Mavzu: ibtidoiy jamoa tuzumi va uning davirlash masalalari


Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari


Download 91.3 Kb.
bet8/9
Sana16.02.2023
Hajmi91.3 Kb.
#1203328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IBTIDOIY JAMOA TUZUMI VA UNING DAVIRLASH MASALALARI

3.2. Mamlakatimizda odamlarning paleolit davri manzilgohlari.
Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlaming hisobiga ko‘ra, tabiiy-geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik kam bo'lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to‘g‘ri keladi. Ana shu sharoitga mos ilk odamlar, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o‘zgarib bordi. Ilk paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab, iqlim keskin soviydi, tez-tez yog'ingarchilik bo'ladigan bo‘lib qoladi. O’lkamizda cho‘l va voha landshaftlari shakllanib, o'simliklar va hayvonot dunyosi o‘zgarib boradi. Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashadi. O’zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg‘ona vodiysining So'x tumanidagi Selung‘ur g‘oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri yaqinidagi Ko‘Ibuloq makonidan topilgan va o‘rganilgan. Selung'ur g'ori 1958— yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980-yildan boshlab arxeolog olim O’.Islomov tomonidan o'rganilgan. Tadqiqotlar Selung‘ur manzilgohida odamlar paleolit davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko‘rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon,n ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selung‘ur g'orida bundan 1,5 million yillar ilgari odamlar yashagan degan xulosaga keldilar. Selung‘ur tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo‘lgan mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi.
Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent viloyati Chotqol tog'ining janubiy-sharqiy yonbag’ridagi Jarsoyning qirg‘og‘idagi Ko'lbuloq makonidir. 1963-1970— yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko'lbuloq makonida 10 dan qatlam ilk paleolit bosqichiga to'g'ri keladi. Bu qatlamlardan yirik, dag'al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi. Ko'lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o ‘rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu yerda odamlar paleolit davrining o'rta va so'nggi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi. Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq
qilardi. Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo'llarini tizzasigacha osiltirgan holda yurganlar, qo'llari oddiy ishlarni - biron narsani ushlash, urish, yer kovlash kabilarni bajarishga qodir bo'lgan. Qadimgi odamlarning peshonasi tor, miyasi kichik bo'lgan, hali gapira olmagan, uzuq-yuluq ovozlar chiqarib g'azab va qo'rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar. Ilk paleolit
damlari ov qilish, terib-termachilab ozuqa toppish uchun toshdan, suyakdan, daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ular "homo-habilis”- "bilag'on odam" deyiladi.
O’rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir Temur g‘oridan, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Toshkent viloyatining Xo‘jakent, Obirabmat, Farg‘ ona vodiysining Qayrag‘och qishlog‘idagi Boqirg‘on darasi, Palmon qishlog‘i yaqinidagi Xo‘jaxayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog‘ yon bag‘irlaridagi o‘ng‘ur va buloq yoqalaridan topildi va o‘rganildi.
O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to‘yimli go‘sht iste’mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo'rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
O’zbekiston hududida so‘nggi paleolit odamlari yashagan anchagina
manzilgohlar topilgan. 1939— yilda Samarqand san’at va madaniyat tarixi muzeyining xodimi N.G.Xarlamov Samarqand shahridan o‘tgan Siyobcha soyi yoqasidan so‘nggi paleolit davriga xos odam manzilgohini topadi.7

Download 91.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling