Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
105 Kelur kayfiyatidin so‘rdi taqrir Ki, qat’ etmakda bu yanglig‘ uzun yo‘l, g‘arazni onglatingkim qaysidur ul. Dedi shah sarbasar shahzoda holin, Boshig‘a ko‘zgudin tushgan xayolin. Hakimi nuktadon chun bildi holat, Ham o‘ldi shodu ham torti malolat. Quchub shahzodani ko‘nglin qilib shod, Dedi: «Sen, senki oting keldi Farhod». Suhaylo chun otin tahqiq qildi, Nekim ul so‘rdi, bu tasdiq qildi. O‘pub mongloyini donoyi ogoh, Sujud aylab, dedi: «Alhamdulilloh Ki, oncha o‘lmadimkim, charxi g‘ammoz Meni bu komima qildi sarafroz. Necha yuz yil durur g‘or ichradurmen, Necha yuz ranju timor ichradurmen. Manga Jomosrdin erdi bu e’lom, O‘zidin so‘ngki yozmish erdi ahkom 5 Ki, mendin so‘ngra garduni sabukray Chu ming yil aylasa yer davrasin tay. Chiqib shahzodae Chin kishvaridin, Kelib Yunong‘a davlat rahbaridin, Oti Farhodu har donishda mohir, Saodat farri ruxsorinda zohir, Tutub ranju anog‘a jonu jismin, Ochar Iskandari Rumiy tilismin Va lekin ikki manzil bo‘lg‘usidur, Ki oning qat’i mushkil bo‘lg‘usidur. Birida ajdar aylab jonsitonlig‘, Damidin qilg‘usi otashfishonlig‘. Birida Ahraman aylab sitam fosh, Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 106 Havodin boshig‘a yog‘durg‘usi tosh. Suhaylo hikmatoyini rasadband Ki, ul bo‘lg‘usi mendin so‘nggi farzand. Qabul etsun duo birla salomim, So‘ngida bo‘yla fahm etsun rayomim Ki, bu maqsadg‘a qasd etkanda Farhod, Aning maqsudig‘a ko‘rguzsun imdod. Ul ishga mayl ko‘p shah qilg‘usidur, Vale Farhoddin ochilg‘usidur. Suhaylo ham bu maxfiy sirni bilsun Ki, gar qilsa madad, bu birga qilsun. Chiqar, ajdarni o‘ldurganda Farhod, Aningdek ganjkim olam bo‘lur shod. Topar chun devni qatl etti, kini, Sulaymoni nabining xotamini 6 . Tilism ul kunki ochg‘ay bemadoro, Bo‘lur Jamshed jomi oshkoro. Bularni qilsa davlat ong‘a taslim, Barisin aylasun Xoqong‘a taslim. Anga Suqroti dono manzari bas, Yana Oyinai Iskandari bas. Olib Suqrotdin ul ishda talqin, Ravon ko‘zguga bo‘lg‘ay ozimi Chin. Ko‘rub ko‘zguda nekim, ko‘rgusidur Ki, davron boshig‘a kelturgusidur». Chu dono munda tortib so‘z xitobin, Chekib vallohu a’lam bissavobin: «Men ul rayg‘omdinkim muftaxirmen, Necha yuz yil dururkim muntazirmen. Qilibmen borcha mushkullarg‘a tadbir Kim, ul kelgusidur ollingg‘a bir-bir». QO‘pub ul g‘or reshonig‘a bordi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling