Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/143
Sana10.09.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1675273
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143
Bog'liq
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

O‘zingizni tekshiring 


84
7. Qaysi gapda shart ma’nosi ifodalandan? 
A. Sen kelganda, men uyda emas edim. 
B. Men aytsam bo‘ladimi? 
C. Ertalab kelsam, hech kim yo‘q ekan. 
D. Kecha kelganingda edi, qiziq ma’ruza eshitar eding. 
8. Qaysi qatordagi gapda belgining kuchsiz darajasi berilgan? 
A. Munavvarning yuzi oppoq, ko‘zlari katta-katta. 
B. Moviy osmonda bulutlar suzib yuribdi. 
C. Atrof qop-qorong‘i, hech narsani ko‘rib bo‘lmaydi. 
D. Lolaning sochlari sarg‘ish rangda. 
 
9. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘ying. 
Agar sen kecha kel..., bugun hech qanday muammo bo‘l... 
A. – sang; -maydi; 
B. -sang edi; -masdi; 
C. -sang edi; -madi; 
D. -ganingda; -ardi; 


85
4-DARS 
KUCH BILIM VA TAFAKKURDA 
4 A 
Tayanch so‘z va birikmalar: xalqaro miqyosdagi o‘quv dargohi, bilimlar 
ramzi, oliy ta’lim, amaliy maktab, devonxona, ommaviy axborot vositalari
ko‘paymoq, obro‘ga ega bo‘lgan universitet, universitetlar birlashmasi, 
inqilob, ta’lim yo‘nalishi , ma’muriy, baravar, obro‘, obro‘ga ega bo‘lgan 
universitet 
 
1. Quyidagi gap qoliplari ishtirokida gaplar tuzing: 
1. .....nafaqat, ..... balki........... 
2. ...................., deb hisoblanadi. 
3. ........ sababli, ............
4. ...............-ga ega. 
5. .......kabilarni o‘z ichiga oladi. 
6. .......-shi / -gani bilan ajralib turadi. 
7. ......-ning tarkibiga ........ –lar kiradi. 
 

 
 Matnni o‘qing
 
SORBONNA
“Sorbonne” 
nomi 
avvaldan 
boshlang‘ich bilimlar ramzi va nafaqat 
fransuz, balki butun Yevropa klassik 
ta’limotining etaloni hisoblanadi. U 
shunchaki oddiy bir universitet emas, bir 
necha universitetlar birlashmasidir. 
Sorbonna – Yevropadagi qadimiy 
universitet. U 1215-yilda ochilgan. 
Sorbonna xalqaro miqyosdagi o‘quv 
dargohidir. Undagi to‘rtta ilohiyot, huquq, 
tibbiyot va san’at fakultetlarida fransuzlar va 
inglizlar bilan bir qatorda pikardiylar va normandiyaliklar ham tahsil 
olishgan. 
Vaqt o‘tishi bilan Sorbonna kengayib borgan. XVII asrda kardinal 
Rishelye Sorbonnani yangilagan va kengaytirgan, ammo 1789-yilgi Fransuz 
inqilobi sababli u 1791-yilda yopilgan. 1821-yilda universitet qayta ochilgan. 


86
Sorbonnada turli yillarda Jozef Gey-Lyussak, Antuan Lavuarye, Lui 
Paster, Pyer va Maria Kyuri kabi mashhur olimlar ishlaganlar. 
1972-yilda Sorbonna yoki Parij universiteti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 
bir-biridan farq qiluvchi o‘n uchta universitetga qayta bo‘lingan. Ularning 
to‘rttasi, asosan, Parij va Ilde-Fransda, Sorbonnaning tarixiy binolarida, 
qolganlari esa Parijning boshqa kvartallari va shaharchalarida joylashgan.
Tarixiy binolarda joylashgan universitetlar: Parij I yoki Panteon – 
Sorbonna; Parij III (Yangi Sorbonna), Parij IV (Parij Sorbonna) va Parij V 
(Rene Dekart nomidagi universitet)dir. Ular yagona infratuzilmaga 
ega(masalan, barchasi uchun bir bo‘lgan universitetlararo kutubxona), 
shuningdek, umumiy ma’muriy va o‘quv birliklari – oliy ta’limning amaliy 
maktabi, xartiyalarnimg milliy maktabi, Parij universitetlarining devonxonasi 
va Akademik rektoratni ham o‘z ichiga oladi. 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling