Mavzu: ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davirlash masalalari


Download 91.3 Kb.
bet1/9
Sana16.02.2023
Hajmi91.3 Kb.
#1203328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI



MAVZU:IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI
KIRISH.
I.Bob. Ibtidoiy jamiyat tuzumining vujudga kеlishi.
1.1.Ibtidoiy jamiyat tuzumining vujudga kеlishi.
1.2.Hozirgi jismoniy tipdagi odam-nеantrop «yangi odam» va dastlabki odamzod irqlarining vujudga kеlishi.
II. Ibtidoiy urug‘ jamoasi davri.
2.1. Ilk ibtidoiy jamoa haqida umumiy tushuncha.
2.2.Ona urug‘i va undagi ijtimoiy-oilaviy munosabatlar.
III. bob.O’zbekiston insoniyatb sivilizatsiyasining qadimgi ibtidoiy jamoa.
3.1. Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o ‘lkalar.
3.2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.
XULOSA.


KIRISH.
Ibtidoiy jamoa tuzumi tarixini qayta tiklash, uni o’rganish nihoyat darajada murakkab, ayni vaqtda sharafli vazifadir. Uzoq davom etgan mazkur tarixiy davrda tabiatning turli-tuman xodisalari girdobida yashagan ibtidoiy kishilar er sharining katta qismida hayot kechirib, xilma-xil tarxda tirikchilik o’tkazganlar. Shunday ekan ibtidoiy davr kishilari tirikchiligining asosiy manbai ularni o’rab turgan geografik muhitning turli shart-sharoitlariga muvofiq ovchilik, baliqchilik, termachilik, keyinchalik esa dehqonchilik va chorvachilikdan keladigan mahsulotlar bo’lganligi shubhasizdir. Ibtidoiy kishilar o’z tirikchilik vositalariga muvofiq keladigan qurol-yaroqlarni, asbob-uskualarni turar-joylarni va boshqa turli narsalarni yaratganlarki, ular yaratgan buyumlar, mehnat qurollari, turar-joylarning qoldiqlari, ayni vaqtda o’sha davr kishilarining butun skeletlari, yoki ular skeletining ayrim qismlari yer ostida saqlanib keladi. Bu vositalar kishilkining ibtidoiy davrini o’rganishda asosiy manba bo’lib hisoblanadilar. Shu narsa ravshanki, kishilikning keyingi davr tarixini bayon qilishda olimlar asosan yozma manbalarga suyanadilar. Lekin ibtidoiy davr tarixi bunday manbalarga ega emas. Chunki ibtidoiy davrda yozuv ham, manbalar ham bo’lmagan.Lekin ibtidoiy davr tarixining shunday ajoyib, nodir manbalari mavjudki, mazkur manbalar qanday qilib odamzod hayvonlar dunyosidan ajralib chiqib, kishilik jamiyatini vujudga keltirganligini isbotlab bera oladi.Ibtidoiy jamiyat tarixini qayta tiklashning ilmiy manbalari xilma-xil bo’lib, bular arxeologiya va etnografiya, antropologiya va lingvistika, paleobotanika va paleozoologiya, paleoklimatologiya va geologiya hamda qator boshqa aniq fanlar keltirgan dalillardir.
Arxeologik ma`lumotlar. Kishilikning ibtidoiy davri hayotini o’rganishda tarixchilikning ajralmas bo’limini tashkil etgan arxeologiya fanining ahamiyati alohida o’rin tutadi. Ibtidoiy arxeologiya umumiy arxeologiyaning tarkibiy qismini tashkil etib, yer ostidan, g’oyalardan qoya toshlardan topilgan moddiy, madaniy va san`at buyumlarini sinchiklab o’rganish asosida kishilik jamiyati tarixining yozuvgacha bo’lgan ibtidoiy davri tarixini sinchiklab o’rganadi.



Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling