Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Matn bo‘yicha topshiriqlar


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

Matn bo‘yicha topshiriqlar 
 
I. Savollarga javob bering:
1. Nimalarni e`tiborga olmagan holda fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash 
davlat tomonidan ta`minlanishi zarur? 
2. Davlat fuqarolarni nimadan himoya qilishi zarur? 
3. Kimlar javobgarlikka tortiladi? 
4. Fuqarolar qanday axborotlarni olish huquqiga egalar? 
II. Matndagi Qanday? savoliga javob beruvchi so‘zlarni toping. 
III. “Daxlsiz”, “aybdor”, “oqilona”, “xavfsiz” so‘zlarining antonimini 
toping. 
IV. “tib”, “irs”, “millat”, “huquq”, “xavf”, “oila” so‘zlaridan sifat 
hosil qiling. 
V. Matnning oxirgi abzasi bo‘yicha ikkita savol tuzing. 
G R A M M A T I K A 
O‘ZBEK TILIDA NARSA-BUYUMNING BELGISINI 
IFODALASH 
(Sifat) 
 
Sifatlarning quyidagi ma’no guruhlari bor: 
 
Xususiyat 
bildiruvchi 
sifatlat 
Rang-tus 
bildiruvchi 
sifatlar 
Maza-ta’m 
bildiruvchi 
sifatlar 
Hajm-
o‘lchov 
bildiruvchi 
sifatlar 
Hid 
bildiruvchi 
sifatlar 
Makon-
zamon 
bildiruvchi 
sifatlar 
xushfe’l 
kamtar 
yuvosh 
sho‘x 
samimiy 
ayyor 
rostgo‘y 
iste’dodli 
nozik 
kasal 
pushti 
moviy 
yashil 
zangori 
siyohrang 
sabzirang 
kulrang 
safsarrang 
moshrang 
mazali 
bemaza 
sho‘r 
achchiq 
nordon 
shirin 
sho‘r 
ta’msiz 
ulkan 
yirik 
mitti 
behisob 
uzun 
qisqa 
keng 
tor 
baland 
xushbo‘y 
muattar 
sassiq 
badbo‘y 
bahorgi 
yozgi 
kuzgi 
qishki 
tashqi 
ichki 
tonggi 
tungi 
bugungi 
hozirgi 


69
Belgining ortiq-kamligi jihatidan farqlanish usullari 
(Sifat darajalari ) 
O‘zbek tilida belgining ortiq yoki kamligi darajasini ifodalash maxsus 
qo‘shimcha yoki so‘zlar vositasida ifodalanadi. Sifatlarda quyidagi darajalar 
mavjud: 
Oddiy 
Qiyosiy 
Orttirma 
Arzon 
qimmat 
kechki 
qishki 
bahorgi 
aqlli 
ahmoq 
ilmiy 
siyosiy 
tashqi 
ichki 
ommaviy 
madaniy 
harbiy 
sho‘r 
qorong‘i 
boy 
foydali 
kambag‘al 
mashhur 
arzonroq 
qimmatroq
– 
– 
– 
– 
aqlliroq 
ahmoqroq
– 
– 
– 
– 
– 
– 
– 
sho‘rroq 
qorong‘iroq 
boyroq
foydaliroq 
kambag‘alroq 
mashhurroq 
juda arzon 
juda qimmat– 
– 

juda(o‘ta) aqlli 
girt ahmoq –
– 
– 
– 
– 
– 
– 
juda sho‘r 
qop-qorong‘i 
juda boy 
juda foydali 
juda kambag‘al 
juda mashhur 

Eslab qoling: 
Sifatlarda belgining ozligini bildiruvchi ozaytirma daraja ham mavjud. 
Ushbu daraja quyidagicha hosil bo‘ladi: 
a) Rang bildiruvchi sifat + sh (-ish), -mtir(-imtir): oqish, ko‘kimtir, 
qizg‘ish, qoramtir. 
b) Rang bildiruvchi sufatdan oldin nim, och so‘zlarini keltirish bilan: 
nim pushti, och yashil. 
c) Sifat + gina (-qina, -kina) shaklida: yaxshigina, kattagina, 
yumshoqqina, tetikkina. 


70

 Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar 
 
1-mashq. Matnni o‘qing. Yangi so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.
Sifatlarni topib, ularni tarjima qiling. 
MUSTAQILLIK ME’MORI 
Men Islom Karimovning asarlarini o‘qib, uning turli vaziyatlardagi fe’l-
atvorini kizatib, qilgan ishlarini ko‘rib shunday xulosaga keldimki, bu inson 
hech qanday qolipni tan olmaydi, har qanday vaziyatda samimiyligini saqlab 
qolishga intiladi, rasmiyatchilikni jinidan battar yomon ko‘radi va har qanday 
sharoitda ham insoniy mantiq asosida fikr yuritib ish tutishga odatlangan. U 
nihoyatda zakovatli, zehni o‘tkir, har qanday chigal muammoning ham tub 
mohiyatini ko‘ra biladi. Xullas, ulkan siyosatchi uchun zarur bo‘lgan barcha 
noyob fazilatlarga ega. Bularning yoniga jasurlik va dadillik qo‘shilib, uni 
benihoya qat’iyatli insonga aylantirgan. Ayni chog‘da, odamlarning tabiatini 
yaxhi his qiladigan, ularga ishonadigan, ulardagi yashirin kuch va 
imkoniyatlarni kashf eta oladigan rahbar… 
Men o‘tgan tahlikali kunlar to‘g‘risida o‘ylasam, Islom Karimov 
tabiatidagi tug‘ma kurashchanlik, tug‘ma qahramonlik sifatlari borligiga 
amin bo‘laman. U yeng shimarib kurash maydoniga chiqishdan 
cho‘chimaydi. U mag‘lubiyatni yoqtirmaydi va hamisha g‘alabaga intiladi. 
Aftidan, Prezident o‘zidagi bu sifatlarni yaxshi biladi va ularni tarbiyalab, 
kamolga yetkazishga harakat qiladi. Men uning muntazam ravishda sport 
bilan shug‘ullanishidan xabardor edim. Yaqinda bir odam uning jismoniy 
mashqlarni nechog‘li qunt bilan astoydil bajarishini aytib berdi. U haftada 
to‘rt marta ikki soatdan tennis o‘ynaydi, o‘ynaganda ham o‘zini ayamay, rosa 
holdan to‘yguncha o‘ynaydi. Raqibi bo‘shashibroq harakat qilsa, “Koptokni 
silash emas, mana bunday urish kerak!” deb tanbeh beradi…
 (Ozod Sharafiddinovdan) 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling