Mavzu: ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davirlash masalalari


Download 91.3 Kb.
bet7/9
Sana16.02.2023
Hajmi91.3 Kb.
#1203328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI

Ilk paleolit bundan 3-2,5 million yillardan 100- ming yilliklargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Arxeologlar ilk paleolit davrida taxminan 700 300 ming yillar ilgari bo'lib o‘tgan Shel4 va taxminan 300-100 ming yillar ilgari bo'lib o'tgan Ashel 5davri bo'lganligini ham ta’kidlaydilar.
O’rtapaleolit bosqichi bundan 100-40 ming yillar awalgi davrdir. Arxeologiyada bu davr Mustye6 madaniyati deb ham yuritiladi.
So'nggi paleolit bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar oldingi davrdir. Ibtidoiy jamiyatning ikkinchi davri mezolit yunoncha "mezos" -
o‘rta, "litos" - tosh degan ma’noni bildiradi - o'rta tosh davri deyiladi
va u miloddan awalgi 12 minginchi yillardan milloddan avvalgi 7ming yillikkacha davom etadi. Odamlarning paleolit va mezolit bosqichlaridagi termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni o'zlashtirish, iste’mol qilish xo‘jaligi deb ham ataladi.
Mezolit davrida tarixiy taraqqiyotning notekis rivojlanish qonuni
amal qila boshlaydi. Negaki, sayyoramizning turli mintaqalaridagi tabiiy iqlim sharoiti turlicha bo'lganligi sababli ayni bir vaqtning o‘zida yashash uchun qulay iqlim sharoitlari mavjud bo'lgan hududlarda rivojlanish tezroq, noqulay hududlarda sekinroq borganligi kuzatiladi.
Uchinchi davr Neolit(yunoncha "neos" - yangi, "litos" tosh degan ma’noni bildiradi)-yangi tosh davri bo'lib, unga miloddan awalgi 6-4 ming yillik kiradi.
Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik orqali iste’mol qilinadigan mahsulotlarni o‘zlari yaratishga asoslangan turmush tarzi ishlab chiqarish xo‘jaligi shakllangan bosqich deb ham ataladi.
To‘rtinchi davr eneolit, ya’ni misdan qurollar yasash o'zlashtirilgani uchun mis-tosh davri deyiladi, u miloddan awalgi 4- ming yillikda yuz beradi.
Besbinchi davr bronza, ya’ni mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o'zlashtirilgan davr bo'lib, miloddan awalgi 3-2 minginchi yillarni o'z ichiga oladi. Miloddan awalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning o'zlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi. Ibtidoiy jamiyat davrlarining xronologik yillari taxminan belgilangan bo'lib, ma’lum bir davr ayrim mintaqada oldinroq, boshqasida keyinroq boshlanishi va tugallanishi mumkin, albatta.

Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling