Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014
ILOVA
Audiomaterial 1-DARS 1 A R: Assalomu alaykum! N: Vaalaykum assalom! R: Keling, tanishaylik! Mening ismim Rustam N: Mening ismim Nargiza! R: Siz bilan tanishganimdan xursandman! N: Men ham! R: Nargiza, siz turmushga chiqqanmisiz? N: Yo‘q. Siz-chi? Siz uylanganmisiz? R: Yo‘q, uylanmaganman. Nargiza, oilangiz haqida gapirib bering. N: Mening oilam katta emas. Onam, otam, singlim va men. R: Dadangiz nima ish qiladi? Onangiz-chi? U ishlaydimi? Singlingiz maktabda o‘qiydimi? N: Dadam – tadbirkor. Onam – uy bekasi. Singlim kollejda o‘qiydi. R: Mening oilam esa katta. Otam, onam, akam, opam va bir ukam bor. Otam – O‘zbekiston Milliy universitetida professor. Onam – bolalar shifokori. Akam bankda ishlaydi. Opam – hamshira. U turmushga chiqqan, ukam askar, armiyada xizmat qilyapti. Buvim va bobom ham bor. N: Buvingiz va bobongiz siz bilan birga turadilarmi? R: Ha. N:Qanday yaxshi! Mening buvim va bobom boshqa shaharda yashaydilar. Men ularni juda sog‘inaman. R: Ha, buving va bobong bilan birga yashah juda yaxshi. Ular doim dono maslahatlar beradilar. N: To‘g‘ri. 1 B MUNAVVAR KELINOYI Men har safar Munavvar kelinoyimni eslaganimda keyinchalik ro‘y bergan bu og‘ir voqeani emas, dilimda sal ma’yus va iliq hislar uyg‘otgan yoz kuni esimga tushadi. Buvimlarning sersoya bog‘i qarindosh-urug‘larimizga, tog‘amning yor- birodarlari (tanishlari va do‘stlari)ga to‘lgan: birov o‘choq quryapti, birov o‘tin yoryapti, birov hovliga suv sepib, so‘riga palos yozyapti. Kechqurun to‘y! 167 Tog‘am ertaga urushga ketadi. U kecha kechqurun kelinoyimni Toshkentdan “olib qochib kelgan”. Eshitishimcha, ular universitetda birga o‘qishar ekan. Kechasi uyimizda odam ko‘p bo‘lgani uchun kelinoyimni ko‘rolmagan edim, bugun ertalab buloq boshida ko‘rib qoldim. Tog‘am buloq bo‘yida cho‘nqayib, yuzini yuvar, kelinoyim esa egnida atlas ko‘ylak, boshida chetlariga gunafsharang gul tikilgan ipak ro‘mol, yelkasida sochiq, qo‘lida chelak, uning yonida turardi. Kelinoyim novcha, hatto tog‘amdan ham novcharoq – men buni tog‘am yuvinib bo‘lib, qaddini rostlaganda payqadim – uzunchoq yuzli nozikkina qiz edi. Menga, ayniqsa, uning xiyol ma’yus qora ko‘zlari yoqdi. Men ularga sezdirmay o‘tib ketmoqchi edim, tog‘am ko‘rib qolib, oldiga chaqirib oldi. – Mana, tanishib qo‘ying, Munavvarxon, – dedi u. – Boya sizga aytgan jiyanim Mansurjon shu yigitcha bo‘ladi. Men ketganda, birov sizni ranjitadigan (xafa qiladigan) bo‘lsa…shu yigitchaga aytib qo‘yasiz… Kelinoyim chelakni chap qo‘liga olib, o‘ng qo‘lini menga cho‘zdi, qoshlarini chimirib, muloyim jilmaydi: – Shunaqami? Tog‘angiz ketganda meni birov xafa qilsa himoya qilasizmi, Mansurjon? Men qizarib nima deyishni bilmadim. Mening o‘rnimga tog‘am javob berdi. – Himoya qilish ham gapmi, sizni xafa qilgan odamning kallasini oladi jiyanim, to‘g‘rimi? Kelinoyim menga qarab ko‘zini qisdi: – Qo‘ying, hammani o‘zingizga o‘xshagan zo‘ravon deb o‘ylamang! Tog‘am qah-qah otib kuldi. Men esa, ko‘nglim ajib hislarga to‘lib, o‘zimni bog‘ga urdim (qochib ketdim). O‘shandan beri ko‘z oldimda kelinoyimning o‘ychan chehrasi, quloqlarimdan erkalab aytgan gaplari ketmas edi. (Odil Yoqubovdan) Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling