Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/219
Sana09.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1180468
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   219
Bog'liq
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
Bu yanglig‘ chekti so‘z xaylu sirohin. 
Ki, xoqon onglabon ul ish g‘animat 
Ki, Yunon mulkiga qilg‘ay azimat. 
Tariqi azm ko‘sin urdi filhol
Cherik jam’iga el chorturdi filhol. 
Sirah oz chog‘da, mulku kishvaridin 
Yetishti daf’a-daf’a har saridin. 
Yig‘ildi bir cherikkim bu kuhan dayr, 
Aningdek ko‘rmamish tokim qilur sayr. 
Sirah daryosi ichra jo‘sh tushti 
Ki, mavji charx bahrig‘a yovushti. 
Tikildi o‘rduyikim ko‘rmamish ko‘z, 
Xazu iksunu atlas, onchakim bo‘z. 
Har oq uy charxi gardun korgohi, 
Yana garduncha oning borgohi. 
Ducho‘ba uchi bu feruza xirgoh
Aning ikki ko‘mochi mehr ila moh. 
Qozuq siyminu zarrinkim qoqilg‘on, 
Kavokibdek sirehr uzra choqilg‘on. 
Chekib xarrushta g‘oyatdin fuzunroq, 
Sarorarda nihoyatdin fuzunroq. 
O‘n ikki royalig‘ bir taxti oliy, 
O‘n ikki burj anga gardun misoli. 
Vale har burjin oning Nasri Toyir 
Tay etmay bo‘lsa gar yuz qarn soyir, 
Bo‘lub har royadin zarkash tanobi, 
Falak qutrini qat’ etkan shihobi. 
Kelib har borgah ayvoni Jamshed
Muzahhab har gul anda rashki xurshed. 
Kelib anjum adadlig‘ borgohi, 
Vale mo‘ru malax yanglig‘ sirohi. 
Bu yanglig‘ yer ko‘tarmas xayl birla, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
Bori olamni tutqon sel birla. 
Azimat qildi Yunon mulki sori
Sirohi ishqdek jon mulki sori. 
Cherik oyini bo‘ldi sarbasar ko‘ch, 
Yurush bo‘ldi muqarrar ko‘ch-barko‘ch. 
Iki kun turmayin bir yerda mahmil, 
Azimat aylabon manzil-bamanzil. 
Qayon ul azmdin ovoza borib, 
Eshitkan xalq hushi oza borib. 
Yetib har mulk fathining navidi
Kelib har qal’a quflining kalidi. 
Necha manzilda bir kishvar bo‘lub fath, 
Dema kishvarki, bahru bar bo‘lub fath. 
Necha oy qat’ etib sahrovu vodi, 
Ko‘rundi kishvari Yunon savodi. 
Chu ogah bo‘ldilar ul mulk aro xayl 
Ki, xoqon xayli ul yon aylamish mayl. 
Kelibon o‘tru ashrofu raoyo, 
Chekib maqduricha har kim hadoyo. 
Bo‘lub hikmat eliga aysh vorid
Sharaf burjig‘a yetgandek Atorid. 
Bori davlat bila iqbol monand, 
Kelib Xoqong‘a istiqbol rayvand. 
Yana ul mulkning yaxshi-yamoni, 
Taqabbul aylabon moli amoni. 
Qo‘yub yuz ul falakqadr ostong‘a, 
Berib kishvar shahi kishvarsitong‘a. 
Qilib shah borchag‘a lutfu inoyat
Yetib har xayl maqdurin rioyat. 
Ko‘p aylab ahli hikmat ehtiromin, 
Qilib har qaysining ta’yin maqomin. 
Chu aylab dastbo‘sidin sarafroz, 


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling