Mavzu: ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davirlash masalalari


Download 91.3 Kb.
bet9/9
Sana16.02.2023
Hajmi91.3 Kb.
#1203328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI

Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay (Boysun) g’or-makonidan ko’plab suyak va tosh qurollar topilgan. Suyak qurollar bigiz, igna, kabilardan iborat bo’sa, tosh qurollar - pichoqlar, arrasimon qurollar, kesgichlar, ushatgich toshlar, nayza va o’q uchlari kabilardir. Bu qurollarning o4ziga xos belgilari mavjud bo’Isa ham Yaqin Sharqdagi mezolit yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o'xshab ketadi.8
Neolit davri yodgorliklari Buxoro vohasi va Qizilqumda ham topib tekshirilgan. Darvozaqir I makonidan chaylasimon uy-joy qoldig‘i, bir nechta o‘choq, tosh qurollar va sopol idish parchalari topilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, Zarafshon etaklaridagi neolit davri makonlaridan topilgan tosh qurollari orasida silliqlangan bolta va ponalar, pichoqlar, qirg‘ichlar, o‘q va nayza uchlari bor.
Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko'li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston ayniqsa, diqqatga sazovordir. Qabrlar yakka va juft qabrlar bo'lib, dafii etish jarayonida ko'mish marosimlariga amal qilingan. Qazishmalar jarayonida erkaklar qabrlaridan o‘q-yoy poykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, ayollar qabrlaridan sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va maijonlar topilgan.9
Demak, mamlakatimiz odam paydo bo’gan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ularo'ztaraqqiyotida ibtidoiy to‘da, urug‘ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo'lni bosib o'tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or va turli xil bezak buyumlari yasashgacha ko'tarildilar. Yalang'och holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g'orlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloqqishloq bo'lib yashashgacha boMgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to'daning o‘sib urug‘chilik jamoasiga
ko'tarilishi insoniyat taraqqiyotida sodir boMgan tub ijtimoiy o'zgarish bo‘ldi. Odamlar bir-birini taniydigan, muloqotda boMadigan, bir urug'ga, avvalo, ona urug‘iga, keyinroq ota urug‘iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo‘ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik o‘rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o‘zlashtirish xo‘jaligi o‘rniga iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o‘zlari ishlab chiqaradigan xo‘jalik yaratdilar.
XULOSA
Insonlar o`z mehnatlarini yengillashtirish uchun mehnat qurollarini takomillashtirib borganlar. Oddiy tosh qurollaridan kamon va o`qlar, suyak va metallardan foydalanib, juda oddiy dastgohlar ixtiro qilish sari rivojlanish yo`li bosib o`tilgan. Odamlar avval qulayroq tabiiy pana joylar g`orlardan turar joy sifatida foydalanganlar. Keyinroq esa turli-tuman sun'iy uylar qurishga o`tganlar. Qurilish xom-ashyosi sifatida xodalar, paxol, qamish, po`stloq, teri, daraxt, tosh, loy, keyinroq g`isht, keyinroq pishirilgan g`ishtlardan foydalanishni o`zlashtirganlar.
Dastlabki turar joylar devorsiz, eshiksiz va derazasiz bo`lgan. Uylar gulxan yordamida isitilgan. Turar joyning tepasi ochiq bo`lgan va yorug` tushib turgan. Arxeologlarning ma'lumotlariga ko`ra madlen davrida uylarni sun'iy yoritish boshlangan. Tosh kosadan pilik chiqarib yog` solib qora chiroq yasaganlar. Dastlab hech qanday mebel bo`lmagan, yerga bo’yra, teri solib o`tirishgan. So`ri va mebel keyinroq paydo bo`lgan. Amerika indeetslari osma to`r belanchaklarda uxlaganlar. Uy ro`zg`or buyumlari novdalar, qayin po`stlog`i, bambuk, yog`och, loy va teridan yasalgan. Dastavval mahsulotlar to`qib, usti loy bilan suvalgan idishlarda saqlangan, ovqat esa qizitilgan toshlar yordamida yog`och tog`oralarda pishirilgan. Sopol buyumlar ixtiro qilingach, chinakam ovqat pishirish mumkin bo`lgan. Ovqat yeyishda kosa, tovoq, qoshiq, pichoq va cho`plardan foydalanishgan. Don maydalash uchun toshdan yasalgan don yanchg`ichlar, yog`och o`g`irlar yasalgan.
Ibtidoiy kiyim-boshlarning turlari xilma-xildir. Hammadan avval sovuq o`lkalarda kiyim bosh paydo bo`lgan. Fartuk, kamar, plash, yubka erkak va ayollarning eng qadimgi kiyim boshlari namunalaridir. Yengil kiyim va ishton keyinroq paydo bo`lgan. Barglar, teri, o`simlik tolasi va jundan suyak ninalar bilan kiyimlar tikishgan. Oyoq kiyimlari yog`och, kigiz, teri va jundan tayyorlangan. Ibtidoiy davr odami ilk bor kiyim haqida bosh qotirgan ekan, bunga zarurat sabab bo’lgan. Aniqroq qilib aytganda, kiyimning paydo bo’lishi sovuqdan saqlanish, hasharotlardan, ziyon-zahmatdan o’zini himoya qilish va, nihoyat, uyalish tuyg’usi bilan bog’liq bo’lgan. Kiyim paydo bo’lgach, oradan ma'lum vaqt o’tgandan keyin kishining kiyim- kechakka bo’lgan munosabatida nafosat tuyg’usi shakllana boshlaydi.
Agar kiyimning rasm bo’lishi ijtimoiy sharoitlar, iqtisod, ma'naviy maslak, mafkura, iqlimiy va milliy xususiyatlar bilan bog’liq bo’lsa, kostyumni kishining ijtimoiy mohiyatini, jamiyatda tutgan o’rnini ifoda etuvchi kiyimlar, zeb-ziynatlar, boshqalardan farqlovchi belgilar va soch shaklini uyg’unlashtiruvchi vosita deb qarash mumkin.
Nemis faylasufi L. Feyerbax kishilarning biron-bir tashqi qiyofaga ega bo’lish borasidagi intilishlarida o’sha davr kishilarining ijtimoiy munosabatlari doimiy ravishda o’z ifodasini topadi, deb ta'kidlagan edi.
Qayerdaki inson, uni o’rab olgan atrof-muhit qarshisida ojizlik qilsa, tabiat hodisalari oldida qo’rquvga tushsa, o’sha yerda din vujudga keladi. Ibtidoiy davr dini tashqi dunyoni o’zgartira olmay, kishini tashqi sharoitlarga moslashtirish uchun uning o’zini o’zgartirishga da'vat etdi. Din insonni go’zallik manbai deb hisoblamaydi. Qadimiy dinlardan biri — totemizmga ko’ra, xudo-totemga o’xshagan kishigina go’zal hisoblanadi. Avstraliyadagi qabilalardan birida hozirgacha timsohni totem deb e'zozlashadi; totem sharafiga o’tkaziladigan har yilgi bayramlarda esa odamlar badanini timsoh terisi singari yo’l-yo’l qilib yashil rangga bo’yashadi. Keyin ular timsoh harakatlariga taqlid qilib raqsga tushishadi.
Tinch okeanidagi Bismark orollarida istiqomat qiluvchi tub-joy aholi, Kilimanjarodagi vatchacha qabilasi va Janubiy Amerikadagi botokudalar quloqlarini g’oyat kattalashtirib, muskulini shu qadar pishitishganki, natijada ularning qulog’i fil qulog’iga o’xshab boshqaruv rolini o’ynaydigan bo’lib qolgan. Sayyohlar hazil qilib, bu odamlar yotganlarida ularga na yostiq va na choyshab kerak bo’ladi: bir qulog’ini ikkiga buklab yostiq qiladi, ikkinchi qulog’i esa xuddi choyshabdek uning ustini yopib turadi, deyishadi.
Sehrli bezak hisoblangan tumor haqida ham diniy talqinlar mavjud. Diniy e'tiqodga ko’ra, tumor kishini faqat bardam qilibgina qolmay, balki uni go’zallashtiradi ham. Chunonchi, Avstraliyaning aranda qabilasidagi xotinlar eri o’lganda, dastlab, erining ko’zi va miyasini olib yeyishadi. Bundan maqsad erining aqli va o’tkir ko’zliligini olib qolishdir. So’ngra uning kalla suyagini tumor qilib bo’yinlariga osib yurishadi. Oila tashvishi endi tul xotin zimmasiga tushishi tufayli u ushbu sehrli vositalar foydali va shuning uchun go’zal deb qat'iy ishonadi.
Teriga o’chmas yozuv va shakllar tushirish (tatuirovka) kabi sehrli bezak vositasi ko’p xalqlarga ma'lum. Tinch okeandagi Fija orolining aholisi badaniga tatuirovka tushirgan kishilargina narigi dunyoda huzur-halovatda bo’ladilar, deb hisoblaydi. Yangi Zelandiyada faqat qo’l va oyoq, ko’krak va yuzlarigagina emas, labiga va hatto eng nozik a'zolariga ham tatuirovka tushirishadi. Bunday tatuirovka tushirish oylab cho’zilar, hayot uchun xavfli bo’lib, tatuirovka qildirgan kishilar ko’pincha saramas degan dardga yo’liqib halok bo’lardi.
Meksika, Peru, Kolumbiyada va nutka degan hindu qabilasida odam boshining shaklini sun'iy ravishda o’zgartirish rasmi bor. Kalla suyagi yo oldindan orqaga qarab, yo tepadan pastga qarab qisib o’stiriladi. Bir vaqtlar Frantsiyaning Bretan viloyatida, Qrim va Kavkazda, aranda qabilasida kalla suyagi shaklini cheleh deb ataladigan maxsus bosh kiyimi bilan o’zgartirishgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, tubjoy aholisi oddiy, bezaksiz, ya'ni biron xudoga o’xshamaydigan qiyofani ko’rganda g’oyat ajablanadi.
Bunda xudo bilan bog’liq har qanday narsa estetik qiymatga ega bo’ladi. Yuz va badanni rang-barang bo’yash, badanni tilib bezak tushirish, g’alati soch ko’rinishlari va taqinchoqlar urug’doshlik jamiyati a'zolari uchun haqiqiy go’zallik ana shularda namoyon bo’ladi, chunki bular uni narigi, ideal dunyoga muvofiqlashtirishi lozim. Kishi qiyofasida uning ilohiyotga aloqadorligi qanchalik yorqin aks etsa, u qabiladoshlariga shunchalik go’zal ko’rinadi. Masalan, Afrikadagi vatuzi qabilasining ayollari sochlariga gulsimon shakllar berishadi, boshqa bir qabiladagi ayollar esa boshlariga minorasifat qilib o’ragan sochlarini gullar bilan bezatishadi. Bu baland soch o’rami boshni tropik quyosh issiqligidan saqlaydi, uni foydaliligi va xudoga yoqadigan bo’lganligi uchun ham go’zal deb hisoblashgan.
Vishnu va Shiva xudolariga sig’inuvchilar peshonasini bo’ylama va enlamasiga yo’l- yo’l qilib bo’yashadi. Bu odat ularning ana shu xudolarni e'zozlovchilar sifatida ajralib turishlariga yordam beradi. Shimoliy amerikalik hindular ko’zlarining atrofiga g’alati doiralar chizishadi10
Uy-joy qurilishi, kiyimbosh, oyoq kiyimi, uy ro`zg`or anjomlari, xona kasblarining yog`och, daraxt po`stlog`i va teri ishlash, to`qish shaklida rivojlana borishi bilan bevosita bog`liqdir. Avval boshida qayiqlar, chana, chang`i, bronza asriga kelib g`ildirakli arava transport vositasi bo`lib xizmat qilgan.
Albatta insoniyat bu bilimlarni juda uzoq muddat davomida hayotiy ehtiyojlar zamirida egallaganlar. Urug`ning qabilaning zo`r berish bilan keksa avlod bu amaliy bilimlarni yosh avlodga o`rgatgan. Ilk yoshdagi bolalar kattalarning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan. Insonning tabiat bilan kurashida bilimlar zabt etib borilgan. Bu jasorat afsonalar, maqollar, matallarda kuylangan. Ibtidoiy jamiyatda yozuv bo`lmagan. kayfiyati va fikr-mulohazasi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydilar. Ibtidoiy san’atning vujudga kelishini o’ziga xos shart-sharoiti bo’lib, ibtidoiy kishilarning ongi ma’lum darajaga yeta boshlagach vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy san’at to’satdan, birdaniga vujudga kelmagan albatta. U mehnat jarayonida vujudga keldi va rivojlanib kamol topdi.
ADABIYOTLAR
1.Н.Ғойибов, В.Голованова. Эътиқод, кийим-бош, гўзаллик. // Фан ва турмуш. 1969,
2.Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology. A.Begmatov tarjimasi. Toshkent 2004 y
3.Q. USMONOV O’zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod-Molya” 2006 yil 30-31 b.
4.O‘zbekiston tarixi, I kitobi A.S. Sagdullayev. - Toshkent:“Donishmand ziyosi” 2021yil
5.O’zbekiston tarixi Toshkent 2005 yil
6.Н.Ғойибов, В.Голованова. Эътиқод, кийим-бош, гўзаллик. // Фан ва турмуш. 1969,
7.Першитс А.И., Монгайт А.М., Алексеэв В.П. История первобмтного обвшества. - М.:Наука, 1967.
8.Алексеэв В.П. Становлениэ человечества. - М.: Висшая школа, 1984.
9.История первобггного обшества. Эпоха первобитной родовой обвдини – М.:Наука, 1988.
10.-Ibtidoiy jamoa tarixini o’rganishda sotsiologik-etnografik nazariya namoyandalari va ular ta’limotlari.
11.-Ibtidoiy jamoa to’g’risida neoevolyutsion nazariya mohiyati.
12.Asqarov A. O’zbekiston tarixi. - T.O’qituvchi. 1994. O’zbekiston tarixi. - T. Universitet. 1997.
13.Теголко Л.И, Соливон И.И. Основим современной антропологии. Минск. 1989.
TEST
1.Afrika va Osiyoda dastlabki sivilizatsiyalar qachondan boshlangan?
A) er.av. III-II ming yillikdan B) er.av. V-IV ming yillikdan
C) er.av. VI-V ming yillikdan *D) er.av. IV-III ming yillikdan
2.Ibtidoiy jamiyat tarixi nеcha asrga bo`lib o`rganiladi?
A) -5, *B) -3, C) -2, D) -4
3.Yer tarixidagi to`rtlamchi davrni chеgaralab bеring?
A) Muzlikdan oldingi davr B) Muzlik davri
C) Muzlikdan kеyingi davr *D) Muzlikdan oldingi va muzlik davri
4.Insoniyatning to`rtlamchi davri gеologik jixatdan davrlashtirilganda qanday nomlanadi?
A) Golotsеn *B) Plеystotsеn C) Gyunts D) Mindеl
5.Insoniyat tarixidagi muzlikdan kеyingi davr gеologik jixatdan davrlashtirilganda qanday nomlanadi?
A) Plеystotsеn *B) Golotsеn C) Riss D) Gyunts
Plеystotsеn arxеologik jixatdan davrlashtirilsa qaysi davrga to`g`ri kеladi?
A) Yuqori polеolitga *B) Palеolit davriga C) Mеzolit davriga D) Nеolit davriga
6.Gеologik jixatdan Golotsеn davri arxеologik davrlashtirishning qaysi davriga to`g`ri kеladi?
A) Mеzolit davriga B) Enеolit davriga
C) So`nggi palеolit davriga *D) Mеzolit, Nеolit davriga
7.Morgancha davrlashtirishda Yovvoyilik qanday bosqichlardan iborat?
*A) Tеrmachilik, ovchilik va baliqchilik: olovning kashf etilishi, o`q-yoyning kashf etilishi.
B) Tеrmachilik va ovchilik: baliqchilikning boshlanishi
C) Tеrmachilik: baliqchilik
D) Baliqchilik, ovchilik: olovning kashf etilishi
8.Morgancha davrlashtirishda Varvarlik davri qanday bosqichlardan iborat?
A) Baliqchilik, dеhqonchilik, chorvachilik
*B) Dеhqonchilik va chorvachilikning boshlanishi: chorvachilik va sug`orma dеhqonchilik: Tеmirning paydo bo`lishi.
C) Chorvachilik va sug`orma dеhqonchilik: baliqchilik, ovchilik.
D) Baliqchilik, ovchilik, chorvachilik
9.Ibtidoiy jamiyat tarixiga ilmiy nuqtai nazar bilan 1-chi bo`lib kimlar yondoshgan?
A) Frantsuzlar, inglizlar B) Ispanlar va portugallar
*C) Grеklar va rimliklar D) Forslar va arablar
10.Antik dunyo tarixchilari madaniy olamni qaеr dеb hisoblashgan?
A) Mеsopatamiya xududi *B) O`rta еr dеngizi xavzasi
C) Kichik Osiyo D) Nil vodiysi


1 Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology. A.Begmatov tarjimasi . Toshkent 2004 y 93 b

2 Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology. A.Begmatov tarjimasi . Toshkent 2004 y 125 b

3 Conrad Phillip Kottak Cultural Anthropology. A.Begmatov tarjimasi . Toshkent 2004 y 56 b

4.XIX asrning 60— yillarida fransuz arxcologi G.Mortilyc tomonidan Fransiyaning Shel shahri yaqinidan
topilgan arxcologik madaniyatning nomi.

5. Fransiyaning Amen shahri yaqinidagi Sent-Asheldan topilgan madaniyatning nomi.

6.G. Mortilyc tomonidan Fransiyaningjanubi-g‘arbi (Dondon dcpartamcnti) dagi Lc-Musteg‘oridan topilgan
madaniyatning nomi.

7 Q. USMONOV O’zbekiston tarixi Toshkent “Iqtisod-Molya” 2006 yil 30-31 b.

8 O‘zbekiston tarixi, I kitobi A.S. Sagdullayev. - Toshkent:“Donishmand ziyosi” 2021yil 54 b.

9 O’zbekiston tarixi Toshkent 2005 yil 33 b.

10 Н.Ғойибов, В.Голованова. Эътиқод, кийим-бош, гўзаллик. // Фан ва турмуш. 1969, №9. 22-24 b




Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling