Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 Tirik bor ersa donoyi xiradmand, Ochar borg‘on kishi ashkolidin band. Vagar qaydi hayot ichra emastur, Kishiga ne g‘arazkim multamasdur. Tavajjuh chun aning ruhiga qilg‘ay, Girihlik rishtai bandi ochilg‘ay». O‘qug‘och shohzoda qissani pok, Bu mushkul hallig‘a bo‘ldi havasnok. Oningdek g‘olib o‘ldi iztirobi Ki, bu fikr uzra bordi xo‘rdu xobi. Chu Xoqon fahm qildi muddaosin Uzotti man’i uzra mojarosin. Nechakim shoh ko‘rrak tutti mavquf, Vale shahzoda ko‘rrak bo‘ldi mash’uf. O‘g‘ulg‘a garchi mushkul hol tushti, Atog‘a sa’broq ahvol tushti. O‘g‘ulg‘a yuzlanib andoq suubat, Atog‘a andin ortug‘roq uqubat. Ketur, soqiy, sharobi bexudona Ki, sa’b ish soldi ollimg‘a zamona. Nechakim sa’b erur gardun jafosi, Erur bexudlug‘ ul ishning davosi. XX Farhodqa Yunon mulki azimati jazm bo‘lub, hikmat bila Mulkoroni chorlab, so‘z kumaytini Yunon vodiysig‘a solib, tilism muddaosin, balki muddao tilismin aning qoshida ochqoni va Mulkoro ani nasihat bila mumtane’ qila olmay muddaosin xoqong‘a arz qilib, bu muhlik so‘zdin Xoqonning ruhi Farhodi badan Chinidin adam Yunonig‘a yuzlangali yovushub, Mulkoro bila ko‘p mashvarat qilg‘ondin so‘ngra Farhod bila Yunon mulkiga cherik tortib borurni muqarrar qilg‘oni Bu mehnat sharhin ulkim qildi tahrir, Bu yanglig‘ ayladi afsona taqrir Ki, chun shahzodag‘a javri havodis, Munungdek mushkul amre qildi hodis. Aningdek bordi oromu qarori Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 96 Ki, chiqti o‘z qo‘lidin ixtiyori. Bu erdi bimkim devona bo‘lg‘ay, Xirad oyinidin begona bo‘lg‘ay. Tuta olmay chu ul savdoni rinhon, Tilab xilvatda Mulkoroni rinhon. Anga taqrir qildi mojarosin, Havas ko‘ngli aro solg‘on balosin. Dedikim: Gar gado, gar shoh bo‘lsun, Agar g‘ofil, vagar ogoh bo‘lsun, Tana’um birla mehnat xo‘bu zishti, Nekim bo‘lmish azaldin sarnavishti, Ani to ko‘rmagay imkon emastur, Xirad ollinda bu rinhon emastur. Agar shoh, ar gadodur odamizod, Emas bo‘yni qazo hukmidin ozod. Yozilg‘on nuktani tag‘yir qilmoq, Erur suv uzra xat tahrir qilmoq. Qazo kilki ne xatkim qildi mastur, Emas hargiz ani tag‘yiri dastur. Zamonning bori ishda zufununi, Erur gardun fununining zabuni. Kishining yer yuziga hukmi yetsun, Qazoyi osmoni yetsa, netsung‘ Xaloyiq ajzidinkim nuktaronmen, Bulardin men dog‘i bir notavonmen. Nekim ollimg‘a yozmish kilki taqdir, Manga yo‘qtur ani ko‘rmakka tadbir. Azalda bu emish Haqning qazosi, Mening ollimg‘a bu ish ibtilosi. Aningkim ko‘ngli tormish aqldin nur. Kerak tutsa meni bu ishda ma’zur. Bukun ollimg‘a tushmish turfa holat, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling