Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 Bu ish taklifidin forig‘dil erdim. Ishim ishratqa bazmoroliq erdi, Farog‘at birla berarvoliq erdi. Bir-ikki yil inoyat aylasa shoh Ki, xizmatdin o‘zumni qilsam ogoh. Shah ollinda hamisha hozir o‘lsam, Bu ish kayfiyatig‘a nozir o‘lsam. Yaqin bilsam rivojin ham kasodin, Tanisam ham salohin, ham fasodin. Kichikrak ish burunroq bo‘lsa ta’yin, Qililsa har ne sahv o‘lg‘ong‘a talqin. Ne ishkim yaxshiroq qilsam shurui, Bo‘lulsa yaxshiroq ishning rujui. Jahonda har kishikim bir ishi bor, Ishida ul kishining varzishi bor. Chu varzish bo‘lmasa mushkil durur ish, Bo‘lur oson qachonkim yetti varzish. Manga ham varzish o‘lsa oshkoro, Qilay ne hukm bo‘lsa bemadoro». Chu surdi nuktani bu nav’ dilkash, Bayonidin atosi bo‘ldi dilxush. Ketur soqiy, manga bir jomi shohi Ki, bo‘lg‘ay g‘am sirohining ranohi. Qadah shahlig‘din ortuqdur ko‘zumga, Qilay zulm, elga qilg‘uncha o‘zumga. [XIX] Xoqonning o‘z gavharin xazoyin g‘aroyibi, balki g‘aroyib xazoyinig‘a kiyurmog‘i va aning ko‘ziga sangrora ushoq toshcha va qizil oltun qaro tufrog‘cha ko‘runmay, ko‘zi jaz’i billuriy durjg‘a tushub, suvda mehri xovariydek billurda oyinai Iskandariyg‘a 1 tushgoni va ul ko‘zgu tilismidin g‘arib suratlar anga yuz ko‘rguzub, ko‘ngli ko‘zgu aksidek iztirobg‘a tushgoni. Bu so‘zni nuktago‘yi nomaoro Bu yanglig‘ ayladi hangomaoro Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 90 Ki, chun xoqon bu so‘z e’lomi birla, Javobin torti andoq komi birla. Nishotu aysh asbobini yig‘may, Tarabdin balki Chin mulkiga sig‘may. Qilib shahzodag‘a oncha rioyat Ki, tormay aql anga haddu nihoyat. Tilab qilmoq jahon oning fidosi, Jahonni qo‘yki, jon oning fidosi. Anga mundoqki ayshu zavq yetti, Yevaz o‘trusida yuz fikrat etti Ki, ne sochg‘ay boshig‘a bahru kondin Ki, bo‘lg‘ay munbasit shahzoda ondin. Chu bas oliy edi mehmon janobi, Bo‘lub gavhar qoshida tosh hisobi. Bu ishdin mizbong‘a ajz g‘olib, Aning ko‘ngli tilar ashyog‘a tolib. g‘arobat maxzan ichra chun ko‘p erdi, Tutub ilgin xazoyin ichra kirdi. Xazoyin demakim, yuz bahr ila kon, Toshib naqdina anda ulcha imkon. Adadsiz uy bori ganj ustida ganj, Xirad ganjuri arzidin alamsanj. Burun qirq uy bo‘lub oltun makoni, Har evda qirq xumi xusravoni. Bu maxzanda g‘arobatdin bu ma’lum Ki, bir xum oltun erdi o‘ylakim mum. Ani kim mum deb ilgiga olib, Nekim andin yasay degach, yasolib. Yana qirq uy aro ajnosi zebo, Bir uyda qirq tung iksunu debo. g‘arobat munda behaddu nihoyat, Torilmay bulajab san’atqa g‘oyat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling