Mavzu: ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davirlash masalalari


III.O’zbekiston insoniyatb sivilizatsiyasining qadimgi ibtidoiy jamoa


Download 91.3 Kb.
bet6/9
Sana16.02.2023
Hajmi91.3 Kb.
#1203328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI

III.O’zbekiston insoniyatb sivilizatsiyasining qadimgi ibtidoiy jamoa.
3.1. Vatanimiz qadimdan odamzod yashab kelayotgan o ‘lkalar.
Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari Insoniyat qadim-qadimdan o‘z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma’naviy madaniyatga, ya’ni ma’lum darajadagi sivilizatsiyaga ega bo'lgan. Davrlar o‘tishi natijasida, insoniyat sivilizatsiyasi darajasi o‘sib, rivojlanib, takomillashib borgan. Bu jarayon odamlarning mehnat qilish usuli, qanchalik darajada moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va ko'paytirib borishi bilan bog'liq kechgan.
U yoki bu sivilizatsiya haqida so‘z borganda insoniyatning yashash uchun kurashi, tinimsiz mehnati, ma’naviyat va ma’rifatga intilishi tufayli o‘zi uchun yaratgan jismoniy va madaniy qulayliklari - ov va mehnat qurollari, kiyim-bosh, uy-joy va oilaviy munosabatlari, ishlab chiqarish usullari, maishiy xizmat vositalari, ijtimoiy ongi va ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy munosabatlari darajasi asosida tavsiflanadigan ma’lum bir tarixiy davrtushuniladi. Masalan, Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, Antik Yevropa sivilizatsiyasi, Islom sivilizatsiyasi, Xristian sivilizatsiyasi, hozirgi zamon sivilizatsiyasi kabi tushunchalarda insonlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayoti, turmush tarzi, axloqi, bilim saviyasi, mehnat qurollari va hokazo jihatlari mujassamlashgan bo'ladi.
Har bir mintaqada sivilizatsiya davriy nuqtayi nazardan ertaroq yoki kechroq, o ‘ziga xos shaklda shakllanib, rivojlanib borgan. Tarixiy, ilmiy tadqiqotlar bizning Vatanimiz – O’zbekiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri ekanligidan dalolat bermoqda.Ikkinchi jahon urushidan so'ng Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixini o'rganish maqsadida yirik arxeologik ekspeditsiya guruhlari tashkil etildi. S.P.Tolstov boshliq Xorazm arxeologiketnografik ekspeditsiyasi, A.N.Bemshtam boshliq Pomir-Oloy va Pomir-Farg'ona ekspeditsiyasi, G'.G'ulomov va V.A.Shishkinlar boshliq Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasi tadqiqot ishlari olib bordi. Mazkur ekspeditsiyalarda qatnashgan tadqiqotchilar muhim asarlar yaratdilar. S.P.Tolstovning "Po sledam drevnexorazmiyskoy sivilizatsii" (M.L. 1948), A.N.Bernshtamning "Drevnyaya Fergana (Nauchnopopulyamiy ocherk)"(Т.1951), Ya.G'.G'ulomovning "O’zbekistonda arxeologiya fanining rivoji" (Т.1956), "Qadimgi madaniyatimiz izlaridan" (Т. 1960) va "Xorazmning sug'orish tarixi" (Т. 1957) ana shular jumlasidandir. Keyingi yillarda respublikamizning taniqli arxeolog olimlari- A.Asqarov, OMslomov, A.R.Muhammadjonov, E.V.Rtveladze, T.Shirinov va boshqalar yetakchiligidagi tadqiqotchilar O'zbekiston qadimgi tarixining paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davrlarini o'rgandilar. Tadqiqot ishlari Vatanimizning barcha vohalarida - Zarafshon, Surxondaryo bo'ylarida, Xorazm va Farg'ona vodiysida, shuningdek, cho‘l va dasht o’lkalarida ham keng olib borildi. Ular tomonidan qator ilmiy, ommabop asarlar, o'quv qo’llanmalari yaratildi. Bular orasida A.Asqarovning "Buxoroning ibtidoiy davr tarixidan lavhalar" (Т.“Fan” 1973), "Sopollitepa" (Т. 1973), "Drevnezemledelcheskaya kultura epoxi bronzi yuga Uzbekistana" (Т. 1977); OMslomovning "Peshchera Machay"(T.1975), "Obishirskaya kultura"(T.1980); A.R.Muham-madjonovning "Qadimgi Buxoro" (Т.1991); T.Shirinovning "Orudiya proizvodstva iorujie epoxi bronzi sredneaziatskogo Mejdurechya"(Т. 1985); E.V.Rtveladze va A.Sagdullayevlarning "Pamyatniki minuvshix vekov" -Т. 1986; E.V.Rtveladze, A.X.Saidov va Yo.V.Abdullayevlaming "Qadimgi 0 ‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar" (Т. 2001) kabi asarlari alohida o‘rin tutadi. Mazkur asarlarni, shuningdek, Vatanimizning qadimgi davri tarixiga oid boshqa asarlarni o'rganish orqali O'zbekiston odamzod ilk bor paydo bo'lgan o‘lka ekanligini anglash, ajdodlarimizning qadimgi hayoti, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati haqida zarur bilimga ega bo'lish mumkin. Jamiyatshunos va tabiatshunos olimlar yer sharida hayotning paydo bo‘lishi, odamlaming vujudga kelishi muammolari ustida uzoq yillardan beri tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Bu haqda diniy va dunyoviy ta’limotlar, rivoyatlar mavjud.
Xristian dini: “ Odamzod xudo tomonidan bundan 7 ming yil burun qizil loydan yaratildi, dastlabki odamlar Adam va Yevadan tug‘ilgan”,- deb ta’riflaydi. Islom dini odamning Alloh tomonidan tuproqdan yaratilib, unga jon kiritilgani, dastlabki odamlar Odam Ato va Momo Havo bo‘lganligi haqida to‘xtalib, ularning qachon yaratilganligini Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi, bu yolg'iz ungagina ayon degan, g‘oyani ilgari suradi. Yunon olimi Arastu odamning paydo bo‘lishini yerda hayotning paydo boMishi va rivojlanishi jarayoni bilan bog‘lab tushuntiradi. “Odamzod oddiydan murakkabga, hayvonot olamidan odamzod dunyosiga o‘sib chiqdi”,- deb ta ’kidlaydi. Jeyms Manboddo “odam oliy turdagi maymunsimon odamdan vujudga kelgan” degan g'oyani ilgari suradi. Ingliz olimi Charlz Darvin yevropalik arxeologlarning Gibraltar qoyasi, Germaniyaning Neandertal vodiysi va Avstriyadagi tadqiqotlaming natijalarini tahlil qilib, odamlarning ajdodlari daraxtda yuruvchi eng oliy turdagi maymunsimon odamlar (driopiteklar)
bo‘lganligi haqidagi evolyutsion nazariyani ilgari suradi. U har qanday maymundan odam paydo bo'lmasligini, odamlarning ajdodlari bo’Imish driopiteklar allaqachon o'lib ketganligini ta’kidlaydi.

Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling