65
6. Ibn Sino G‘arbda qanday nom bilan mashhur?
7. Ibn Sino qayerda va qachon vafot etgan?
8. Ibn Sino qanday asarlar yozgan?
9. Urjuzalar nima degani?
10. Ibn Sinoning she’riyat nazariyasi haqidagi asarining nomi nima?
III. Berilgan gaplardan matn mazmuniga mos keladigan gaplarni
ajrating.
1. Tibbiyot bilan shug‘ullanadiganlar Avitsenna kimligini yaxshi
biladilar.
2. U Buxoroda tug‘ilgan.
3.
U matematika, tibbiyot,
astronomiya, mantiq, san’at, musiqa fanlari
bilan shug‘ullangan.
4. 16 yoshida u tabib sifatida tanilgan edi.
5. U el orasida juda mashhur bo‘lgani uchun
Buxoro amiri unga saroy
kutubxonasidan foydalanishga ruxsat berdi.
6. U har tomonlama juda iste’dodli edi.
7. Bizgacha allomaning ikki yuzdan ortiq asari yetib kelgan.
8. Sharq va g‘arbda u “Avitsenna” nomi bilan tanilgan.
9. Uning birinchi asari Qur`on syujeti asosida yaratilgan.
10. “Uyg‘oq o‘g‘li Tirik”, “Yusuf qissasi” kabi asarlari majoziy yo‘lda
yaratilgan.
11. U o‘z asarlarida axloqiy xislatlarni egallashga chaqiradi.
12.
U shre’yat nazariyasini juda yaxshi bilgani uchun tibbiy
ko‘rsatmalarini she`riy yo‘l bilan ham ifodalagan.
Do'stlaringiz bilan baham: