq ul hadisidur kiromi 8 . Erur bir lavh siym uzra yozig‘liq, Toparsen dev bo‘ynida osig‘liq. Ko‘rarsen chun tilism ochmoqqa ta’yid, Tilism ichra Toparsen jomi Jamshid. Raqamlar davrini aylab munaqqash, Anga Iskandari Rumiy raqamkash. Chu ul arqom g‘avrig‘a yetarsen, O‘qub Suqrot holin fahm etarsen. Aning ko‘rganda ko‘zgudek jamolin, Sanga onglatqusidur ko‘zgu holin. Chu ko‘zgu sirrini onglab yugurgung, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Ko‘rub ko‘zguni ko‘rgung, har ne ko‘rgung. Emas ruxsat lisoni nuktarardoz, Ochorg‘a mundin ortuq rardai roz». Dediyu zarfni torshurdi filhol Va qo‘rqil, ishta emdi qilma ehmol. Manozildin berib bir-bir nishona, Dedikim: «Yemdi bot bo‘lg‘il ravona. Umidim ulki, bot o‘lg‘ay kushoding Ki, men yakbora qildim xayrboding». Anga qilg‘och bu nav’ ishlarni ta’lim, Ravoni jonni qildi Haqqa taslim 9 . Alar yub ashk suyidin tanini, Hamul maskanda aylab madfanini. Turub anda guruhi ahli hikmat, Ravon bo‘ldilar ikki ahli davlat. Biyobon qat’ etib manzil-bamanzil, Anga tegruki aytib erdi komil. Chu ul manzilg‘a yo‘l iqbol berdi Ki, ondin nari manzil ajdar erdi. Tinib aqshomg‘acha farsudaliqdin, Tamattu’ tortilar osudaliqdin. Chu dud etti ayon tun ajdahosi, Yoshundi dud aro olam fazosi. Quyosh ganji bo‘lub tufroqqa maxfi, Qarordi bu buyuk vayrona saqfi. Yorutub aysh durri shabcharog‘in, Ravona qildilar ishrat ayog‘in. Kel, ey soqiy qilib ichmak azimat, Tiriklik shomini bilgil g‘animat. May ich bir dam, tuzub ishrat asosi, Chekardin burna dam umr ajdahosi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling